• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kapitoliyga hujum, Navalniy—Putin qarama-qarshiligi, emlangan prezidentlar va yangicha shtammlar. Yanvar oyi yakunlari

    2021-yil ham xuddi 2020-yil kabi keskin voqealar fonida boshlandi. Yangi yilning ilk oyi bir-biridan qiziq va hayajonli, xavotirli hamda muhokamalarga sabab bo‘lgan voqealar bilan yodimizda qoldi. Quyida yanvar oyi yakunlarini sarhisob qilamiz.

    Kapitoliyga hujum

    Yanvar oyining ilk haftasida butun dunyo jamoatchiligining diqqat e’tibori AQSh poytaxti Vashingtonga qaratildi. Sababi, 6-yanvar kuni poytaxtdagi Kapitoliy binosida Jo Baydenning prezident sifati tasdiqlanishi kutilayotgan edi. Ammo sobiq prezident Donald Tramp tarafdorlari bunga rozi bo‘lishmadi va “Amerikani qutqarish marshi” nomi ostida norozilik namoyishlarini o‘tkazdi. Norozilik namoyishlari vaqtida namoyishchilar Kapitoliy binosiga hujum qilib, uni egallab oldi. Quyida mazkur voqea atrofida yuz bergan boshqa voqealar tafsilotlari keltirilgan bir qator havolalarni taqdim etamiz.

    Mavzuga doir:

    • Trampning tarafdorlari Kapitoliyni qanday qilib shturm bilan olganini ko‘ring. Bu — tarixiy kadrlar
    • Trampning tarafdorlari Kapitoliyni egalladi, Jo Bayden esa buni isyonga tenglashtirdi. Vashingtondan fotosuratlar
    • Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun uyushtirilgan namoyish Kapitoliy shturmi bilan tugadi. To‘rt kishi halok bo‘ldi, yana bir nechasi tan jarohati oldi. Asosiy ma’lumotlar
    • Trampning tarafdorlari Kongressni egallab olgan kun tarixga kirishi aniq. AQShda bunday hodisa avval ham bo‘lganmi?
    • AQSh Kongressi Jo Baydenning prezident saylovidagi g‘alabasini tasdiqladi. Tramp hokimiyatni “tartibli” topshirishga va’da berdi
    • Obama Kapitoliyga qilingan hujumni Amerika uchun “buyuk sharmandalik” deb atadi
    • AQSh birinchi xonimi apparatining rahbari Kongressga amalga oshirilgan hujumdan so‘ng iste’foga chiqdi
    • AQSh sobiq prezidenti Karter Vashingtondagi noroziliklarni fojia deb atadi
    Mazkur voqealar ortidan bir qator ijtimoiy tarmoqlar Donald Trampning akkauntlarini bloklab qo‘ydi:
    • Donald Tramp Facebook va Instagram’da prezidentlik muddati tugaguncha bloklandi
    • Snapchat va Twitch Trampning akkauntini blokladi
    • Twitter Donald Tramp akkauntini “keyinchalik zo‘ravonlikka da’vat etishning yuqori xavfiga bog‘liqligi sabab” butunlay blokladi
    • YouTube Donald Trampning kanalini “muzlatib qo‘ydi”
    • Facebook va Twitter Trampning akkauntlarini bloklaganidan so‘ng umumiy hisobda 51 mlrd dollarga arzonlashdi
    • “Trampning akkaunti bloklanishi to‘g‘ri qaror edi, ammo bu xavfli muhit yaratdi” — Twitter rahbari Jek Dorsi
    Kapitoliy hujumi chog‘ida qatnashganlar darhol hibsga olindi va bir qator jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mavzuga doir:

    • AQShda Kapitoliy shturmida qatnashganlar hibsga olindi. Ular orasida QAnon “shomoni” ham bor
    • AQShda Kapitoliyga shiddatli hujumdan keyin ichki terrorizm bo‘yicha 25 ta ish qo‘zg‘atildi
    • Vashingtonda Tramp tarafdorlari aksiyasida Chak Norrisga o‘xshagan odamni ko‘rib qolishdi. “Bu men emasdim”, — dedi aktyor
    • AQSh Kongressiga hujum chog‘ida jarohatlangan politsiyachi vafot etdi. Kapitoliy politsiyasi boshlig‘i iste’fo berdi
    Tartibsizliklardan so‘ng AQSh Kongressi Vakillar palatasi Donald Trampga nisbatan impichment masalasini ko‘tardi va bu ijobiy hal qilindi. Shu tariqda Donald Tramp mamlakat tarixidagi hozircha yagona ikki marta impichment olgan prezidentga aylandi.

    Mavzuga doir:

    • AQSh Kongressida Trampga nisbatan ortiqcha muhokamasiz impichment e’lon qilish taklif etildi
    • AQSh Kongressi Trampga impichment e’lon qilish masalasini ko‘rib chiqishni boshladi
    • AQSh Kongressining Vakillar palatasi Trampga nisbatan impichment e’lon qildi
    • Foto: Tramp impichmentini muhokama qilish chog‘ida Kongressni qo‘riqlash uchun kelgan askarlar uxlamoqda
    • Donald Tramp ikki marta impichment e’lon qilingan birinchi AQSh prezidentiga aylandi. Trampga qarshi 10 nafar respublikachi ovoz berdi
    • “Mamlakatimizda zo‘ravonlik va vandalizmga o‘rin yo‘q”. Donald Tramp impichment e’lon qilinganidan so‘ng bayonot berdi
    • Tramp shundoq ham bir haftadan keyin ketadi, unga impichment e’lon qilishning nima keragi bor? Demokratlar nimaga erishmoqchi?
    • Trampning advokati impichment ishi bo‘yicha tafsilotlarni ma’lum qildi
    • AQSh Senatida Trampning impichmenti jarayoni 8-fevral kuni boshlanadi

    Jo Bayden AQShning yangi prezidenti

    AQShdan uzoqlashmaymiz. Yanvar oyining yana bir muhim voqeligi 2020-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongan Jo Bayden AQSh prezidenti sifatida 20-yanvar kuni qasamyoq qabul qildi va o‘z vakolatlarini bajarishga kirishdi. O‘z lavozimiga kirishar ekan, Bayden ishni Tramp ma’muriyati qabul qilgan bir qator qaror va farmonlarni bekor qilishdan boshladi. Shuningdek, bir qator lavozimlarni ham tasdiqladi.

    Foto: “RBK”

    Foto: “RBK”

    Mavzuga doir:

    • Donald Tramp xayrlashuv nutqini e’lon qildi (video)
    • Foto: Donald Tramp Oq uyni tark etdi
    • Bayden inauguratsiyadan so‘ng darhol AQShni JSST a’zoligiga qaytarishga va Meksika bilan chegarada devor qurilishini to‘xtatishga va’da berdi
    • Jo Bayden AQSh prezidenti sifatida qasamyod qildi
    • Jo Bayden AQSh prezidenti sifatida birinchi nutqini so‘zladi
    • AQShning 46-prezidenti Jo Baydenning inauguratsiyasi qanday o‘tdi va nega u uchun ikkinchi “yadro chamadonchasi” tayyorlandi? Asosiy ma’lumotlar
    • Bayden Trampning iqlim bo‘yicha Parij bitimi va JSSTdan chiqish to‘g‘risidagi qarorlarini bekor qildi
    • Musulmon mamlakatlar aholisi uchun cheklov bekor qilindi, Meksika bilan chegarada esa devor qurilmaydi. Bayden prezidentlikning birinchi kuniyoq Trampning eng bahsli farmonlarini bekor qildi
    • Foto: Time jurnali muqovasidagi to‘zg‘igan Oval xona va Bayden tasviri
    • AQSh Milliy razvedkasi direktori lavozimini birinchi marta ayol kishi egalladi
    • Pentagon rahbari etib Lloyd Ostin tasdiqlandi. U ushbu lavozimni egallagan birinchi afroamerikalik bo‘ldi
    • Baydenning inauguratsiyasini Trampnikidan ko‘proq teletomoshabinlar kuzatdi
    • Jo Bayden AQSh prezidenti xonasini o‘ziga moslab o‘zgartirdi. Hatto qizil tugma ham stoldan g‘oyib bo‘ldi
    • Putin va Bayden birinchi marta telefon orqali muloqot qildi. Ular Navalniy, Ukraina, kiberhujumlar va boshqa ko‘plab masalalarni gaplashdi
    • Antifashistik qarshi hujum va Amerika kapitalizmining qayta qurilishi. AQShdagi voqealar haqida siyosatshunos Mixail Magid bilan suhbat

    Navalniy—Putin qarama-qarshiligi

    Yanvar oyida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan voqealardan biri Navalniy va Putin atrofida kechdi. 2020-yilning avgust oyida zaharlangan va Germaniyada davolanishda bo‘lgan rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy 17-yanvar kuni Rossiyaga qaytib keldi. Dastlab, Vnukovo aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan Navalniy o‘tirgan samolyot kutilmaganda Sheremetyevo aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ladi. Aeroportda esa uni militsiya kutib oladi va hibsga olinadi. Vnukovoda esa Navalniyni kutib olish uchun tarafdorlari va jurnalistlar kutib turgan edi.

    Mavzuga doir:

    • Navalniy 17-yanvar kuni Moskvaga qaytishini ma’lum qildi
    • Navalniy Rossiyada 29-dekabrdan buyon qidiruvda ekanligi ma’lum qilindi
    • Navalniy Rossiyaga qaytishi bilan qo‘lga olindi. Asosiy ma’lumotlar
    • Sud Aleksey Navalniyga 30 sutkalik qamoq jazosi tayinladi
    Aleksey Navalniyning hibsga olinishi va 30 sutkaga qamalishi ortidan uning tarafdorlari butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlarini o‘tkazdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mavzuga doir:

    • Butun Rossiya bo‘ylab Navalniy tarafdorlarining aksiyalari chog‘ida 3 mingdan ziyod odam qo‘lga olindi
    • Navalniy tarafdorlari Rossiyaning 53 ta shahrida miting o‘tkazishni e’lon qildi
    • “Hozir qudrat sizning qo‘lingizda, lekin bu abadiy emas”. Navalniy o‘zini ozod qilish yuzasidan bo‘lgan sudda nutq so‘zladi
    • Aleksey Navalniyning ukasi uy qamog‘iga yuborildi
    • Rossiyada Navalniy tarafdorlarining norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tmoqda (foto)
    Navalniy qamoqda qolar ekan, u asos solgan Korrupsiya qarshi kurash fondi 19-yanvar kuni “Putin uchun qurilgan qasr” haqida katta tadqiqotni e’lon qildi. Video ko‘rinishida e’lon qilingan mazkur material YouTube ijtimoiy tarmog‘iga yuklandi va juda ko‘p marta tomosha qilindi.

    Mavzuga doir:

    • Navalniy “Putinning qasri” haqidagi surishtiruvni e’lon qildi (video)
    • Putin: “qasr” haqidagi filmda ko‘rsatilgan narsalarning hech biri menga tegishli emas
    • Rossiya FXX “Putinning qasri” osmonidagi uchish taqiqlangan hududni “qo‘shni mamlakatlar razvedka faoliyatining kuchayishi” bilan izohladi

    Qirg‘izistonda yangi prezident

    Yanvar oyining 10-sanasida qo‘shni Qirg‘izistonda muddatidan avval prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi va unda 2020-yilning oktabr oyidagi tartibsizliklar va davlat to‘ntarishi oqibatida hokimiyatni qo‘lga olgan Sadir Japarov g‘alaba qozondi. Yangi prezident 80 foizdan ortiq ovoz to‘pladi va u 28-yanvar kunidan boshlab o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.

    Mavzuga doir:

    • Sadir Japarov Qirg‘iziston prezidenti saylovida salkam 80 foiz ovoz oldi. U uch oy avval qamoqda o‘tirgan edi
    • Sadir Japarov Rossiyani Qirg‘izistonning bosh ittifoqdoshi deb atadi
    • Japarov Qirg‘izistonda rus tilining rasmiy maqomini saqlab qolishga va’da berdi
    • Qirg‘izistondagi prezident saylovining rasmiy natijalari e’lon qilindi
    • Qirg‘iziston hukumati Japarovning prezident saylovlaridagi g‘alabasidan so‘ng iste’foga chiqdi
    • Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Sadir Japarovning ilk xorijiy tashrifi Rossiyaga bo‘lishi kutilmoqda
    Shuningdek, mamlakatda bir qator siyosiy shaxslar hibsga olindi. Hatto, sobiq prezident So‘ronboy Jeenbekov so‘roq qilinish uchun sudga ham chaqirildi.

    Mavzuga doir:

    • Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari hibsga olindi
    • Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirganlikda gumonlanib hibsga olindi
    • Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri sud qaroriga ko‘ra 26-martga qadar qamoqda ushlab turiladi
    • Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatining rahbari pora olish uchun tovlamachilik bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinib hibsga olindi
    • Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Jeenbekov so‘roq qilish uchun sudga chaqirildi

    Vaksinatsiya. Emlangan prezidentlar. Yangi shtammlar

    Yanvar oyi davomida bir qator mamlakatlarda koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlari olib borildi. Bu jarayondan prezidentlar va BMT bosh kotibi ham unumli foydalandi. Bir qator mamlakatlar vaksinalarni ro‘yxatga oldi.

    Mavzuga doir:

    • Jazoirda aholini “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash boshlandi
    • Marokashda aholini COVID-19’ga qarshi emlash boshlandi
    • Vengriya Yevropa Ittifoqida birinchi bo‘lib Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasini ma’qulladi
    • Nemis mutaxassislari AstraZeneca vaksinasini 65 yoshdan oshganlarga tavsiya etmadi
    • Ukraina Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortdi
    • COVID-19’ga qarshi Novavax vaksinasi 89 foizdan yuqori samaradorlik ko‘rsatdi
    • BMT bosh kotibi koronavirusga qarshi emlandi
    • Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri: “Koronavirus vaksinasi yetishmasligi sababli bizni og‘ir 10 hafta kutmoqda”
    • Litvada xatolik tufayli bir ayol birdaniga besh dozada koronavirus vaksinasi bilan emlandi
    • Koronavirusga qarshi vaksinani o‘g‘irlash bo‘yicha birinchi holat Polshada qayd etildi
    • Turkmaniston aholisini koronavirusga qarshi emlashga tayyorlanmoqda
    • AQShda koronavirusga qarshi emlash dasturi kutilgan natijani bermadi. Yana 200 mln doza vaksina sotib olinadi
    • Eron “Sputnik V” vaksinasini foydalanish uchun tasdiqladi
    • Misrda koronavirusga qarshi emlash boshlandi
    • Bill Geyts koronavirusga qarshi emlandi
    • Argentina prezidenti “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi
    • Turkiya prezidenti jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi
    • Turkiya aholisini Xitoyning Sinovac vaksinasi bilan emlashni boshladi
    • Indoneziya prezidenti Xitoy vaksinasi bilan emlandi
    Shuningdek, yanvar oyi davomida bir qator davlatlarda virusning yangi shtammlari aniqlangani sababli cheklovlar va tartiblar o‘rnatildi. Bunga esa hamma ham birdek rozi emas. Norozilar esa ko‘chalarda namoyishlar tashkil qildi.

    Mavzuga doir:

    • Fransiya, Chexiya va Germaniya mamlakatga kirish cheklovlarini kuchaytirdi
    • Kanadada mamlakatga kirish tartibi kuchaytirildi
    • AQShda koronavirusning “afrikacha” shtammi aniqlandi
    • Braziliyada bir vaqtning o‘zida koronavirusning ikkita shtammini yuqtirib olish holatlari aniqlandi
    • Koronavirusning “britancha” shtammi Yevropaning 33 mamlakatida aniqlandi
    • Britaniyada koronavirusning “braziliyacha” shtammi aniqlandi
    • Kaliforniyada koronavirusning butunlay yangi shtammi aniqlandi
    • Peruda 31-yanvardan yangi lokdaun joriy qilinadi
    • Isroil koronavirusning yangi shtammlari tufayli bir haftaga xalqaro aviaqatnovlarni to‘xtatadi
    • Livan va Niderlandiyada lokdaunga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. O‘nlab odamlar jarohatlanib, yuzlab kishilar hibsga olindi

    Koronaxabar

    Dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirib olganlar soni 100 million kishidan oshdi. Kasallanganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda AQSh bormoqda — u yerda virusni yuqtirish bo‘yicha birinchi holat 2020-yilning 20-yanvarida qayd etilgan edi. O‘shandan buyon AQShda 26,6 million kishi kasallanib, 450 ming kishi vafot etgan.

    Hindistonda 10,7 milliondan ortiq odam virusga chalingan, u yerda ilk kasallanganlar 2020-yil fevralida qayd etilgandi. Undan keyingi o‘rinda Braziliya bormoqda.

    Ilk kasallanish holatlari 2020-yil 31-yanvarda aniqlangan Rossiyada esa bunday holatlarning soni shu paytgacha 3,8 milliontadan oshdi. Pandemiya boshidan buyon 72 mingdan ziyod odam vafot etgan.

    Shuningdek, Buyuk Britaniya va Fransiyada kasallanganlar soni 3 milliondan oshgan. Ispaniya, Italiya, Turkiya, Germaniya va Kolumbiyada esa COVID-19’ga chalinganlar 2 milliondan ziyodni tashkil etadi.

    Uzoq vaqt davomida bemorlar soni bo‘yicha birinchi bo‘lib kelgan Xitoy ayni paytda 83-o‘rinni egalladi. Uxanda vaziyat iziga tushgach, Xitoy hukumati virus tarqalishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan edi. Ammo yanvarda vaziyat yomonlashdi: Shitszyachjuan shahrida, shuningdek, Pekin atroflarida o‘nlab odamlar kasallikka chalindi. Bir nechta aholi punktlarida karantin joriy qilindi, minglab odamlarga undan chiqish taqiqlandi.

    31.01.2021, 19:14   Izoh (0)   30396
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkmanistonda koronavirusga qarshi Rossiyaning ikkinchi vaksinasi – “EpiVakKorona” ro‘yxatdan o‘tkazildi

    31.01.2021, 18:34

    Yaponiyada koronavirusning “britancha” shtammi yangi o‘chog‘i aniqlandi

    31.01.2021, 18:13

    Rossiyada Navalniy tarafdorlarining norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tmoqda (foto)

    31.01.2021, 16:32

    OAV: AQSh hukumati Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga nisbatan tekshiruv boshladi

    31.01.2021, 13:50

    Jazoirda aholini “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash boshlandi

    31.01.2021, 13:08

    NBC: Jo Bayden “AQShning dunyodagi o‘rnini qayta tiklash” rejasini ishlab chiqmoqda

    31.01.2021, 12:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.