Moskvadagi Tver sudi siyosatchi Aleksey Navalniyning ukasi Oleg Navalniy, Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi yuristi Lyubov Sobol, “Shifokorlar alyansi” rahbari Anastasiya Vasilyeva, Pussy Riot guruhi vakili Mariya Alyexina va muxolifatchining Moskvadagi shtabi koordinatori Oleg Stepanovga uy qamog‘i jazosini tayinladi. Ular 23-yanvar kuni sanitar-epidemilogik qoidalarni buzgan holda Navalniyni qo‘llab-quvvatlash aksiyasini amalga oshirgandi. Sud axborot xizmatining xabariga ko‘ra, ular 23-martga qadar hibsda bo‘ladi, Stepanov va Oleg Navalniy sud zali binosidan boshqa joyga olib ketilgan, deya xabar berdi “Kommersant”.

Oleg Navalniy

Foto: Tver sudi axborot xizmati

Sudya uy qamog‘i jazosini tayinlash haqidagi qarorni o‘qib eshittirayotgan vaqtda Sobol xonimning Oldos Xaksli kitobini o‘qib turgan surati Tver sudining axborot xizmati tomonidan e’lon qilingan.

Lyubov Sobol

Foto: Tver sudi axborot xizmati

Avval Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi yuridik bo‘limi boshlig‘i Vyacheslav Gimadi holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 236-moddasi (sanitariya-epidemiologiya qoidalarini buzish) bilan sud ishi boshlanganini ma’lum qilgandi. Tergov vakillarining fikricha, sog‘lom va koronavirusga chalingan odamlarni namoyishga chaqirilishi oqibatida ko‘plab insonlarning hayoti xavf ostida qolgan. Mazkur harakatlar uchun ko‘pi bilan ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Yuristning so‘zlariga ko‘ra, sanitariya-epidemiologiya qoidalarini buzish bo‘yicha jinoyat ishida Aleksey Navalniyning matbuot-kotibi Kira Yarmish va jamg‘armada tergov bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlovchi Georgiy Alburov guvoh sifatida ishtirok etmoqda. Moskva ma’muriyati bergan ma’lumotlarda Navalniyni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘chalarga chiqqan olomon orasida 19 kishida koronavirus infeksiyasining alomatlari kuzatilgan.

23-yanvarda butun Rossiya hududida Navalniyni hibsdan ozod qilishni talab qilib namoyishlar o‘tkazilgan. Siyosatchini Sheremetyevo aeroportida 17-yanvar kuni Germaniyadan qaytganidan keyin hibsga olishgan. 28-yanvarda Moskva viloyat sudi muxolifatchini sudga qadar ushlab turish bo‘yicha qaror chiqargan.

Aleksey Navalniy 2020-yil avgustdan beri Germaniyada edi. U Tomsk—Moskva samolyotida o‘zini yomon his qilgani sababli davolanish uchun olib ketilgan. Tahlillar natijasiga ko‘ra, Navalniy “Novichok” guruhidagi modda bilan zaharlangani ma’lum bo‘ldi. Dekabr oyida Bellingcat va The Insider siyosatchini Federal xavfsizlik xizmatining sakkiz nafar xodimidan iborat maxsus guruh zaharlagani ta’kidlangan tekshiruv natijalarini e’lon qildi.

14-yanvar kuni Jazolarni ijro etish federal xizmati siyosatchi 29-dekabr kuni departament tashabbusi bilan qidiruvga berilganini xabar qildi. Xizmat uni “Iv Roshe” ishi bo‘yicha rejimni buzgan, unga muvofiq Navalniy oyda ikki marta Jazolarni ijro etish federal xizmati organlariga borib, ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘lgan. Davolanishdan keyingi reabilitatsiya, xizmatning fikricha, ro‘yxatga olishga kelmaslik uchun asos bo‘lolmaydi.

Navalniy 17-yanvar kuni kechqurun Berlindan Moskvaga qaytib keldi. Sheremetyevo aeroportida siyosatchi “Iv Roshe” ishi doirasida hibsga olindi va Ximki shahridagi politsiya bo‘limiga olib ketildi. Ximki shahar sudi Aleksey Navalniyni 15-fevralga qadar qamoqqa olish bo‘yicha hukm chiqardi.