• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sadir Japarov Rossiyani Qirg‘izistonning bosh ittifoqdoshi deb atadi

    Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) ma’lumotlariga ko‘ra, prezident saylovlarida yetakchilik qilayotgan Qirg‘iziston sobiq bosh vazir vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov matbuot anjumani chog‘ida Rossiya bilan aloqalar haqida gapirib berdi, deb yozadi “RBK”.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    “Rossiya bizning bosh strategik sherigimiz bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi”, — dedi u.

    97,98 foiz ovozlar hisoblab chiqilganidan keyin MSK Sadir Japarov muddatidan ilgari prezident saylovlarida 79,2 foiz ovoz bilan yetakchilik qilayotganini ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikkinchi o‘rinda 6,69 foiz ovoz bilan Adaxan Madumarov, uchinchi o‘rinda — 2,38 foiz ovoz bilan Babirjan Tolbayev bormoqda.

    10-yanvar, yakshanba kuni Qirg‘iziston prezidenti lavozimi uchun bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari saylovlarda jami 17 nomzod kurash olib bordi. Qolganlar 0,08 dan 1,4 foizgacha ovoz to‘plagan. Saylovda saylovchilarning 39,75 foizi qatnashgan.

    Mamlakatda muddatidan ilgari saylovlar bilan birga, boshqaruv shakli haqida referendum ham bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish byulleteniga uchta variant kiritildi: prezidentlik boshqaruvi, parlament boshqaruvi yoki ikkala variantga ham qarshilik. MSK ma’lumotlariga qaraganda, referendumda qatnashganlarning 80,99 foizi boshqaruvning prezident shakliga ovoz bergan. Referendumga saylovchilarning 39,88 foizi kelgan.

    Saylovlarning yakuniy natijalari barcha byulletenlar qo‘lda sanab chiqilganidan keyin e’lon qilinadi.

    Sadir Japarovning ba’zi raqiblari esa saylovning dastlabki natijalaridan norozi bo‘lib, ularni tan olmasligini bildirdi. Xususan, “Butun Qirg‘iziston” partiyasi yetakchisi Adaxan Madumarov elektron saylov qutilari bilan bog‘liq qalbakilashtirishlar haqida ma’lum qildi va ovoz berish yakunlarini tan olishdan bosh tortdi. “Men saylov yakunlarini tan olmayman. Bugungi vaziyat nomaqbul. Tekshirish niqobi ostida maxsus xizmatlar xodimlari keldi. Ular o‘zlari bilan fleshka olib yurgandi”, — dedi Madumarov.

    Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Abdil Segizbayev ham saylov natijalari yuzasidan e’tiroz bildirmoqchi. “Tabiiyki, o‘tgan yil oktabrida hokimiyatni egallab olganlar ma’muriy resurslardan foydalanishga urindi, biz bularning barchasini ko‘rdik. Hatto bu ishga kasalxonalar, maktablar xodimlarini ham jalb qilishga urinishdi”, — dedi u. Segizbayevning ta’kidlashicha, saylovlar qalbakilashtirilgan.

    Qirg‘izistondagi prezident saylovi muddatidan avval o‘tkazildi – bu saylovning o‘tkazilishi 2020-yil oktabrida, parlament saylovlaridagi ehtimoliy qoidabuzarliklar sabab boshlangan tartibsizliklar tufayli avvalgi davlat rahbari So‘ronboy Jeenbekov iste’fo bergach e’lon qilingan edi.

    Sadir Japarov oktabrdagi to‘polonlarga qadar tartibsizliklar keltirib chiqarishda ayblanib, 10 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan edi. Namoyishchilar bosimi ostida u qamoqdan ozod qilindi, ertasiga esa parlament tomonidan bosh vazir etib tayinlandi. Jeenbekovning iste’fosidan keyin esa u prezident vazifasini bajaruvchiga aylangan edi.

    Mavzuga doir:

    • Qirg‘izistonda 18 kishi prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olindi
    • Sadir Japarov Qirg‘iziston prezidenti saylovida salkam 80 foiz ovoz oldi. U uch oy avval qamoqda o‘tirgan edi

    11.01.2021, 13:11   Izoh (0)   34416
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Trampni “Putinning xizmatkori” deb atadi

    11.01.2021, 12:10

    Yaponiyada kuchli qor yog‘ishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 270 dan ortiq kishi jabrlandi (video)

    11.01.2021, 11:26

    Shvarsenegger bolaligida “natsistlar tomonidan aldangan” mast otasi uni do‘pposlagani haqida gapirib berdi. Endi Tramp o‘z tarafdorlarini xuddi shunday aldayotgani...

    11.01.2021, 11:11

    Butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 90 mln kishidan oshdi

    11.01.2021, 10:41

    Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasining bosh kotibiga aylandi

    11.01.2021, 10:25

    Qozog‘istondagi parlament saylovida Nazarboyevning hukmron partiyasi 72 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi

    11.01.2021, 10:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.