Daryo

Kaliforniyada koronavirusning butunlay yangi shtammi aniqlandi

Yangi shtamm 13-yanvar kuni Los-Anjelesdagi laboratoriya namunalarining yarmidan ko‘pida aniqlangan

1 daqiqa o‘qish36 522 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

AQShning Kaliforniya shtatida koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlandi. U mazkur mintaqaning o‘zida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

AQShda 2020-yilning dekabr oyi oxirida olimlar koronavirusning “britancha” shtammini qidirishni boshlagandi, ammo ular yangi turga duch keldi.

Ta’kidlanishicha, CAL.20C deb nomlangan yangi mutatsiya iyul oyida paydo bo‘lgan hamda noyabr oyiga kelibgina keng tarqala boshlagan, deya taxmin qilinmoqda.

Yangi shtamm 13-yanvar kuni Los-Anjelesdagi laboratoriya namunalarining yarmidan ko‘pida aniqlangan.

“Bizning hali Yevropaga yetib bormagan o‘z muammomiz bor. Bu shtamm aslida shu yerda paydo bo‘lgan. Qishki ta’til uning yuzaga kelishi va tarqalishiga zamin yaratgan bo‘lishi mumkin”, — dedi Los-Anjelesdagi Sidar-Sinay tibbiyot markazi olimi Jasmin Plammer.

Mazkur shtamm boshqalariga qaraganda xavfli ekani to‘g‘risida hali birorta dalil yo‘q. Tarqalish tezligi qay darajadaligi ham noma’lum.

Ma’lumot uchun, dekabr oyi o‘rtalarida Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlangandi. Bosh vazir Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, u “odatdagi” SARS-CoV-2’ga qaraganda 70 foizga yuqumliroq bo‘lishi mumkin. Keyinchalik virusning yangi varianti boshqa mamlakatlarga tarqaldi.

Avvalroq AQShning Ogayo universiteti olimlari koronavirusning ikkita yangi shtammini aniqlagani, birinchi mutatsiya “britancha”ga o‘xshash bo‘lsa-da, lekin katta ehtimol bilan AQShning o‘zida paydo bo‘lgani xabar qilingandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar