14-avgust kuni Way II kompaniyasi 2025-yil 30-iyungacha Akfa Aluminium Group’ga sarmoya kiritgan hamkorlariga ikkinchi dividend to‘lovini amalga oshiradi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda tobora ko‘proq odamlar o‘z mablag‘larini xavfsiz usulda sarmoya qilib, daromadini oshirishga intilmoqda. Shunday imkoniyatlardan biri bu — Way II, mamlakatdagi eng yirik sanoat loyihalaridan biri bo‘lgan Akfa Aluminium Group hissadori bo‘lish imkoniyatini taqdim etuvchi kompaniya.
3-mart 2025-yilda Way II o‘z investorlariga birinchi dividend to‘lovini amalga oshirib, kompaniyaning moliyaviy barqarorligi va samaradorligini amalda isbotladi. Dividend to‘lovlari Way II’ning biznes modeli haqiqiy daromad keltirayotganini va o‘z majburiyatlariga qat’iy amal qilayotganini ko‘rsatdi. Shundan so‘ng yangi investorlar sonida tabiiy o‘sish kuzatilmoqda, bu esa kompaniyaga bo‘lgan ishonchning yuqoriligini va real investitsiya vositalariga qiziqishning ortayotganini tasdiqlaydi.
Akfa Aluminium Group 21 yillik muvaffaqiyatli faoliyati davomida O‘zbekiston, MDH, Yevropa va Shimoliy Amerika bozorlarida qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishda ishonchli hamkor sifatida tanildi. 2024-yilda kompaniya sezilarli o‘sishga erishdi, jumladan, mahsulot eksporti 45% ga oshdi.
Way II’da investitsiya afzalliklari
Yilning birinchi yarmi uchun dividendlar hisobida o‘tgan moliyaviy yil ko‘rsatkichlari asos qilib olindi, chunki bu oraliq to‘lov hisoblanadi. 2025-yil yakuniy dividend miqdori 31-dekabrga qadar Akfa Aluminium’ning real foyda ko‘rsatkichlari va auditorlik hisobotiga asoslanib yangilanadi.
2025-yil birinchi yarim yilligi uchun dividend daromadi 13,61% yillik bo‘ldi. Ushbu foiz valyuta kursi farqidan zarar ko‘rmaslik uchun indeksatsiya asosida hisoblangan. Bu esa Way II investitsiyalarini naqd pul yoki oddiy bank omonatlariga qaraganda ancha jozibador qiladi.
Way II moliyaviy mahsulotlariga kiritilgan aktivlar nafaqat qiymatini saqlab qoladi, balki muntazam to‘lovlar orqali barqaror o‘sishni ham ta’minlaydi. Bu investorlar uchun kapitalni himoyalash va uzoq muddatli qo‘shimcha daromad manbai hisoblanadi.
Bundan tashqari, Way II mahsulotlari Islamic Finance Consulting Board tomonidan sertifikatlangan va Islom moliyasi tamoyillariga to‘liq mos — ya’ni taqiqlangan sohalarga sarmoya kiritilmaydi.
Akfa Aluminium Group’ga qanday investitsiya qilish mumkin?
Investorlar kompaniya ofisiga tashrif buyurishlari yoki WAY INVEST mobil ilovasidan foydalanishlari mumkin.
Minimal sarmoya miqdori — 14,3 million so‘m (taxminan 1 100 AQSh dollari) bo‘lib, bu imkoniyat keng omma uchun ochiq. Prognoz qilingan yillik daromad — 10–15% bo‘lib, u ham dollarda hisoblanadi.
Valyuta xavflaridan himoya qilish tizimi mavjud: mablag‘ so‘mda kiritilgach, darhol dollarga indeksatsiya qilinadi va prognoz qilingan foyda ham dollarda belgilanadi.
Telefon: +998 78 555 55 55
Sayt: waygroup.uz
Ijtimoiy tarmoqlar:
Instagram: @way_ll_group
Facebook: @Way ll Group
Telegram: @wayllgroup
Twitter: @way_ll_group
LinkedIn: @wayllgroup
YouTube: @Way_ll_Group
Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)