Daryo

Fransiya, Chexiya va Germaniya mamlakatga kirish cheklovlarini kuchaytirdi

Yevropaning bir qator davlatlari koronavirus infeksiyasining tarqalish tezligini pasaytirish maqsadida o‘z hududlariga kirish qoidalarini kuchaytirdi

1 daqiqa o‘qish29 352 ko‘rishlar0 izoh0

Yevropaning bir qator davlatlari koronavirus infeksiyasining tarqalish tezligini pasaytirish maqsadida o‘z hududlariga kirish qoidalarini kuchaytirdi, deya xabar bermoqda Meduza.

Foto: Pinterest

Xususan, 31-yanvardan boshlab Fransiya Yevropa Ittifoqiga a’zo emas mamlakatlardan keluvchilar uchun mamlakatga kirishni taqiqladi, faqatgina favqulodda holatlar bundan mustasno, deb yozadi Reuters. Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan Fransiyaga kelganlar uchun COVID-19 natijasi talab qilinadi.

Istisno faqat chegaradosh hududlarda yashovchilar va katta yuk mashinasi haydovchilari uchun amal qiladi. Bunday cheklovlar, fransuz rasmiylarining fikriga ko‘ra, mamlakatda yangi lokdaun joriy etilishining oldini oladi.

Mavzuga doir: Koronavirusning “britancha” shtammi Yevropaning 33 mamlakatida aniqlandi

Germaniya 30-yanvardan 17-fevralgacha o‘z hududiga Buyuk Britaniya, Portugaliya, Irlandiya, Braziliya va Janubiy Afrikadan kelganlarga kirishni taqiqladi. Istisnolar mamlakatga qaytib kelgan Germaniya fuqarolari va mamlakatda yashash uchun ruxsatnoma olgan shaxslar uchun amal qiladi.

Chexiya esa 30-yanvardan boshlab o‘z hududiga ishlash, o‘qish, shuningdek, oilaviy masalalar va davolanish uchun sayohat qilganlardan tashqari barcha chet elliklarning kirishini taqiqladi. Mamlakatga kiradiganlarning barchasi uchun, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari, koronavirus testining natijalari talab qilinadi.

Avvalroq Finlyandiya koronavirusning yangi shtammlari tufayli sayyohlarning mamlakatga tashrifini cheklab qo‘ygani hamda Dubay chet ellik sayyohlar uchun amirlikka kirish qoidalarini kuchaytirishi haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar