So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga olib boruvchi yo‘llar qurilish sabab yopilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo bizning o‘rganishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Hozirgi kunda bog‘ga olib boruvchi barcha yo‘llarda harakat odatdagidek davom etmoqda. Avtobuslar, shaxsiy avtomobillar hamda taksi xizmatlari orqali “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga bemalol borish mumkin.
Google xaritada ko‘rsatilgan “harakat taqiqlovchi” belgilar amalda mavjud emas. Ular faqat yo‘lning chekka qismlariga tegishli bo‘lib, asosiy kirish yo‘llarida hech qanday to‘siq yo‘q.
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ining 5 ta asosiy kirish qismi mavjud bo‘lib, ularning har biri orqali jamoat transporti va shaxsiy vositalarda kirish imkoniyati yaratilgan.
Shunday ekan, yozning iliq kunlarida yaqinlaringiz bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurish imkonini boy bermang. Bu yerda sizni qulay sharoitlar, chiroyli manzaralar va ko‘tarinki kayfiyat kutmoqda.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)