Musiqa, drayv va cheksiz quvvat — jonli ijro va yorqin hissiyot muxlislari uchun haqiqiy bayramga aylangan Pepsi Music Fest muhitini aynan shunday taʼriflash mumkin. Bu festival Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari sahnalarini zabt etib, o‘z ovozlari atrofida 22 ming yuraklarni birlashtirdi.
Sahnaga mashhur sanʼatkorlar — Konsta, King Macarella, MillyMallyMoe, DJ Frost va DJ Gera, shuningdek, ajoyib harakatlari bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirgan Double Touch raqs jamoasi chiqdi. Har bir chiqish bayram kayfiyatiga yo‘g‘rilgan bo‘lib, odamlarni qo‘shiq aytishga, raqsga tushishga undadi.
Kechaning yuqori cho‘qqisi – hayratanarli lazer shousi bo‘ldi — yorqin nurlar tungi osmonni bezatib, sehrli manzaralarni yaratdi, musiqa esa jarayonning taʼsirini yanada kuchaytirdi. Bayram eng qizg‘in paytga kelganda, osmon ulkan salyutlar bilan charaqladi. Son-sanoqsiz chiroqlar qorong‘ilikni bo‘yab, mehmonlarning ko‘zlarida aks etdi va ularning xotirasida abadiy qoldi.
Pepsi Music Fest — bu shunchaki festival emas. Bu siz bilan uzoq vaqt qoladigan hissiyotlardir. Bu do‘stlik, birdamlik kabi tuyg‘ular bilan qalbni nurga to‘ldiradigan joy. Agar siz hali bu bayramida ishtirok etmagan bo‘lsangiz — demak, o‘z musiqiy yo‘lingizning boshidasiz.
Madaniy, sport va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — Markaziy Osiyodagi eng yirik qadoqlovchi International Beverages Tashkent kompaniyasining vazifalaridan biridir. Pepsi ichimligidan tashqari, kompaniya O‘zbekistonda boshqa sevimli brendlarni ham taqdim etadi: Mirinda, 7Up, Sting, Mountain Dew, Lipton, Adrenaline Rush, Rockstar.
Festival mamlakat bo‘ylab musiqiy sayohatini davom ettiradi va tez orada yanada ko‘proq tomoshabinlarga musiqa, his-tuyg‘ular va erkinlikka to‘la yozni taqdim etish uchun boshqa shaharlarni qamrab oladi!
Pepsi Music Fest 2025 geografiyasi:
• 16-avgust — Urganch, Manguberdi maydoni
• 17-avgust — Nukus, Savitskiy muzeyi yonida
• 22-avgust — Samarqand, Registon maydoni yaqinida
• 23-avgust — Navoiy, viloyat hokimligi maydoni
• 24-avgust — Buxoro, Ark qalʼasi hududi
Barcha tadbirlarga kirish bepul!
Afishani kuzatib boring, o‘z shahringizni tanlang va tashrif buyuring — Pepsi sizni kutmoqda!
Pepsi — yorqin taʼm, jo‘shqin hayot va unutilmas lahzalarni qadrlaydigan barcha o‘zbekistonliklarning tanlovidir.
#Pepsimusicfest #Pepsi #Pepdikonsert #Pepsi2025
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)