Daryo

Turkiya aholisini Xitoyning Sinovac vaksinasi bilan emlashni boshladi

Mamlakat 3 million doza Xitoy vaksinasini sotib olgan

1 daqiqa o‘qish22 856 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya 14-yanvar kuni Xitoyning Sinovac kompaniyasining vaksinasi bilan aholini koronavirusga qarshi emlashni boshladi, deb xabar beradi “Interfaks”.

“Vaksina barcha viloyatlarning sog‘liqni saqlash muassasalariga yetkazib berildi. Bugun yangi davrning birinchi kuni”, – dedi sog‘liqni saqlash vaziri Fahreddin Ko‘ja.

Fahreddin Ko‘janing o‘zi ham vaksinani qabul qildi. “Shuni ta’kidlashni istardimki, barcha emlanishi kerak”, – dedi sog‘liqni saqlash vaziri.

https://twitter.com/drfahrettinkoca/status/1349408226450804740

Dastlab sog‘liqni saqlash xodimlari emlanishi mumkin.

Turkiyaning Dori vositalari va tibbiy asboblar bo‘yicha qo‘mita 14-yanvar kuni ertalab Sinovac vaksinasidan favqulodda foydalanishni ma’qulladi. Mamlakat 30-dekabr kuni 3 million doza Xitoy vaksinasini sotib olgan.

Sinovac vaksinasining samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar har xil. Braziliyadagi testlarda vaksina 50,4 foiz, Indoneziya va Turkiyada esa mos ravishda 65,3 va 91,5 foizni tashkil etdi.

Pandemiya boshlanganidan buyon Turkiyada 2,3 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, ularning 23 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Xitoyda China National Pharmaceutical Group (Sinopharm) davlat farmatsevtika kompaniyasining bo‘linmasi va AQShda ro‘yxatdan o‘tgan Sinovac Biotech hukumat dasturi asosida uchta vaksinani ishlab chiqarmoqda.

Avvalroq Braziliya “jiddiy hodisa” sababli Sinovac vaksinasi sinovini to‘xtatgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar