Tez sur’atda o‘zgarayotgan iqtisodiy sharoitda biznesga oddiy bank xizmatidan ko‘ra, moslashuvchan va samarali yechimlarni taklif eta oladigan ishonchli moliyaviy hamkor zarur. APEX BANK aynan shunday hamkor bo‘lib, kichik startaplardan tortib yirik korporatsiyalargacha bo‘lgan kompaniyalarga individual yondashuv bilan xizmat ko‘rsatadi.
APEX BANK quyidagi yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy vositalarni taklif etadi:
- Hisob‑kitob va kassa xizmati – tezkor va xavfsiz operatsiyalar, qulay hisobvaraqlarni boshqarish va inkassatsiya.
- Masofaviy bank xizmatlari – zamonaviy raqamli platformalar orqali hisoblarni kecha‑yui kunduz boshqarish.
- Valyuta operatsiyalari – foydali kurslar, xalqaro to‘lov monitoringi va tez konvertatsiya imkoniyati
- Depozitlar – vaqtinchalik mablag‘larni samarali joylashtirish uchun qulay foiz stavkalari
- Kreditlar — biznesni rivojlantirish va boshqa istalgan maqsadlar uchun;
- Ish haqi loyihasi – xodimlarga eng kam vaqt sarflab maosh hisoblash tizimi
- Savdo ekvayringi – zamonaviy POS‑terminallar yordamida naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qilish
- Korporativ kartalar – xizmat safarlari va boshqa biznes xarajatlari uchun qulay vosita.
Har bir yechim biznesning o‘ziga xos jihatlarini hisobga oladi. Biz jarayonlarni samaradorlashtirish va xarajatlarni kamaytirish maqsadida shaxsiylashtirilgan mahsulotlar taklif qilamiz.
Har bir mijozga shaxsiy menejer ajratiladi. U kompaniyaning soha, aylanma mablag‘lar va strategik maqsadlarini o‘rganib, eng maqbul moliyaviy yechimlarni tavsiya etadi.
Biznesda vaqt eng muhim resurs hisoblanadi va bankimizning asosiy afzalliklaridan biri qarorlarni tez qabul qilishdir. Bizning maqsadimiz tadbirkorlar uchun ishonchli hamkorga aylanishdir. Har bir mijoz o‘z biznesi biz uchun muhimligini his qilishini va biz uning o‘sishi hamda rivojlanishiga yordam beradigan yechimlarni taklif etishga tayyormiz,— deya ta’kidlaydi Dilorom Xo‘jamova, APEX BANK korporativ biznes departamenti direktori.
APEX BANKning Toshkentdagi beshta savdo ofisi shaharning markaziy nuqtalarida joylashgan. Mijozlar qulayligiga alohida e’tibor qaratilgan: Misol uchun, Mega Planet va Tashkent City Malldagi ofislari dam olish kunlarisiz soat:00 dan 22:00 gacha ishlaydi va to‘liq xizmatlar, jumladan inkassatsiya xizmatlarini taqdim etadi. Bu tadbirkorlarga moliyaviy vazifalarni o‘zlariga qulay vaqtida hal qilish imkonini beradi.
APEX BANK– bu sizning biznes maqsadlaringizni tushunadigan va barqaror o‘sish uchun individual moliyaviy yechimlar taklif etishga tayyor jamoadir.
Shuhrat Amanov, APEX BANK korporativ kreditlash departamenti direktori:
“Biz biznesni barcha bosqichlarda — startaplardan tortib yirik loyihali kompaniyalargacha qo‘llab‑quvvatlaymiz. APEX BANKda har bir moliyalashtirish tadbirkor bilan hamkorlik asosida amalga oshadi; qoliplashgan andozalar yo‘q. Har bir kredit biznesning barqaror o‘sishini ta’minlashga qaratilgan egiluvchan yechimdir”.
Eng yaqin ofisimizga tashrif buyuring yoki veb‑saytimizda ariza qoldiring – shaxsiy menejeringiz qisqa muddat ichida siz bilan bog‘lanadi.
Telefon: 1881
Sayt: apexbank.uz
Instagram: @apexbank.uz
Linkedin: APEX BANK
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)