Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp apparatining rahbari, Oq uy sobiq matbuot kotibi Stefani Grishem iste’foga chiqdi. Bu haqda Oq uy vakiliga tayanib Meduza xabar berdi. Protokol masalalari bo‘yicha kotib Rikki Niseta hamda Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Sara Mettyu ham shu kabi qarorlarni qabul qilgan.

Foto: EPA

Foto: EPA

CNN’ning ta’kidlashicha, Niseta va Grishem Tramp administratsiyasida ancha yillardan buyon ishlab kelgan. Grishem Tramp bilan 2015-yilgi saylovoldi kampaniyasi davrida birga ishlashni boshlagan, Niseta esa prezident administratsiyasida 2017-yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan edi.

Tramp administratsiyasining xodimlari AQShning amaldagi prezidenti tarafdorlari 6-yanvar kuni Kongressga bostirib kirganidan so‘ng iste’foga chiqa boshladi. Kongress yig‘ilishida noyabrdagi saylovlarning yakuni tasdiqlanishi kerak edi.

Avvalroq Amerika hukumati a’zolari Donald Trampni muddatidan avval hokimiyatdan chetlashtirib, davlat rahbari vakolatlarini vitse-prezident Mayk Pensga topshirish imkoniyatini muhokama qilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, 2021-yil 20-yanvar kuni saylangan davlat rahbari demokrat Jo Bayden o‘z lavozimiga kirishishi kerak. Dekabr o‘rtalarida saylovchilar hay’ati Trampning saylovdagi bosh raqibini Amerikaning 46-prezidenti deb e’lon qildi. Bayden saylovchilar hay’ati a’zolarining 300 dan ortiq ovozini, amaldagi prezident esa 230 dan ziyodroq ovozni qo‘lga kiritdi. Baydenning inauguratsiyasi an’anaga ko‘ra Vashingtonda bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kripto
O‘zbekiston 2022-yilda kripto sektoridan budjetga 300 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘di
Mahalliy
“Geosiyosiy vaziyatning salbiy taʼsiri sababli inflyatsiya darajasi kutganimizdan yuqori shakllandi” — Mamarizo Nurmurodov
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi zilzila munosabati bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik yo‘lladi