Daryo

Litvada xatolik tufayli bir ayol birdaniga besh dozada koronavirus vaksinasi bilan emlandi

Voqeadan keyin kasalxona Kaunas klinikasi va Pfizer vakillari bilan maslahatlashgan

1 daqiqa o‘qish31 226 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sibhar

Litvaning Mariyampol kasalxonasida bir ayolga tibbiy xatolik tufayli bir dozaning o‘rniga besh doza vaksina yuborildi. Bu haqda “Interfaks” xabar qildi.

Foto: Sibhar

“Beshta dozaning hammasi bir kishiga yuborilgan. Bu inson omili. Bemorda hech qanday nojo‘ya ta’sir kuzatilmagan”, – dedi kasalxona direktori Mantas Chesna. Chesnaning ma’lum qilishicha, ayol o‘zini yaxshi his qilyapti, faqat inyeksiya joyida qattiq og‘riq bor. Biroq ayolga ortiqcha 4 doza yuborilgani uchun 4 nafar kishi vaksinadan quruq qolgan.

Chesnaning so‘zlariga ko‘ra, voqeadan keyin kasalxona Kaunas klinikasi va Pfizer vakillari bilan maslahatlashgan.

Ta’kidlanishicha, yanvar oyi o‘rtalarida sodir bo‘lgan bu voqea bo‘yicha tergov 29-yanvar kuni yakunlanishi kutilmoqda.

Avvalroq Germaniyada qariyalar uyining 8 xodimi xatolik tufayli koronavirusga qarshi vaksinaning besh marta ko‘proq dozasi bilan emlangani, Norvegiyada Pfizer vaksinasi bilan emlangan 23 kishi vafot etgani hamda AQShda Pfizer vaksinasi bilan emlangan ikki tibbiyot xodimining ahvoli yomonlashgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar