Donald Tramp rafiqasi Melaniya bilan birga AQShning amaldagi prezidenti sifatida oxirgi marta Oq uyni tark etdi. Davlat rahbari vertolyotda Merilend shtatidagi Endryus aviabazasiga yo‘l oldi. U yerda u o‘z lavozimidan xayrlashish marosimini o‘tkazadi va keyin Florida shtatining Mar-a-Lago shahridagi qarorgohiga jo‘naydi. 20-yanvar kuni Vashingtonda AQShning yangi prezidenti Jo Baydenning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tadi. Tramp unda ishtirok etmasligini bildirgan.

Foto: Alex Brandon / AP / Scanpix / LETA