Foydalanish shartlari
Amaldagi qoidalar “Daryo” (www.daryo.uz) sayti (keyingi oʻrinlarda — sayt)da, shuningdek, uning maxsus loyihalari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari (keyingi oʻrinlarda — nashrning ijtimoiy tarmoqlari)da saytida eʼlon qilingan matnli, grafik, video, audio va boshqa koʻrinishdagi materiallardan foydalanish shartlari va tartibi (keyingi oʻrinlarda — shartlari)ni belgilab beradi. “Daryo” (www.daryo.uz) sayti “Simple Networking Solutions” MChJning xususiy nashri hisoblanadi. Saytdan foydalanish shartlarga, shuningdek, ularga kiritiladigan oʻzgartish va toʻldirishlarga roziligingizni bildiradi.
Saytda va nashrning ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirilgan istalgan material mualliflik huquqi obyektidir. Saytning koʻrsatib oʻtilgan materiallarga boʻlgan huquqlari intellektual faoliyat natijasiga doir huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan himoya qilinadi.
1. Axborotni koʻchirish
1.1. “Daryo” (www.daryo.uz) saytidagi axborotni chop etish, koʻchirish, koʻpaytirish, tarqatish va undan boshqa koʻrinishda foydalanishga faqatgina tahririyatning yozma ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
1.2. Soʻrovlar info@simple.uz elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.
2. Fotosuratlar, illyustratsiyalar va videolardan foydalanish
2.1. Sayt va nashr ijtimoiy tarmoqlaridagi “Daryo” (www.daryo.uz) vatermarki (logotipi) tushirilgan grafik va videotasvirlardan tahririyatning oldindan berilgan yozma ruxsati bilangina foydalanish mumkin.
2.2. Agar ruxsat olingan boʻlsa, surat yoki videoni eʼlon qilish vaqtida muallifning ismi va familiyasi hamda sayt nomini koʻrsatish shart. Fotosuratdagi vatermark saqlanib qolishi lozim.
2.3. Suratlar va videolarni oʻzgartirish, tahrirlash, ular asosida boshqa ishlar tayyorlash, soxtalashtirish, ulardan tijoriy maqsadlarda foydalanish yoki boshqa koʻrinishdagi modifikatsiyalar qilish taqiqlanadi.
2.4. “Daryo” (www.daryo.uz) vatermarki (logotipi) qoʻyilmagan barcha tasvirlar ularning yonida koʻrsatilgan huquq egalariga tegishli.
3. Iqtibos keltirish
Iqtibos keltirishda “Daryo” iqtibos olingan tegishli sahifasiga giperhavola koʻrsatish majburiy. Ayni vaqtda giperhavola materialning birinchi yoki ikkinchi xatboshisida berilishi kerak.
4. Tahririyat bilan muloqot
Tahririyat barcha foydalanuvchilar bilan xabar almashish va yozishmalarga kirishish imkoniga ega emas.
U yoki bu materialdan foydalanish uchun ruxsat olish maqsadida yuborilgan soʻrovga tahririyat tomonidan 2 ish kuni davomida javob kelmasa, bu ruxsat soʻroviga rad javobi berilganini anglatadi.