AQSh Senati Lloyd Ostinning Pentagon rahbari lavozimiga ma’qulladi, deya xabar bermoqda Meduza.

Foto: “RIA Novosti”

67 yoshli Ostin rasmiy ravishda qasamyod qabul qilganidan ko‘p o‘tmay o‘z lavozimiga kirishadi.

Ostin general unvoniga ega. U turli yillarda Birlashgan shtab boshliqlari direktori, Iroq kontingentining bosh qo‘mondoni va AQSh Markaziy qo‘mondonligi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2016-yilda u nafaqaga chiqqan va xususiy qurol ishlab chiqarish firmasiga ishga kirgan.

Ta’kidlanishicha, Ostin Pentagonning birinchi afroamerikalik rahbari bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Bayden 8-dekabrda Pentagon rahbari lavozimiga tarixda birinchi marta afroamerikalikni tayinlashini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq AQSh Milliy razvedkasi direktori lavozimini birinchi marta ayol kishi egallagani haqida xabar berilgan edi.