Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy 2020-yil 29-dekabrdan beri federal qidiruvda. Jazolarni ijro etish federal xizmati Moskva boshqarmasining tegishli qarori Mash tomonidan e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Meduza.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Advokat Vadim Kobzev qidiruv haqidagi ma’lumotni “Mediazona”ga tasdiqlagan. “MBH Media”ga bergan izohida Navalniy 13-yanvar kuni Rossiyaga 17-yanvarda qaytish qarorini e’lon qilganda qidiruvda bo‘lganligi haqida bilmaganini aytgan.

“Biz bu haqda bugun, u (Rossiyaga qaytishi haqida) e’lon qilganidan keyin bildik”, — degan Kobzev.

Kobzev, shuningdek, qidiruv to‘g‘risida Navalniy bilan alohida gaplashmaganini, ammo “bu uning qaytish niyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligiga” ishonchi komilligini bildirgan.

Qidiruv Navalniyga shartli ravishda besh yillik sinov muddati tayinlangan “Iv Roshe” jinoiy ishi bilan bog‘liq. Bu jinoiy ish 2020-yil 30-dekabrda tugatilgan.

Jazolarni ijro etish federal xizmatining qidiruv haqidagi qarorida aytilishicha, siyosatchi (hukm qilingan shaxs sifatida shartli muddatga belgilangan) nazoratdan bo‘yin tovlamoqda. Shu sababli 11-yanvardayoq  ijro etish federal xizmati “Iv Roshe” ishi bo‘yicha Navalniyga shartli muddatni haqiqiysiga almashtirishni so‘rab sudga murojaat qildi.

Aleksey Navalniy 2020-yil avgustdan beri Germaniyada. U Tomsk—Moskva samolyotida o‘zini yomon his qilgani sababli davolanish uchun olib ketilgan. Tahlillar natijasiga ko‘ra, Navalniy “Novichok” guruhidagi modda bilan zaharlangani ma’lum bo‘ldi. Dekabr oyida Bellingcat va The Insider siyosatchini Federal xavfsizlik xizmatining sakkiz nafar xodimidan iborat maxsus guruh zaharlagani ta’kidlangan tekshiruv natijalarini e’lon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda