• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Navalniy Rossiyaga qaytishi bilan qo‘lga olindi. Asosiy ma’lumotlar

    Navalniy 17-yanvar kuni kechqurun Berlindan Moskvaga qaytib keldi. Sheremetyevo aeroportida siyosatchi “Iv Roshe” ishi doirasida qo‘lga olindi. Sud tomonidan oldini olish choralari belgilanmagunicha, u hibsda qoladi. “RBK” Navalniyning Rossiyaga qaytishi va hibsga olinishi qanday yuz bergani haqida umumiy ma’lumot berib o‘tdi.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Navalniyning qaytishi

    Berlinda Navalniy aeroportga hukumat mashinalarida politsiya hamrohligida yetkazildi. Bild gazetasi yozishicha, reys uchun Aleksey va uning rafiqasi Yuliyani Germaniya federal politsiyasi xodimlari ro‘yxatga oldi, ularning hujjatlari esa maxsus qora qutida keltirildi.

    Muxolifatchi va uning rafiqasi o‘tirgan samolyot kelib qo‘nishi kerak bo‘lgan Vnukovo aeroportida o‘sha kuni faqat chiptasi borlarni kirita boshlashdi, bino yonida esa “avtozak”lar (mahbuslarni va ayblanuvchilarni tashish uchun maxsus mashina) navbatchilik qildi.

    Aeroportda Navalniyning tarafdorlari va jurnalistlar uni qarshi olishga urindi. Politsiya dastlab xalqaro uchib kelishlar zali yo‘lini to‘sib qo‘ydi, so‘ng Navalniyni kutib oluvchilarni qo‘lga ola boshladi. Vnukovoda 55 kishi, Sheremetyevoda yana uch kishi qo‘lga olingan. Ular orasida Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (KKF) xodimlari Lyubov Sobol va Ruslan Shaveddinov ham bor. Faollarning bir qismi dalolatnoma tuzilganidan keyin qo‘yib yuborilgan.

    Navalniyning samolyoti Moskvaning Vnukovo aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 19:20 da (Toshkent vaqti bilan 21:20) qo‘nishi kerak edi, ammo aeroport texnik sabablarga ko‘ra samolyotlar uchun vaqtinchalik yopildi. Bortida Navalniy bo‘lgan samolyot Sheremetyevoga soat 20:12 da qo‘ndi.

    Vnukovoda aeroportning yopilishini maxsus texnikaning qorga tiqilib qolgani bilan izohlashdi.

    Navalniyning qo‘lga olinishi

    Sheremetyevoda Navalniy pasport nazoratidan o‘tish chog‘ida qo‘lga olindi.

    Jazolarni ijro etish federal xizmati avvalroq muxolifatchini qo‘lga olish choralarini ko‘rishga va’da bergan edi. Xizmatdagilar fikricha, siyosatchi “Iv Roshe” ishi bo‘yicha rejimni buzgan, unga muvofiq Navalniy oyda ikki marta Jazolarni ijro etish federal xizmati organlariga borib, ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘lgan.

    2014-yilda Navalniy “Iv Roshe Vostik” ishi bo‘yicha shartli muddatga hukm qilingan edi. U 2018-yilda tugagan, sinov muddati esa 2020-yil 30-dekabrda yakunlanishi kerak edi. Ammo bundan bir necha kun avval Jazolarni ijro etish federal xizmati tomonidan Navalniyga nisbatan shikoyatlar haqida ma’lum bo‘ldi. Muassasa ma’lum qilishicha, muxolifatchi “sud tomonidan yuklatilgan majburiyatlarini bajarmayapti va jinoiy-ijro inspeksiyasi nazoratidan bosh tortmoqda”. “Sharite” klinikasi materiallariga ko‘ra, Navalniy 20-sentabrda kasalxonadan chiqarilgan, 12-oktabrda esa u sog‘lom bo‘lgan, deyiladi muassasa bayonotida. 12-yanvar kuni poytaxtning Simonovskiy tuman sudida jinoiy muddatni bekor qilish haqidagi ish paydo bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

    Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmish Jazolarni ijro etish federal xizmati bayonotiga izoh berar ekan, muassasa Navalniyning Germaniyada davolanayotganini bila turib, “inspeksiyaga ertaga kelishi”ni talab qilayotganini aytdi.

    Navalniy Rossiya IIVning Ximki shahar okrugi bo‘yicha boshqarmasi politsiyasi 2-bo‘limida, deya xabar berdi uning advokati Olga Mixaylova.

    Navalniyning qo‘lga olinishiga munosabatlar

    Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel Navalniyni zudlik bilan ozod etishni talab qildi. Xuddi shunday da’vat bilan Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy va Boltiqbo‘yi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklari chiqish qildi. Latviya, Litva va Estoniya TIVlarining qo‘shma bayonotida aytilishicha, muxolifatchining qo‘lga olinishi tufayli Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ko‘rib chiqishi kerak. Avstriya va Fransiya TIVlari ham siyosatchini qo‘yib yuborishni talab qildi.

    Saylangan prezident Jo Baydenning maslahatchisi Jeyk Sallivan Navalniyni ozod etishga chaqirib, uning qo‘lga olinishini “shunchaki inson huquqlarining buzilishi emas, balki Rossiya xalqiga qaratilgan chaqiriq” deb atadi. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Navalniyni “hech qanday shartlarsiz” ozod etishni talab qildi.

    “Janob Sallivanga (va oldindan tayyorlab qo‘yilgan izohlarni e’lon qilayotgan boshqa ko‘plab xorijiy arboblarga) shuni aytmoqchiman: xalqaro huquqni hurmat qiling, suveren davlatlar milliy qonunchiligiga tajovuz qilmang, o‘z mamlakatingizdagi muammolar bilan shug‘ullaning”, — deya G‘arbning tanqidiga javob qildi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

    Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’tilda bo‘lgani uchun Navalniyning qo‘lga olinganidan bexabar ekanini aytdi: “Kechirasiz. Uni Germaniyada qo‘lga olishdimi? Xabarim yo‘q”.

    Aleksey Navalniy 2020-yil avgustdan beri Germaniyada edi. U Tomsk—Moskva samolyotida o‘zini yomon his qilgani sababli davolanish uchun olib ketilgan. Tahlillar natijasiga ko‘ra, Navalniy “Novichok” guruhidagi modda bilan zaharlangani ma’lum bo‘ldi. Dekabr oyida Bellingcat va The Insider siyosatchini Federal xavfsizlik xizmatining sakkiz nafar xodimidan iborat maxsus guruh zaharlagani ta’kidlangan tekshiruv natijalarini e’lon qildi.

    Mavzuga doir:

    • Navalniy Rossiyada 29-dekabrdan buyon qidiruvda ekanligi ma’lum qilindi
    • Navalniy 17-yanvar kuni Moskvaga qaytishini ma’lum qildi
    • Navalniyga qarshi yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U xayriya sifatida yig‘ilgan 356 mln rublni o‘g‘irlashda gumonlanmoqda

    18.01.2021, 10:43   Izoh (0)   44267
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Isroilda koronavirusga qarshi emlangan 13 kishida yuz falaji yuzaga keldi

    18.01.2021, 10:11

    Qurollangan amerikaliklar to‘rtta shtatdagi parlament binolari qarshisida to‘plandi (video)

    18.01.2021, 09:05

    Daniyada ham koronavirusning “afrikacha” shtammi aniqlandi

    18.01.2021, 08:25

    Buqalar jangi, qorga burkangan Yevropa, yangi tug‘ilgan karkidon. 17-yanvar suratlari

    17.01.2021, 22:27

    Trampning advokati impichment ishi bo‘yicha tafsilotlarni ma’lum qildi

    17.01.2021, 21:05

    Turkiya sohillari yaqinida Rossiya yuk kemasi cho‘kib ketdi, kamida 2 kishi halok bo‘ldi

    17.01.2021, 18:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.