Daryo

Britaniyada koronavirusning “braziliyacha” shtammi aniqlandi

Yangi shtammni yuqtirib olgan odamlarda kasallikning og‘ir belgilari kuzatilmoqda

1 daqiqa o‘qish26 150 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasining “braziliyacha” shtammi bilan kasallanish bo‘yicha birinchi holat qayd etildi. Yangi COVID-mutatsiyalarini o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan professor Vendi Barklayning so‘zlariga ko‘ra, infeksiyaning “braziliyacha” variantining ikkita turi mavjud. Ulardan biri Britaniyada qayd etilgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Virusologning ta’kidlashicha, aftidan, mazkur shtamm mamlakatga “yaqinda” kirib kelgan.

Uning Braziliyadagi hamkasblariga tayanib qo‘shimcha qilishicha, yangi shtammni yuqtirib olgan odamlarda kasallikning og‘ir belgilari kuzatilmoqda.

Avvalroq AQShning Ogayo universiteti olimlari koronavirusning ikkita yangi shtammini aniqlagan edi. Qayd etilishicha, ulardan biri “britancha” shtammga o‘xshash, ikkinchisi virusning yanada yuqumli bo‘lishiga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya hukumati koronavirusning yuqumliroq turi aniqlanganini dekabr oyi o‘rtalarida ma’lum qilgandi. Keyinchalik SARS-CoV-2’ning ushbu varianti boshqa bir qator davlatlarda, jumladan, AQSh, Xitoy, Kanada, Turkiya, Rossiya, Gruziya, Daniya, Germaniya, Shveysariya, Fransiya, Gretsiya, Slovakiya, Yaponiya, Braziliya, Janubiy Koreya, BAA, Iordaniya Tailand, Vyetnam va Kiprda aniqlandi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, virusning ushbu turi dunyoning 50 dan ortiq davlatlarida aniqlangan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar