Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi 29-yanvar, juma kuni Rossiyaning koronavirusga qarshi “EpiVakKorona” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berdi, deb xabar beradi “Xronika Turkmenistana”.
Turkmaniston Rossiyadan tashqarida ushbu vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan birinchi mamlakat bo‘ldi.
Turkmaniston davlat televideniyesining tegishli ko‘rsatuvida ushbu vaksina bilan bir qatorda rus mutaxassislari ham mamlakatga yetib kelgani va uni saqlash shartlari bilan tanishgani ko‘rsatildi.
Turkmaniston bundan avval Rossiyaning yana bir vaksinasi – “Sputnik V”ni ro‘yxatdan o‘tkazgandi.
Avvalroq Turkmaniston aholisini koronavirusga qarshi emlashga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)