Daryo

Marokashda aholini COVID-19’ga qarshi emlash boshlandi

Qirolning ko‘rsatmasiga binoan emlash barcha toifadagi fuqarolar uchun bepul amalga oshiriladi

1 daqiqa o‘qish13 244 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: un.org

Marokash qiroli Muhammad VI 28-yanvar kuni fuqarolarni koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash bo‘yicha milliy kampaniya boshlashni ma’qulladi. Aholi bepul emlanadi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Foto: un.org

Saroyda vaksinatsiyaning maqsadini tushuntiruvchi press-reliz e’lon qilindi.

“Emlashdan maqsad — Marokash aholisining barcha toifalariga immunitet ulashish, pandemiya oqibatida kasallanish va o‘lim holatlarini kamaytirish va keyinchalik butunlay tugatish. Asta-sekin odatiy hayotga qaytish maqsadida koronavirusning tarqalishini cheklashdir”, — deyiladi hujjatda.

Qirolning ko‘rsatmasiga binoan emlash barcha toifadagi fuqarolar uchun bepul amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda 30 millionga yaqin odam — Marokash aholisining 80 foizini vaksinatsiyalash rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Misrda koronavirusga qarshi emlash boshlangani, Afrika rivojlangan davlatlardan koronavirusga qarshi vaksinalarning ortiqchasini berishni so‘ragani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar