Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sadir Japarov Bishkekdagi marosimda davlat rahbari lavozimida mamlakat xalqiga sodiq xizmat qilish haqida qasamyod qabul qilib, Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga kirishdi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Foto: “Salamnews.org”

Foto: “Salamnews.org”

“Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga kirishar ekanman, mamlakat xalqiga xizmat qilishga qasamyod qilaman”, — deya Japarov prezident qasamyodini aytdi.

Inauguratsiya marosimi 28-yanvar, payshanba kuni Milliy filarmoniya binosida bo‘lib o‘tdi.

Markaziy saylov komissiyasi rahbari Nurjan Shayldabekova yangi prezidentga ko‘krak nishoni, shtandart va davlat rahbari guvohnomasini topshirdi.

Marosim chog‘ida Japarov, shuningdek, mamlakatga 2020-yilning kuzidagi siyosiy inqirozdan chiqishda yordam bergani uchun Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘istonga minnatdorlik izhor etdi.

“Qirg‘izistondagi siyosiy voqealar chog‘ida berilgan ko‘mak uchun Rossiyaga minnatdorlik bildirmoqchiman”, — dedi siyosatchi. “Qo‘shni O‘zbekiston va Qozog‘istonning qo‘llab-quvvatlaganlarini ham ta’kidlamasdan bo‘lmaydi”, — deya qo‘shib qo‘ydi Qirg‘izistonning yangi rahbari.

Qirg‘izistonda muddatdan oldin prezident saylovlari 10-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga 17 nafar nomzod da’vogarlik qildi. Oktabr oyidan beri hukumatni boshqargan Sadir Japarov raqiblaridan ancha ustun keldi. Ularning aksariyati 2 foizdan kam ovoz olgan.

Prezident saylovi bilan birga mamlakatda boshqaruv shaklini o‘zgartirish bo‘yicha ham referendum bo‘lib o‘tdi. Referendum ishtirokchilarining 80 foizdan ortig‘i prezidentlik respublikasi uchun ovoz berdi.

Muddatidan avvalgi prezident saylovlari 2020-yil oktabrida, parlament saylovlaridagi ehtimoliy qoidabuzarliklar sabab boshlangan tartibsizliklar tufayli avvalgi davlat rahbari So‘ronboy Jeenbekov iste’fo bergach e’lon qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Prezident tashrif buyurgan Andijon tumanidagi 55-maktab — suratlarda 
Mahalliy
Slovakiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident