• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    2025-yilning eng qiziqarli filmi: “Hayot senga mandarin bersa” koreys serialini tomosha qilish uchun 5 sabab

    7-mart kuni Netflix striming xizmatida Pak Po Gom va Ayyu (Li Ji In) bosh rollarni ijro etgan “Hayot senga mandarin bersa” nomli premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu yilning eng qiziqarli loyihalaridan biri bo‘lib, u taqdirga qarshi chiqib, muhabbatni tanlagan oddiy insonlarning hayoti haqida hikoya qiladi.
     1. Muhabbat, hayot va oila haqidagi tarixiy saga

    Dorama bolaligidanoq isyonkor tabiatli, kitoblarga o‘ch va shoira bo‘lishni orzu qilgan E Sun ismli kambag‘al qiz hamda doimo uning yonida bo‘lib, har jihatdan qo‘llab-quvvatlab kelgan kamgap yigit Kvan Sik haqida hikoya qiladi. Bosh qahramonlarning qissasi 1960-yillarda Jeju orolida boshlanib, bir necha o‘n yillar davomida rivojlanadi. Shu bois uni muhabbat, hayot va oila haqidagi chinakam tarixiy saga deyish mumkin. Dastlabki to‘rt qismning o‘zidayoq ko‘plab voqealar ro‘y beradi. Otasining vafoti, onasi bilan murakkab munosabatlar va uning kasallik tufayli bevaqt o‘limi kichkina E Sun zimmasiga ulkan hayotiy sinovlarni yuklaydi hamda uning barcha orzu-umidlarini ayovsiz voqelikka ro‘baro‘ qiladi.

    Bosh qahramonlarning ulg‘ayishi ularning hayotiga nafaqat kundalik bozordagi karam savdosini, balki Pusan shahriga sarguzashtlarni ham olib kiradi. Isyonkor E Sun va Kvon Sik nima bo‘lishidan qat’i nazar, sevgini tanlaydilar. Ekranlarda vazmin oilaviy drama, orzu-xayollarga to‘la yoshlik, isyon, ulg‘ayish va samimiy muhabbat haqidagi romantik hikoya, shuningdek, yillar davomida o‘zgarib borgan Jeju orolidagi oddiy odamlar hayotining tarixiy manzarasi namoyon bo‘lmoqda.

    2. Pak Po Gomning kichik ekranlarga qaytishi

    “Hayot senga mandarin bersa” dramasi mashhur koreys aktyori Pak Pogomning kichik ekranlarga qaytganini tasdiqladi. Uning qahramoni Kvon Sik kamgap, biroq g‘oyatda g‘amxo‘r va mehribon yigit. U butun umri davomidagi sevgilisini himoya qilishga va doimo qo‘lidan tutib yurishga tayyor. Ba’zida uning xatti-harakatlari bolalarcha sodda, ba’zida nihoyatda jasur, ba’zida esa aqlbovar qilmas tuyuladi, chunki u har qanday vaziyatda ham chin yurakdan sevishini isbotlaydi. Pak Pogom dastlabki to‘rt qismda tomoshabinlar oldida turli qiyofalarda namoyon bo‘ladi: qizil sport kiyimidagi sabzavot sotuvchisi va kostyum-shim kiygan qochqinidan tortib, oilasi uchun har qanday qiyinchilikka bardosh berishga tayyor baliqchigacha.

    3. Ayyuning yangi murakkab roli

    Ayyu (Li Ji Yin) avvalo qo‘shiqchi sifatida mashhur, biroq “Prodyuserlar”, “Qizil yurak” va “Del Luna mehmonxonasi” seriallaridagi rollari bilan u iste’dodli aktrisa ham ekanligini isbotladi. “Hayot senga mandarin bersa” filmida uning qahramoni E Sun oddiy kambag‘al qiz, ammo murakkab fe’l-atvorga ega, og‘ir davrda yashaydi va hayotida turli xil voqealar ro‘y beradi.

    Ayyu qahramonining yorqin obrazini yaratish uchun turli detallardan foydalanadi. Misol uchun, juda sergap va hissiyotli E Sunning ovozida soddalik va tajribasizlik ohanglari seziladi, bu esa uning sarguzashtlarga va hatto aqlsiz xatti-harakatlarga tayyorligiga zid keladi. Oilasi uchun o‘zini qurbon qilishga tayyor qizning fidoyiligi, E Sun boshqa birov uning farzandi taqdirini hal qilmoqchi bo‘lganida namoyon qiladigan prinsipial qat’iyatlilik bilan yonma-yon turadi.

    4. Bir oila tarixiga turlicha qarash

    “Hayot senga mandarin bersa” asari voqealari uzoq yillar davomida rivojlanib borishi tufayli bir oila tarixini turli nuqtayi nazardan ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Birinchisi, E Sun va Kvan Sikning yoshlik davri bo‘lib, unda she’riyat haqidagi orzular, an’analar va istaklarga zid bo‘lgan sevgi, yosh ota-onalarning farzandi yonidagi chin quvonch va baxtli onlari hamda kambag‘al oiladagi mashaqqatli hayot tasvirlangan.

    Ikkinchi nuqtayi nazar — Mun So Ri va Pak Xe Jun ijro etgan yetuk yoshdagi E Sun va Kvan Sikning jo‘shqin yoshligi haqidagi mulohazalari. Ular qaysi voqealarni hayotlaridagi burilish nuqtasi deb bilishadi, qaysilarini esa farzandlariga aytishni lozim ko‘rishmaydi. Dorama ko‘targan eng qiziqarli savollardan biri shuki, bosh qahramonlar ko‘p yillar oldin qilgan tanlovlaridan pushaymon bo‘lmadilarmi? Ular boshqalarning maslahatiga quloq solganlarida ko‘proq narsaga erishishlari mumkinmidi yoki bu ularning hayotini yanada og‘irlashtirgan bo‘larmidi?

    Uchinchi rakurs — bosh qahramonlarning katta qizi Yang Kim Myongning qarashi bo‘lib, bu rolni ham Ayyu ijro etadi. Qiz qashshoqlik tufayli bolaligida ko‘p narsadan mahrum bo‘lganini his qiladi, biroq ota-onasining mehrini doimo his etgan. Onasi kabi uning ham hayotda yangi cho‘qqilarni zabt etish istagi va intilishlari bor, shuningdek, ota-onasi qabul qilgan qarorga nisbatan o‘z nuqtayi nazari mavjud. Drama qahramonlari taqdiri orqali mualliflar ayollarning doimiy o‘zgarib borayotgan dunyodagi o‘rni haqida ham mulohaza yuritadilar.

    5. Vizual go‘zallik va davr manzarasi

    Doramaning yana bir afzalligi uning vizual go‘zalligidir. Somon suvoq qilingan qishloq uylari, Cheju orolining ajoyib sohili, doimo hayot qaynayotgan bozor, bularga qarama-qarshi Pusan ko‘chalari va barcha davrlarni qizil ip kabi bog‘lab turadigan go‘zal sariq maydon ko‘zni quvontiradi. Qahramonlarning xilma-xil liboslari va tashqi ko‘rinishlari, shuningdek, ekranda tez-tez paydo bo‘ladigan turli xil eski televizorlar, bolalar velosipedlari, ventilyatorlar, peyjerlar va o‘tmishdan qolgan boshqa qiziqarli narsalar e’tiborni tortadi.

    “Hayot senga mandarin bersa” dramasi bilan bog‘liq yana bir qiziqarli jihat — uning efir jadvali. Netflix xizmatining barcha seriyalarni bir kunda chiqaradigan odatiy drama ko‘rsatish tartibi bu safar o‘zgardi. O‘n olti qismli drama haftasiga to‘rt qismdan efirga uzatiladi. 

    28 mart, 17:45   Izoh (0)   19733
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#filmlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Butun dunyoni maftun qilgan Bollivudning eng mashhur 5 nafar aktrisasi

    03.11.2024, 14:19

    Barcha davrlarning eng yaxshi aktyori kim ekani ma'lum qilindi 

    07.11.2024, 18:49

    Qiziqarli syujeti bilan har qanday Gollivud filmlarini ortda qoldiradigan chet el seriallari

    07.11.2024, 17:50

    Sher o‘rgatuvchi, illyuzionist, karate ustasi: ko‘pchilik bilmagan ajoyib iste’dodga ega Gollivud aktyorlari

    11.11.2024, 15:57

    “Oskar”mukofotidan voz kechgan va taqdirlash marosimiga kelmagan jahon yulduzlari

    18.11.2024, 18:15

    Film va seriallarda rol ijro etmay turib, ulardan mo‘maygina gonorar olgan aktyorlar (foto)

    27.11.2024, 15:57

    Gollivud filmlaridan qolishmaydi: yuqori reytinglarni egallagan yangi hind filmlari (treyler)

    26.11.2024, 09:55

    “Katta ajdarho”: qanday qilib Bryus Li Amerika kinosanoatini o‘zgartirib yubordi?

    30.11.2024, 18:30

    Qozog‘istonlik kinoijodkorlar suratga olgan eng yaxshi uchta film (treyler)

    02.12.2024, 16:43

    Taniqli aktyorlarning farzandlari suratga tushgan 10 ta film (treyler) 

    13.12.2024, 13:35

    Geymer bo‘lish shart emas: videoo‘yinlar asosida suratga olingan Gollivud filmlari

    16.12.2024, 19:25

    Aktyorlar rejissyor va prodyuserlar oldiga qo‘ygan kutilmagan noodatiy shartlar

    20.12.2024, 09:58

    Bolaligidayoq mashhurlikka erishgan, ammo uni saqlab qololmagan Gollivud aktyorlari (foto)

    12 yanvar, 18:30

    2024-yilda eng ko‘p daromad keltirgan filmlar top 15 taligi

    13 yanvar, 09:41

    Gollivudning afsonaviy yulduzlari o‘rnini bosishi kutilayotgan yosh aktyorlar (foto) 

    11 yanvar, 11:25

    64 yoshli aktyor Jan-Klod Van Damm o‘zining mashhur raqsini takrorladi (video)

    25 yanvar, 14:40

    Mashhurlik cho‘qqisiga yetganda kinoni tark etgan jahon yulduzlari 

    31 yanvar, 18:51

    Leonardo Di Kaprio haqida ko‘pchilik bilmaydigan 22 ta fakt: eng yuqori gonorari, siyosiy qarashlaridan tortib bolalikdagi qadrdon do‘stigacha

    5 fevral, 09:39

    O‘zbek dublyajining yangi istiqbollari

    6 fevral, 12:00

    Jeki Chan, Van Damm va boshqa jangari filmlar yulduzlarining qizlari qanday ko‘rinishda? (foto)

    13 fevral, 13:15

    Kianu Rivz Gollivuddagi eng mehribon va kamtar aktyor ekanini isbotlovchi holatlar

    15 fevral, 10:15

    “Tom va Jerri” 85 yoshda: bolaligimizni yodga soluvchi multfilm qanday yaratilgan?

    17 fevral, 09:36

    Atigi birgina roli bilan karyerasini saqlab qolgan Gollivud aktyorlari

    18 fevral, 12:37

    Ahmoqona, g‘alati va hayratlanarli sabablarga ko‘ra mashhur rollardan voz kechgan Gollivud aktyorlari

    19 fevral, 09:43

    To‘y yaqin: xonanda Selena Gomes va prodyuser Benni Blanko 35 mln dollarga hashamatli uy xarid qildi

    20 fevral, 16:40

    Muhabbatning ko‘zi ko‘r: Gollivud yulduzlarining iztirobli sevgi hikoyalari

    20 fevral, 09:43

    Hind kinosining bir nechta tilda erkin so‘zlasha oladigan yulduzlari  

    21 fevral, 15:49

    Mashhur shpagat, Gollivudga yo‘l ochgan “Qonli Sport” filmi, uyqu doriga qaramlik — Van Damning hayot yo‘li

    25 fevral, 11:48

    Jennifer Lopes Afflek bilan ajrashganidan keyin 21 mln dollarga hashamatli uy sotib oldi

    25 fevral, 09:40

    Kir yuvish mashinasi, gramafon, qahva mashinasi: Gollivud yulduzlari ilk gonorariga nima xarid qilgan?

    26 fevral, 14:35

    Olamshumul mashhurlikdan so‘ng g‘oyib bo‘lib, ulg‘aygandan keyingina ekranlarga qaytgan aktyor bolalar

    28 fevral, 14:56

    Gollivud aktyorlari va ularning dublyorlari (foto) 

    28 fevral, 19:10

    “O‘rgimchak odam” trilogiyasining aktyorlari 23 yildan so‘ng qanchalik o‘zgargan?

    1 mart, 12:55

    24 ta asosiy nominatsiya: “Oskar” kimga berilishini kim hal qiladi?

    3 mart, 15:35

    Mashhur rollaridan voz kechishga majbur bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    3 mart, 14:45

    2024-yilda eng ko‘p gonorar olgan Gollivud aktyorlari reytingi e’lon qilindi

    4 mart, 13:39

    Gollivudda suratga tushgan koreyalik aktyorlar

    4 mart, 17:35

    O‘z ismi bilan emas, taxallusi bilan mashhurlikka erishgan jahon yulduzlari

    5 mart, 20:30

    Edrian Broudining nutqi “Oskar” tarixidagi eng uzoq davom etgan nutq bo‘ldi

    6 mart, 10:39

    Instagram: Egizak nevarali bo‘ladigan Valijon Shamshiyev, yangi avtomobil xarid qilgan Feruza Normatova, imidjini o‘zgartirgan Alfiya kampir

    6 mart, 09:46

    Jang san’atini o‘zlashtirgan jahonga mashhur aktrisalar (foto)

    10 mart, 13:50

    Gollivudning mashhur “tansoqchisi” Kevin Kostner hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    12 mart, 11:55

    Huquqshunos, avtopoygachi, hamshira: shou-biznesdan ketib, oddiy kasb egasiga aylangan Gollivud aktyorlari

    13 mart, 18:49

    Gollivud yulduzi Skarlett Yoxanson nima sababdan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligi haqida so‘zlab berdi

    13 mart, 16:10

    Taniqli Gollivud aktrisalari bolaligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? 

    15 mart, 09:55

    Jahon yulduzlariga ikki tomchi suvdek o‘xshashi bilan mashhurlikka erishgan insonlar (foto)

    17 mart, 10:15

    Filmda rol o‘ynashni xohlamagan, lekin majbur qilingan Gollivud aktyorlari

    18 mart, 09:46

    “65 yoshli ayolning tortilgan yuzga ega bo‘lishini tushunmayman”. Gollivud yulduzlaridan ilhomlantiruvchi iqtiboslar

    26 mart, 18:50

    Gollivud yulduzi Ben Afflek o‘g‘liga 6 ming dollarlik krossovkani olib berishdan bosh tortdi

    18 mart, 21:50

    Jahon kinosi yulduzi Entoni Hopkinsning “Biz buni uddaladik, bolakay” nomli memuar asari nashr etildi

    19 mart, 11:25

    Diplom yo‘q, ammo “Oskar” bor: Aktyorlik bo‘yicha tahsil olmagan Gollivud yulduzlari

    19 mart, 17:32

    Rolls–Royce’dan tortib Bugatti’gacha: jahon yulduzlarining eng qimmatbaho avtomobillari

    26 mart, 10:50

    Betakror filmlarga beo‘xshov ijrosi bilan putur yetkazgan kinoyulduzlar

    23 mart, 10:25

    Irlandiyada ko‘p miqdorda suv ichgan erkak vafot etdi

    20 mart, 11:05

    Bir kecha uchun kamida 8 ming dollar: Jahon yulduzlari dam oladigan dunyoning eng qimmat kurortlari

    24 mart, 21:51

    Bryus Uillis 70 yoshda: hozirda demensiya tufayli tildan qolgan aktyor Gollivud tarixida qanday iz qoldirdi?

    25 mart, 08:57

    Dovyurak kinoyulduzlar: filmlardagi xavfli tryuklarni kaskadyorsiz bajargan Gollivud aktyorlari

    25 mart, 19:55

    Hashamatdan qashshoqlikka: o‘z pullarini havoga sovurgan yulduzlar hikoyalari

    26 mart, 22:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘iston aholisi soni e’lon qilindi

    Qozog‘iston | 2 iyun, 15:45

    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi

    Reklama | 2 iyun, 15:11

    BAA aeroportida o‘zbekistonliklar ushlab turilganiga munosabat bildirildi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 15:41

    Hech qanday parhez yo‘q: mashhur san’atkorlar ish vaqtida nimalar iste’mol qiladi?

    Layfstayl | 2 iyun, 15:30

    O‘zbekistonda ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 15:20

    San’atkorlar oilasida tug‘ilgan, 3 yoshida sahnaga chiqqan va Asal Shodiyevaning qalbini zabt etgan Shohruxxon 40 yoshda

    Madaniyat | 2 iyun, 15:10

    Hajda ilk bor qutqaruvchi dron ishga tushiriladi

    Dunyo | 2 iyun, 14:59

    Amerikalik er-xotin bolalik suratlaridan bitta bog‘chaga borishganini payqab qolishdi

    Layfstayl | 2 iyun, 14:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.