• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Bryus Uillis 70 yoshda: hozirda demensiya tufayli tildan qolgan aktyor Gollivud tarixida qanday iz qoldirdi?

    Gollivud aktyori, ko‘plab sevimli filmlar yulduzi Bryus Uillis shu yilning 19-martida 70 yoshga to‘ldi. Uning qahramonlari dangasa, ichkilikboz va odamovi shaxslar bo‘lsa-da, ayni paytda ular doimo o‘zlarining insoniy nomukammalligi, jozibasi va o‘z ustidan kulishi bilan tomoshabinlarni o‘ziga rom etardi.

    Nyu Jersidan kelgan yanki

    Bryus Uillis GFRda xizmat qilayotgan amerikalik harbiy oilasida Germaniyaning Idar Obershteyn shahrida tug‘ilgan. 1950-yillarning oxirida otasining harbiy shartnomasi tugagach, oila Nyu Jersiga ko‘chib o‘tadi. U yerda Bryusning yana to‘rtta ukasi va singlisi dunyoga keladi. Qizig‘i shundaki, Uillisning aktyor bo‘lishiga duduqlanishi sabab bo‘lgan. Nutqidagi bu nuqson muloqot qobiliyatiga unchalik ta’sir qilmasa-da, maktabdagi o‘zlashtirishiga jiddiy zarar yetkazgan.

    Duduqlanishni yengish uchun u maktab drama to‘garagiga yoziladi va tez orada “Qirol Artur saroyidagi konnektikutlik yanki” pyesasida rol o‘ynaydi. Bryus sahnaga chiqqanida duduqlanishi yo‘qolar, ammo tomoshabinlar oldiga tushishi bilanoq yana paydo bo‘lardi. Maktab teatri sahnasiga muntazam chiqishlar bo‘lajak aktyorga uzoq kutilgan o‘ziga ishonchni shakllantirishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, duduqlanishning butunlay yo‘qolishiga olib keladi.

    Oy yorug‘idagi izquvar

    Bryus Uillisning birinchi e’tiborga loyiq ishi “Oy nuri detektiv agentligi” (1985-1989) seriali bo‘ldi. Unda u o‘sha paytda juda mashhur aktrisa bo‘lgan Sibill Shepard bilan birga rol ijro etadi. E’tiborli jihati shundaki, dastlab yangi aktyorni izquvar Devid Edison roliga olishni istashmaydi — kasting direktori uning soch turmagi, qulog‘idagi ziragi va xaki rangidagi kiyimlaridan hayron qoladi. Biroq serial rejissyori Glenn Gordon Karon yosh aktyorda katta salohiyat, “dovyuraklik va joziba”ni ko‘radi va oxir-oqibat uning nomzodini qat’iy himoya qiladi.

    Oddiy yigit — jangari film qahramoni

    Ishonish qiyin, ammo Bryus Uillis hech qachon studiyaning birinchi tanlovi bo‘lmagan. 20th Century Fox rahbarlari Jon Makkleyn rolini katta-kichik barchaga taklif qilishgan — politsiyachi rolini o‘ynash uchun Arnold Shvarsenegger va Silvestr Stallonedan tortib Frank Sinatra va Al Pachinogacha ko‘rib chiqilgan. Biroq Jon Makkleyn obraziga o‘ziga xos qarash bilan sinovlarga kelgan yagona inson Uillis bo‘lgan.

    Los Anjelesga xotini bilan yarashish uchun kelgan nyu yorklik nafaqadagi politsiyachi hech qachon Devid Edisonning yoshlikdagi soddaligiga ega bo‘lmagan, aksincha — Bryus Uillis gavdalantirgan qahramon hayot tomonidan ancha ezilgan, kinoyali va o‘z tabiatiga nisbatan ortiqcha xayollarga berilmaydigan odam edi.

    U namunali er yoki politsiyachi unvoniga deyarli munosib emasdi, g‘azabini nazorat qilishda muammolarga duch kelardi, ammo, ajablanarlisi, o‘z ishini yaxshi bilar va garchi ajrashgan bo‘lsa-da, xotinini chin dildan sevardi. Makkleynning ziddiyatli ichki yumshoqligi, shuningdek, beparvoligi dinamik jang sahnalarida — uni doimo hissiyotsiz bo‘lgan Stallone va Shvarsenegger kabi “keldi, ko‘rdi, g‘alaba qozondi” formulasi asosida kinoda harakat qiladigan qahramonlardan ajratib turardi.

    Jeyms Kemeronning filmlari tomoshabinlarni harakatli sahnalar va innovatsion vizual effektlar bilan o‘ziga rom etgan. Oddiy va takrorlanuvchi g‘oyalar bilan to‘lib-toshgan “O‘tda yonmas” franshizasi Makkleyn fe’l-atvori tufayli 25 yil davomida o‘zini saqlab qoldi. Makkleyn hech qachon qahramon bo‘lishga intilmagan, ammo doimo oddiy yaxshi yigit bo‘lib qolavergan.

    Fojia va komediya ustasi

    Bryus Uillis — tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli ekshn franshizalarining sanoqli aktyorlaridan biri bo‘lib, u so‘zi va ishi bilan nafaqat qurol ko‘targan sovuqqon erkaklar rolini, balki murakkab, serqirra qahramonlarni ham mahorat bilan ijro eta olishini isbotlagan. Bunday o‘zgarishning yorqin namunasi M. Nayt Shyamalanning “Oltinchi hissiyot” mistik trilleri bo‘ldi. Unda Uillis chindan ham g‘ayrioddiy bemor bilan to‘qnash kelgan bolalar ruhshunosi qiyofasiga kiradi. Shubhasiz, filmning asosiy yulduzi yosh Heyli Joel Osment edi, biroq Bryus ham uning soyasida qolib ketmadi — tushkun kayfiyatli doktor Malkolm Krouv Uillisning boshqa rollaridan keskin farq qilardi.

    “To‘qqiz yard”, “To‘lin oy qirolligi”, “O‘lim unga yarashadi” kabi filmlar aktyor uchun kamdan kam uchraydigan, komedik rollar bo‘lib qoldi.

    Bryus Uillisning so‘nggi yirik roli Edvard Nortonning “Yetim Bruklin” nomli rejissyorlik debyuti bo‘ldi. Bu filmda u qidiruv agentligi boshlig‘i Frank Minna rolini ijro etdi. Shunday qilib, u qisman bo‘lsa-da, o‘zining aktyorlik ildizlariga — mashhur “Oydin kecha detektiv agentligi” serialiga qaytdi.

    Demi Mur bilan hayoti

    1987-yilda aktyor Gollivuddagi ziyofatda Demi Mur bilan tanishadi. O‘sha paytda Demi hali taniqli bo‘lmagan, birinchi nikohidan ajrashgan aktrisa edi. Ular tezda til topishadi, tanishganlaridan to‘rt oy o‘tgach, turmush qurishadi.

    1988-yilda Demi homiladorligini e’lon qilganida Bryus baxtdan boshi osmonda edi. Ularning hayoti butunlay o‘zgaradi. Bryus namunali otaga aylanadi, kichkintoy Rumerni jon-dilidan sevardi.

    O‘sha paytda Bryus har xil janrlarda o‘zini sinab ko‘rdi, komediyalarda yarqiradi, musiqa bastaladi, o‘z filmlarini ishlab chiqardi, do‘stlari bilan biznes yo‘lga qo‘ydi va oilaviy hayotdan lazzat oldi. Bryus va Demining yana ikki qizi dunyoga keldi: 1991-yilda Skaut va 1994-yilda Talula.

    1998-yilda Uillis va Mur ajrashayotganlarini e’lon qilishdi. Bu juftlikning boshiga nimalar tushganini hech kim aniq bilmaydi. Xiyonat, yopiq eshiklar ortidagi janjal va mushtlashishlar, Bryusning xiyonati haqidagi mish-mishlar tarqaladi.

    Ajrashgandan so‘ng, Bryus model Emma Hemming bilan uchrasha boshladi. Emma esa unga so‘nggi o‘n yil davomida orzu qilgan xotirjamlikni tuhfa etdi. 57 va 59 yoshida Bryus yana otalik baxtiga erishdi. U Emma bilan Meybl va Evelin ismli qizlarni dunyoga keltirdi.

    2022-yilning mart oyida aktyor Bryus Uillisning oila aʼzolari uning ijodiy faoliyati yakuniga yetgani, Gollivud yulduzida afaziya — bosh miya qobig‘i shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan nutq buzilishi aniqlanganini maʼlum qilgan edi.

    Demensiya dahshatli neyrodegenerativ kasallik bo‘lib, hech kimni ayamaydi. Hozirda Bryus sobiq xotinini tanimasa ham, xayriyatki, hali ham xotini Emma va uning bolalarini taniydi. Aktyorning oila a’zolari — rafiqasi Emma Hemming, qizlari va hatto sobiq rafiqasi Demi Mur hamisha uning holidan xabar olib turadi.

    Maʼlumotlarga ko‘ra, aktyorning ahvoli kundan kunga yomonlashib bormoqda. Endi u o‘qiy olmaydi va umuman so‘zlasha olmaydi ham. Oilasi uni qo‘llab-quvvatlash uchun aktyor bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishga harakat qilmoqda. Vaqti-vaqti bilan ijtimoiy tarmoqlarda uning sog‘lig‘i haqida maʼlumotlar ham berib borishyapti.

    25 mart, 08:57   Izoh (0)   4676
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#aktyorlar#filmlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Katta ajdarho”: qanday qilib Bryus Li Amerika kinosanoatini o‘zgartirib yubordi?

    30.11.2024, 18:30

    Geymer bo‘lish shart emas: videoo‘yinlar asosida suratga olingan Gollivud filmlari

    16.12.2024, 19:25

    Aktyorlar rejissyor va prodyuserlar oldiga qo‘ygan kutilmagan noodatiy shartlar

    20.12.2024, 09:58

    Gollivudning afsonaviy yulduzlari o‘rnini bosishi kutilayotgan yosh aktyorlar (foto) 

    11 yanvar, 11:25

    Mashhurlik cho‘qqisiga yetganda kinoni tark etgan jahon yulduzlari 

    31 yanvar, 18:51

    O‘zbek dublyajining yangi istiqbollari

    6 fevral, 12:00

    Jeki Chan, Van Damm va boshqa jangari filmlar yulduzlarining qizlari qanday ko‘rinishda? (foto)

    13 fevral, 13:15

    Kianu Rivz Gollivuddagi eng mehribon va kamtar aktyor ekanini isbotlovchi holatlar

    15 fevral, 10:15

    “Tom va Jerri” 85 yoshda: bolaligimizni yodga soluvchi multfilm qanday yaratilgan?

    17 fevral, 09:36

    Bolalarning so‘nggi tilagini amalga oshirgan, uysizlarga yordam bergan va boshqa insoniylik fazilatlari bilan tanilgan Gollivud aktyorlari

    18 fevral, 15:02

    Atigi birgina roli bilan karyerasini saqlab qolgan Gollivud aktyorlari

    18 fevral, 12:37

    Gollivud aktyorlari va ularning dublyorlari (foto) 

    28 fevral, 19:10

    “O‘rgimchak odam” trilogiyasining aktyorlari 23 yildan so‘ng qanchalik o‘zgargan?

    1 mart, 12:55

    24 ta asosiy nominatsiya: “Oskar” kimga berilishini kim hal qiladi?

    3 mart, 15:35

    Mashhur rollaridan voz kechishga majbur bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    3 mart, 14:45

    2024-yilda eng ko‘p gonorar olgan Gollivud aktyorlari reytingi e’lon qilindi

    4 mart, 13:39

    Gollivudda suratga tushgan koreyalik aktyorlar

    4 mart, 17:35

    Jang san’atini o‘zlashtirgan jahonga mashhur aktrisalar (foto)

    10 mart, 13:50

    Gollivudning mashhur “tansoqchisi” Kevin Kostner hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    12 mart, 11:55

    Huquqshunos, avtopoygachi, hamshira: shou-biznesdan ketib, oddiy kasb egasiga aylangan Gollivud aktyorlari

    13 mart, 18:49

    Gollivud yulduzi Skarlett Yoxanson nima sababdan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligi haqida so‘zlab berdi

    13 mart, 16:10

    Taniqli Gollivud aktrisalari bolaligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? 

    15 mart, 09:55

    Jahon yulduzlariga ikki tomchi suvdek o‘xshashi bilan mashhurlikka erishgan insonlar (foto)

    17 mart, 10:15

    Filmda rol o‘ynashni xohlamagan, lekin majbur qilingan Gollivud aktyorlari

    18 mart, 09:46

    Gollivud yulduzi Ben Afflek o‘g‘liga 6 ming dollarlik krossovkani olib berishdan bosh tortdi

    18 mart, 21:50

    Jahon kinosi yulduzi Entoni Hopkinsning “Biz buni uddaladik, bolakay” nomli memuar asari nashr etildi

    19 mart, 11:25

    Diplom yo‘q, ammo “Oskar” bor: Aktyorlik bo‘yicha tahsil olmagan Gollivud yulduzlari

    19 mart, 17:32

    Betakror filmlarga beo‘xshov ijrosi bilan putur yetkazgan kinoyulduzlar

    23 mart, 10:25

    Irlandiyada ko‘p miqdorda suv ichgan erkak vafot etdi

    20 mart, 11:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Zelenskiy bilan telefonda suhbatlashdi

    Dunyo | 9 may, 17:10

    “Qizimni xavf ostiga qo‘yishni istamayman” — Toni Kroos nega Germaniyaga qaytishni istamaydi?

    Sport | 9 may, 17:00

    Olimlar insonning tashqi qiyofasi uning ismiga qarab o‘zgarishini isbotladi

    Dunyo | 9 may, 16:45

    Quyoshdan himoya qiluvchi SPF kremni to‘g‘ri tanlash va ishlatish haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 5 muhim fakt

    Layfstayl | 9 may, 16:30

    O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi

    O‘zbekiston | 9 may, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.