Mobiuz mobil aloqa operatori Andijon,Namangan, Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida 5G tarmog‘ini ishga tushirganini eʼlon qildi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34-yilligi arafasida viloyat aholisi va mehmonlari uchun alohida sovg‘adir. U kompaniyaning nafaqat zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga, balki O‘zbekistonning kelajagini shakllantirishga intilishini ifodalaydi. Bu kelajakda texnologiyalar taraqqiyotning asosiga aylanib, millionlab odamlarning biznesi, taʼlimi va muloqoti uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Raqamli ekotizim sari
Ochiq manbalardan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 4 milliondan ziyod, Andijon viloyatida 3,3 milliondan, Namangan viloyatida 3 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Bunday aholi zich joylashgan hududlarda 5G tizimining ishga tushirilishi juda katta ahamiyatga ega: bu har bir kishi yuqori tezlikdagi internet imkoniyatlaridan foydalana oladigan yangi raqamli ekotizimni yaratish yo‘lidagi qadamdir.
Loyiha joriy yilning mart oyida boshlandi va Mobiuz tarmoqlarini modernizatsiya qilishning asosiy bosqichlaridan biriga aylandi. Olti oy ichida mutaxassislar jamoasi nafaqat ilg‘or uskunalarni o‘rnatdi, balki ularni foydalanuvchilarning haqiqiy ehtiyojlariga moslashtirdi ham. Bugun Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon aholisi yangi avlod - barqaror, tez va ishonchli aloqasidan foydalanmoqda.
5G imkoniyatlari
5G yangi imkoniyatlar ochmoqda: u katta yuklamalarda ham yuqori tezlikdagi internet, onlayn o‘yinlar va video qo‘ng‘iroqlarda minimal kechikishlarni taʼminlaydi, sifatli onlayn anjumanlar, raqamli biznes va onlayn taʼlimni rivojlantirish imkonini beradi. Yangi avlod tarmog‘ining afzalliklaridan foydalanish uchun quyidagilar zarur:
- 5G ni qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonga ega bo‘lish;
- qurilma sozlamalarida 5G rejimini yoqish;
- Mobiuz mobil ilovasida 5G aloqasini faollashtirish (https://s.mobi.uz/asii) yoki *223*1# kombinatsiyasini terish.
“Texnologiyalar insonlarga xizmat qiladi”
Mobiuz bosh direktorining texnika va IT bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Abdurahmonov taʼkidlaydi:
“Kompaniyamiz tashabbuslari zamirida sifatli aloqa yangi g‘oyalarni tug‘diradi va odamlarni birlashtiradi, degan ishonch yotadi. Farg‘ona vodiysida 5G ning ishga tushirilishi shunchaki yangi tezlik darajasi emas, balki millionlab aholi o‘z salohiyatini namoyon eta oladigan kelajak sari qo‘yilgan qadamdir. Biz uchun texnologiyalar odamlarga xizmat qilishi, ularning rivojlanishiga ko‘maklashishi va yangi yutuqlarga ilhomlantirishi muhimdir.”
Mobiuz beshinchi avlod tarmog‘i qamrovini (https://company.mobi.uz/ru/zones/) kengaytirishda davom etadi. Kompaniya odamlarni birlashtirish, har bir insonning imkoniyatlarini kuchaytirish va raqamli O‘zbekiston kelajagiga hissa qo‘shishni strategik vazifa deb biladi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)