• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Tashkil topganidan buyon Falastin yerlari o‘ziga tegishli ekanini da’vo qilib kelayotgan yahudiylar davlati o‘tgan davr mobaynida ko‘plab falastinliklarni qirib yubordi va bu xalqaro tashkilotlar tomonidan genotsid deb baholanmoqda. Biroq Isroil hech narsaga parvo qilmayapti va falastinliklarni qirishda davom etmoqda. Bularning hammasi yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch g‘oyalari ostida sodir etilmoqda.

    Isroilning Falastinga nisbatan tutayotgan bosqinchilik urushi, G‘azodagi xunrezliklari davom etmoqda. Bosqinchi davlat yosh bolalar va ayollarni ham ayamayapti.

    Hatto ochlikdan va chanqoqdan sillasi qurib, oziq-ovqat yoki ichimlik suvi kelishini sabr bilan kutib turgan g‘azoliklarni ham o‘ldirishda davom etmoqda. Arab, musulmon dunyosi va jahon hamjamiyati yahudiy davlatining bu mislsiz xunrezliklariga tomoshabin bo‘lib turibdi xolos.

    Falastin tarixi

    Bugun Isroil va Falastin davlatlari tashkil etilgan hududlar bir paytlar Palastin deb atalgan. Greklar uni Palaystine, oromiylar Peleset, ibroniylar Filistiya, rimliklar esa Palestina deb atagan. Arab alifbosida “P” tovushi bo‘lmagani uchun arablar bu yerni Falastin deb nomlashgan.

    Falastin geografik jihatdan juda qulay yerda — O‘rta Yer dengiziga tutash hududda joylashgan. Bu yer tarix davomida o‘nlab marta qo‘ldan qo‘lga o‘tgan.

    Dastlab finikiyaliklar, keyin yahudiylar uchun makon bo‘lgan bu joy qadimgi Misr, Vavilon, grek kolonistlari, Aleksandr Makedonskiy, Rim va Eron imperiyalari tomonidan bosib olingan. Orada ma’lum vaqt yahudiylarning o‘z podsholigi ham hukm surgan.

    7-asrga kelib Falastin yerlari musulmon arablar tomonidan egallanadi. 10-asrda Falastinga yevropalik salibchilar bostirib kelishadi va Quddusni egallashadi. 1187-yilda buyuk musulmon qo‘mondoni Salohiddin Ayyubiy Quddus va Falastinni salibchilardan qaytarib oladi.

    Keyinroq Falastin Usmoniylar saltanati tarkibiga kiradi va shundan so‘ng 20-asr boshlarigacha u yerni turklar boshqaradi.

    Falastin musulmonlar qo‘liga o‘tgach u yerda yashovchi yahudiylar dunyo bo‘ylab tarqab ketishadi va u yerda asosan arablar yashab qoladi. Umumiy hisobda Falastin qariyb 1 300 yil musulmonlar qo‘l ostida bo‘lgan va uning aholisini asosan arablar tashkil etgan. Shuningdek, juda oz sonli yahudiylar ham bo‘lgan.

    Birinchi jahon urushidan so‘ng dunyodagi to‘rtta yirik imperiya — Rossiya, Germaniya, Avstriya-Vengriya va Usmonli saltanati parchalanib ketadi.

    Urushdan so‘ng yevropaliklar Turkiyaga hujum boshlaydi. O‘shanda Mustafo Kamol Otaturk boshchiligida turklar o‘z mustaqilligini saqlab qoladi, biroq juda katta hududlaridan, shu jumladan Falastindan ham ayriladi. O‘shanda Falastin Britaniya mandati ostiga tushib qoladi.

    Tarix guvoh, Falastin musulmonlar tomonidan egallangandan so‘ng u yerda yashayotgan nasroniy arablar va oz sonli yahudiylar ham emin-erkin yashashda davom etishadi. Ularning cherkov va sinagoga kabi ibodatxonalari faoliyat olib boradi. Hech kim ularga daxl qilmaydi.

    Sionizmning paydo bo‘lishi va “Tarixiy vatan”

    Sionizm – bu yahudiylarning “tarixiy vatani” Falastinga qaytib, u yerda o‘z davlatini tashkil etishni maqsad qilgan harakat nomi.

    Sionizm asoschisi Avstriya-Vengriyada yashagan yahudiy Teodor Gersl hisoblanadi. U 1897-yilda Shveysariyaning Bazel shahrida birinchi sionistlar kongressini o‘tkazadi va shu yerda yahudiylar davlati tuzish haqidagi qarashlarini bayon etadi.

    Biroq o‘sha paytlarda Gersl yahudiylar davlatini tuzmoqchi bo‘lgan yer — Falastin turklar hukmronligi ostida edi. Turklar Falastinni asrlar davomida boshqarar ekan, bu yerda kam sonli yahudiylar yashab qolgan, boshqalari asrlar davomida Yevropa va Amerika bo‘ylab tarqab ketgan edi.

    Gersl ana shu dunyo bo‘ylab tarqab ketgan yahudiylarga “Tarixiy vatan”ga qaytish va u yerda yahudiy davlatini tuzishni taklif qilayotgandi. Biroq o‘sha paytda hech kim ijobiy javob bermaydi. Chunki, Yevropada yaxshi sharoitda yashab kelayotgan yahudiylar Yaqin Sharqqa qaytib, arablar bilan yer talashib yurmoqchi emasdi.

    Birinchi jahon urushidan so‘ng turklar Falastinni boy beradi va u Britaniya mandati ostiga o‘tadi. Shunda ham Gerslning chaqiriqlari e’tiborsiz qolib ketaveradi.

    Biroq 1933-yilda Germaniya tepasiga Adolf Gitler kelgach vaziyat o‘zgaradi. U o‘z chiqishlarida maqsadi Yer yuzini yahudiy millatidan tozalash ekanini ayta boshlaydi. Ana shu paytda Germaniyada yashovchi yahudiylar “tarixiy vatan” haqida eslab qoladi va ayrimlar Yaqin Sharqqa ko‘chib kela boshlaydi.

    To‘g‘ri, Gitlerning yahudiylarga qarshi bayonotlaridan avval ham, 1881—1929-yillar oralig‘ida turli sabablar bilan oz sonli yahudiylar Falastinga qaytgandi. Biroq aynan Gitler hokimiyat tepasiga kelgach yahudiylarning Germaniyadan chiqib ketish holatlari ko‘payadi.

    O‘shanda nemis diyoridan chiqib ketayotgan yahudiylarning hammasi ham Falastinga bormaydi. Ularning asosiy qismi Amerikaga ketadi yoki Yevropaning boshqa davlatlariga ko‘chib o‘tadi. Faqat oz sonli qismi Falastinga keladi.

    Buning sababi, o‘sha paytlarda garchi Falastin Britaniya mandati ostida bo‘lsa ham o‘lkaning asosiy aholisi va qo‘shni hududlarda yashovchilar musulmon arablar edi. Qolaversa, Yaqin Sharqning asosiy qismi cho‘llardan iborat, suv topish muammo sanalardi. Shu uchun Germaniyadan qochgan yahudiylarning faqat bir qismi Falastinga kelib joylashadi.

    Ikkinchi jahon urushi boshlangach nemislar o‘zlari egallagan davlatlarda yashovchi yahudiylarni ham qirg‘in qila boshlaydi. Shu sababli Yevropadan qochayotgan yahudiylar soni ko‘payadi. Yuqorida aytilganday ularning bir qismi “tarixiy vatan”iga, qolganlari Amerikaga ketadi.

    Uzoq vaqt davomida passiv bo‘lib kelgan sionizm g‘oyasi Gitlerning qirg‘ini boshlangach kuchayib boradi va Yaqin Sharqda yahudiy davlatini tuzish tarafdorlari ko‘payadi.

    Isroil davlatining tashkil etilishi va arablar bilan urushlar

    Yahudiylar Falastinga Ikkinchi jahon urushidan keyin ham ko‘chib kelishda davom etadi. Shundan so‘ng 1947-yilda BMT hududda arablar va yahudiylarning davlatini tuzishga qaror qiladi.

    O‘shanda BMTga Falastinda aholisi yahudiylar va arablardan iborat bo‘lgan, hokimiyat teng taqsimlangan bitta davlat tuzish taklifi ham beriladi. Biroq tashkilot yagona davlat tuzilsa yahudiylar va arablar o‘rtasida qirg‘inbarot boshlanib ketadi degan xulosaga keladi va taklifni rad etadi.

    O‘shanda yahudiylar BMTning rejasiga rozi bo‘ladi. Arablar esa Falastinning bo‘linishiga qarshi chiqadi. Oxir-oqibat 1947-yil 29-noyabrda BMTda Falastinni ikkiga bo‘lish haqidagi rezolyutsiya qabul qilinadi.

    Shundan so‘ng aholining joylashuviga qarab yahudiylarga 14,1 ming kilometr kvadrat, arablarga esa 11,1 ming kilometr kvadrat hududni berish va Falastin o‘rnida ikkita davlat tuzish haqida qaror qabul qilinadi.

    BMT rezolyutsiyasi qabul qilingandan salkam olti oy o‘tib, 1948-yil 14-may kuni yahudiylar rahnamosi David Ben-Gurion tomonidan Isroil davlati tuzilgani e’lon qilinadi.

    Falastinda yahudiy davlati tuzilishiga rozi bo‘lmagan Misr, Suriya, Transiordaniya (Iordaniyaning o‘sha paytdagi nomi), Livan va Iroq kabi arab davlatlari Isroilga urush ochadi.

    Ular Falastin arablarniki bo‘lishi shart, yahudiylar istagan yerlariga ketishlari mumkin degan talab qo‘yishadi. Shu bilan birga Falastinga chegaradosh bo‘lgan yuqoridagi davlatlar Falastin yerlari o‘zlariga tegishli ekanini ham da’vo qiladi.

    O‘sha paytda G‘arb davlatlari Isroilni qo‘llab chiqadi va qisqa muddatda yahudiy davlatini tish-tirnog‘igacha qurollantiradi. Buning natijasida Isroil barcha hujumlarni qaytaradi va 1949-yil iyulga kelib o‘z hududiga bostirib kirgan arab qo‘shinlarini yengadi. O‘shanda urushda g‘olib chiqqan Isroil BMT tomonidan Falastinga ajratilgan hududdan 1 300 kvadrat kilometr joyni bosib oladi.

    Falastinning qolgan hududini Misr (G‘azo sektorini) va Iordaniya (Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i va Sharqiy Quddusni) o‘z nazoratiga oladi.

    1947—1949-yillarda bo‘lib o‘tgan bu urushni Isroil mustaqillik uchun bo‘lib o‘tgan urush deb ataydi. Arablar uni Naqba — Falokat deb atashadi. Aynan mana shu urushdan so‘ng Falastin xalqining fojiasi boshlanadi.

    Aksariyat tarixchilar 1947-yilda arab davlatlarining Isroilga bostirib kirishi xato bo‘lgan deydi. Ularga ko‘ra, o‘shanda arab davlatlari Isroilga bostirib kirmasdan Falastin davlatining shakllanishida, BMT belgilab bergan chegaralarini o‘rnatishda va boshqa ishlarda yordam berganda holat o‘zgacharoq kechishi mumkin edi.

    Shoshma shosharlik bilan Isroilga hujum qilinishi va mag‘lubiyatdan keyin ham qo‘shni arab davlatlarining Falastinga yordam berish o‘rniga uning hududini o‘z nazoratiga olishi masalani chigallashtirib yuboradi.

    Isroilning imperialistik g‘oyalari va “Buyuk yahudiy davlati” haqidagi da’volar

    Falastinda yahudiy davlati tuzilar ekan, tez orada Isroil AQSHning yordami bilan arablarga qarshi janglarda g‘olib chiqadi. Oradan qariyb 20 yil o‘tgach 1967-yilda yana Arab—Isroil urushi bo‘lib o‘tadi va bunda ham arablar mag‘lub bo‘ladi.

    Shundan so‘ng Isroil BMT tomonidan Falastinga berilgan yerlarni bosib ola boshlaydi. Bu jarayon hanuzgacha davom etib kelmoqda. Isroil hamon arablarga tegishli yerlarni tortib olib, o‘sha joylarda yahudiylar uchun turar-joylar qurmoqda.

    Yahudiylar davlati arablarga tegishli yerlarni tortib olar ekan, shu asnoda Isroilning yana bir imperialistik g‘oyasi ommaga oshkor bo‘ldi.

    Yahudiylar “Buyuk Isroil” deb ataydigan g‘oyada Isroil Yaqin Sharqdagi juda katta hududga da’vogar ekani aytiladi. Ya’ni yahudiylar kelajakda Falastinni to‘liq egallagach atrofdagi boshqa davlatlarga tegishli yerlarni ham tortib olishni maqsad qilgan.

    Bundan ancha yillar avval Isroil o‘zining 10 agor (Isroil pul birligi — bizning tiyinga to‘g‘ri keladi) qiymatidagi tangasiga xarita suratini tushiradi.

    Agar xaritaga yaxshilab qaralsa unda Falastin va Isroilga tegishli hududlardan tashqari Misrning sharqiy qismi (Sinay yarim oroli bilan birga), shuningdek Saudiya shimoli, Turkiya janubi, Iordaniya, Suriya va Livan to‘lig‘icha qo‘shib yuborilganini ko‘rish mumkin.

    Keyinchalik Isroil hukumati va aksariyat siyosatchilari “Buyuk Isroil” haqida baralla gapirishga o‘tishdi. Avvaliga tangaga tushirilgan xarita Isroil amaldorlarining kabinetlarida paydo bo‘ldi.

    Bundan nima xulosa chiqariladi? Demak, yahudiylar davlati hatto Falastinni to‘liq egallagandan keyin ham (aslida Falastinni to‘liq egallay olmaydi, bu yerda shunchaki misol tariqasida keltirildi) tinch yashamoqchi emas va “katta og‘asi” AQSH yordamida o‘zining bosqinchilik siyosatini davom ettiraveradi.

    “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi safsata va da’volar

    Isroil davlati tuzilib, birinchi urushda g‘alaba qozonilgach, yahudiylar Yaqin Sharqqa ko‘chib kelishda davom etishdi. Ularning aksariyati o‘z xatti-harakatini “Tarixiy vatanga qaytish” derdi. Bu jarayon hanuzgacha davom etmoqda.

    Yahudiylar Yaqin Sharqqa ko‘chib kelishda davom etar ekan, keyinchalik Isroil davlati Falastin uchun berilgan hududlarni arablardan tortib olib, u yerlarda yahudiylar uchun tura-joy qurish ishlarini boshlab yuboradi.

    Xo‘sh, asrlar davomida turli yurtlarda yashagan yahudiylarning “tarixiy vatan” atamasini qo‘llashga va “Bir paytlar bizning yerimiz bo‘lgan” deb Falastin yerlariga da’vo qilishga, Isroilning arablarga tegishli yerlarni tortib olib, u yerlarda turar-joy qurishga haqqi bormi? Mutlaqo yo‘q.

    Isroilning Falastin yerlarini egallashi BMT rezolyutsiyalariga ziddir. Biroq so‘nggi paytlarda bu xalqaro tashkilotning mutlaqo obro‘si qolmadi va turli davlatlar bilgan ishini qilyapti. Shu jihatdan olganda BMT Falastinning xalqaro huquqlarini ta’minlab bera olmasligi kunday ravshan.

    Masalaning boshqa jihatlari ham bor. Jumladan, so‘nggi 2 000 yil mobaynida dunyodagi turli millatlar bir joydan boshqa joyga ko‘chib o‘tdi. Masalan, turklar va ozarbayjonlar XI asrda Markaziy Osiyodan Kichik Osiyoga ko‘chib ketdi.

    Shuningdek, Oltoy o‘lkasi va Sibirdan ayrim xalqlar Yevropaga va Markaziy Osiyoga keldi. Yevropaliklar Amerika qit’asi va Avstraliyaga borib joylashdi.

    Endi tasavvur qilib ko‘ring, agar greklar chiqib “Kichik Osiyo bizning tarixiy vatanimiz. Biz o‘sha yoqqa ko‘chib o‘tishimiz va turklardan o‘z yerlarimizni qaytarib olishimiz kerak” desa nima bo‘ladi?

    Yoki turklar Markaziy Osiyoni, vengrlar Qozog‘iston hududini da’vo qilsa, bu ish to‘g‘ri bo‘ladimi? Yo‘q. Bu da’volarni qilgan odamlar ustidan hamma kuladi va hayron qoladi.

    Endi yahudiylarga kelsak, ular aynan shu da’voni qilishmoqda. Shu jihatdan ota-bobolari ming yillar davomida dunyoning turli burchaklarida yashab kelgan yahudiylarning bugun “Falastin tarixiy yerimiz” deyishi va yer da’vo qilishi hech bir o‘lchovga to‘g‘ri kelmaydi.

    Yana bir mulohaza, yahudiylar xohlasa “tarixiy vatani”ga ko‘chib kelib yashayversin, bu ularning o‘zini ishi. Ammo bu ish Falastinda ming yillardan oshiq vaqt davomida yashab kelayotgan arablarni uylarini buzish, ularni qirg‘in qilish hisobidan bo‘lmasligi kerak.

    Endi “Buyuk Isroil” rejasiga kelsak, mantiqan olganda “Tarixiy vatan” haqidagi g‘oya puch bo‘lganidan so‘ng yahudiy davlatining qo‘shni davlatlarga yer da’vo qilishi ikki karra safsata hisoblanadi.

    Kelajakda nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Biroq bugun Isroilning G‘azo sektorida qilayotgan xunrezliklari uchun ayrimlarni hisobga olmaganda yahudiylarni butun dunyo yomon ko‘rmoqda. Bu davlatdan, yahudiylardan nafratlanmoqda.

    Bu ketishda G‘azoda qilinayotgan xunrezliklar kelajakda Isroil uchun qimmatga tushishi aniq. Zero tarix bunga guvoh, hammaning nafratiga yo‘liqqan holda gullab, yashnab, buyuk bo‘lishning mutlaqo iloji yo‘q.

    G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi.

    23 avgust, 13:22   Izoh (0)   2396
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Isroil#Falastin#"Buyuk Isroil"

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.