• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Taniqli Gollivud aktrisalari bolaligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan?

    Ushbu Gollivud yulduzlarini hozir millionlab muxlislar taniydi. Ammo ularning bolalik suratlarini ko‘rib tanigan bo‘larmidingiz?

    Margo Robbi

    Margo Robbi qisqa vaqt ichida Gollivudda sezilarli darajada katta karyera qurdi. 2010-yillar boshida u hali Avstraliyada edi, ammo uch yil o‘tib dunyoga mashhur aktrisa bo‘lib ulgurdi. O‘shandan buyon Margo “Uoll Strit bo‘risi”, “Fokus”, “Barbi” va “Bir paytlar Gollivudda” kabi filmlarda rol ijro etdi. Kventin Tarantinoning filmida u Sheron Teyt rolini o‘ynadi. Margoning bu rolga tanlangani Sheronning tug‘ishgan singlisi tomonidan ma’qullandi. Singlisi ularning tashqi o‘xshashligidan hayratga tushib, hatto suratga olish paytida aktrisaga Sheronning haqiqiy taqinchoqlarini berib turdi.

    Anna Kendrik

    Anna Kendrik keng tomoshabinlarga “Ovoz” filmi va uning ikkita davomi, shuningdek, “Oddiy iltimos” va “To‘lov” filmlari orqali tanilgan. Uning filmografiyasida “Sumerki”da ham muhim o‘rin egallaydi, biroq bu filmlar eng yuqori o‘rinda bo‘lishi ham mumkin edi. Aslida, ikkinchi filmning dastlabki ssenariysida Anna qahramonining ko‘proq sahnalari bo‘lgan, ammo ularning deyarli barchasi qirqib tashlangach, u qariyb epizodik personajga aylanib qolgan.

    Penelopa Krus

    1992-yilda Penelopa Krus “Vetchina, vetchina” filmi bilan katta kinodagi debyutini amalga oshirdi. Bu filmda Havyer Bardem ham rol o‘ynagandi. Penelopa va Havyer bir-birini yoqtirib qoldi, ammo Krus suratga olish paytida atigi 17 yoshda, Bardem esa 22 yoshda bo‘lgani uchun ular turli yo‘llardan ketishdi. 16 yil o‘tgach, ular “Viki Kristina Barselona” filmini suratga olish paytida yana uchrashishdi va deyarli darhol munosabat o‘rnatishdi. Bu munosabat 2010-yilda mustahkam nikohga aylandi.

    Meril Strip

    Meril Strip — Gollivudda ayollar murakkab va turli xil rollarni ijro etishi mumkinligini o‘z namunasi bilan ko‘plab yosh aktrisalarga ilhom bergan aktrisa. Biroq bu Meril uchun oson kechmagan. U “Medison okrugi ko‘priklari”, “Kramer Kramerga qarshi”, “Afrikadan” va “Sofining tanlovi” kabi filmlari bilan mashhur bo‘lgan bo‘lsa-da, karyerasining boshida rol olish uning uchun haqiqiy sinovga aylangandi.

    Strip o‘z faoliyatining boshida 1976-yilgi “King Kong” filmida Dueyn rolini ijro etish uchun prodyuser Dino De Laurentis bilan uchrashgan. Ammo Dino Stripning tashqi ko‘rinishi haqida juda salbiy fikr bildirgan va u ketib qolgan. Uch yildan so‘ng u “Kramer Kramerga qarshi” filmida Dastin Hoffman bilan hamkorlik qilgan. Hoffman ataylab Merilni g‘azablantirgan va uni chinakamiga yig‘lashga majbur qilishga uringan: u buni asosan Merilga yaqinda “Kiyik ovchisi” filmida birga suratga tushgan yaqin insonini — Jon Kazaleni yo‘qotganini eslatish orqali amalga oshirgan.

    Anjelina Joli

    Anjelina Jolining faoliyatini ikki davrga bo‘lish mumkin: Bred Pitt bilan uchrashuvgacha va undan keyingi. Pitt bilan tanishishidan avval Joli “Lara Kroft: sag‘ana o‘g‘risi”, “Vasvasaga solish”, “Jia”, “Qo‘rquv hukmronligi” va “Oltmish soniyada o‘g‘irlash” kabi filmlarda suratga tushgan. Qisqasi, Anjelina eng mashhur aktrisalardan biri bo‘lib, uning rollari doimo muxlislarni hayratga solardi.

    Bred bilan tanishgach, Joli e’tiborini oilasiga qaratdi va filmlarda kamroq rol o‘ynay boshladi, ayniqsa, ularning munosabatlari yomonlashganidan so‘ng. 2015-yilda Joli va Pitt hatto o‘zaro munosabatlarini aks ettiruvchi “Moviy qirg‘oq” filmida birgalikda suratga tushishdi, biroq film kassa daromadlarida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va tanqidchilar tomonidan keskin tanqid qilindi.

    Kira Naytli

    Kira Naytlini ko‘pincha “Yulduzlar jangi” filmining birinchi qismida hamkor bo‘lgan Natali Portman bilan taqqoslashsa-da, uning kinodagi faoliyati boshqa yo‘nalishda rivoj topdi. Natali asosan jangari filmlarga bog‘lanib qolgan bo‘lsa, Naytli o‘zini drama, fantastika va tarixiy janrlarda sinab ko‘rdi.

    Kira “Karib dengizi qaroqchilari”, “Tavba”, “Andisha va g‘urur”, “Haqiqiy sevgi” va “Taqlid o‘yini” kabi filmlarda muvaffaqiyat qozondi. 2020-yildan boshlab Naytli “Sokin tun” filmida bosh rolni ijro etdi va 2011-yildan beri qilmagan ishini amalga oshirdi — serialda suratga tushdi. 2011-yilda Naytli “Neverlend”da rol o‘ynagandi, 2024-yilda esa “Qora kabutarlar” nomli triller serialiga qo‘shildi.

    Reychel Makadams 

    2004—2005-yillar yosh aktrisa Reychel Makadams uchun haqiqiy yutuqli davrga aylandi. U “Xotira daftari”, “Yaramas qizlar”, “Chaqirilmagan mehmonlar” va “Tungi parvoz” kabi filmlarda rol ijro etdi. Ayniqsa, “Xotira daftari” uning dramatik qobiliyatini namoyon qilib, karyerasini yanada yuqori bosqichga ko‘tardi. Qiziq tomoni shundaki, u bosh rolini deyarli boy berishi ham mumkin edi. Rayan Gosling darhol Reychelga nisbatan sovuq munosabatda bo‘ldi va bir muddat o‘tgach, rejissyordan uni ishdan bo‘shatishni qat’iy talab qildi.

    Hatto agar bu amalga oshmasa, o‘zi ketishini aytib tahdid qildi. Biroq rejissyor vaziyatni yumshatishga, bosh rol ijrochilari o‘rtasida munosabatlarni yaxshilashga va ishni yakunlashga erishdi. Muxlislarning taxminicha, Goslingning Reychelni yoqtirmasligi Peris Hilton bilan bog‘liq edi. Peris ham rol uchun kastingda qatnashgan, ammo Reychelga yutqazgan edi. Rayan esa o‘smirlik paytida “Mikki Maus klubi”da Peris bilan birgalikda suratga tushganda unga oshiq bo‘lgan, ammo o‘sha paytda uning sevgisi javobsiz qolgandi.

    Skarlett Yoxansson

    Skarlett Yoxansson hisobida “Tarjima mashaqqati”, “Va’da berish uylanish degani emas”, “Match Poynt”, “Lyusi”, “Quyon Jojo”, “Orol” va boshqa ko‘plab turli asarlar mavjud. Ammo ko‘pchilik uni “Qasoskorlar” va Marvelning boshqa filmlaridagi Natasha Romanoff roli orqali eslaydi. Yoxanssonning so‘nggi ijrosi “Qora beva” filmi bo‘ldi. Bu filmdan keyin Skarlett Marvel kino olamini ijobiy ohangda tark etishi kerak edi, biroq hammasi sud jarayoniga aylanib ketdi.

    Ma’lum bo‘lishicha, studiya kinoteatrlarga eksklyuziv namoyish huquqini bermagan, natijada Yoxanssonning filmdan oladigan daromadi sezilarli darajada kamaygan. Shundan so‘ng u sudga murojaat qildi va uni boshqa aktrisalar qo‘llab-quvvatladi. Biroq Skarlett ishni oxirigacha olib bormaslikka qaror qildi — studiya unga rad eta olmaydigan taklif bilan chiqqach, ish yopildi.

    Megan Foks

    Megan Foksning “Transformerlar” filmida ishtirok etganiga qaramay, uni “Jenniferning tanasi” filmi orqali ham tanishadi. 2009-yilgi dahshatli komediya filmi tomoshabinlar tomonidan sovuqqonlik bilan qabul qilinib, kinoprokat daromadi 30 million dollardan sal oshgan bo‘lsa-da, u Megan Foksning taniqliligiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

    Aynan o‘shanda u go‘zallik ramziga aylandi va butun dunyo hamda barcha davrlarning eng go‘zal aktrisalari ro‘yxatiga kiritila boshlandi. Biroq Megan faqat jozibadorligi tufayli uzoqqa bormadi. “Transformerlar” filmidagi rolini yo‘qotgach, garchi muntazam ravishda, ba’zan juda qiziqarli urinishlar qilgan bo‘lsa-da, u kino sohasida o‘z o‘rnini topa olmadi.

    Nikol Kidman

    1990-yilda Nikol Kidman “Momaqaldiroq kunlari” filmida rol ijro etdi. Bu film keyingi bir necha yil ichida uning aktyorlik karyerasining cho‘qqisiga chiqishiga katta yordam berdi. Suratga olish jarayonida u Tom Kruz bilan tanishdi. Tom Kruz Nikolning Gollivud yulduzi va 90-2000-yillarning eng talabgor aktrisalaridan biriga aylanishida muhim rol o‘ynadi. Garchi u ikkinchi darajali rolni ijro etgan bo‘lsa-da, keyinchalik “Sovuq tog‘”, “Mulen Ruj!”, “Boshqalar”, “Amaliy sehr” kabi filmlarda bosh rollarni qo‘lga kiritdi.

    Enn Heteuey

    Enn Heteuey o‘smirlik davrini ortda qoldirgach, “Malikaning kundaligi” nomli komedik-romantik film bilan o‘zini namoyon etdi. Besh yildan so‘ng, Enn butun hayotini o‘zgartirgan “Qattiqqo‘l xonim” filmida rol ijro etdi, ammo u shu bilan cheklanib qolmadi. 2010-yillarda uning faoliyatida yangi davr boshlandi: u “Interstellar”, “Xo‘rlanganlar”, “Qora ritsar: afsonaning qayta tug‘ilishi” va “Shogird” kabi filmlarda rol o‘ynadi.

    Kameron Dias

    Uzoq vaqt davomida Kameron Dias eng talabgir aktrisalardan biri edi. Bu borada unga “Niqob”, “Charli farishtalari”, “Ta’tillar amashganda” “Juda yomon o‘qituvchi”, “Do‘stimning to‘yi”, “Bir kuni Vegasda” va boshqa ko‘plab filmlar yordam berdi. 2014-yilda esa Kemeron kinoni tark etdi. Hammasi a’lo darajada bo‘lsa-da, u vaqtini oilasiga bag‘ishlashga qaror qildi va o‘n yil davomida tanaffus qildi. Oxir-oqibat Dias qaytib keldi va bir vaqtning o‘zida ikkita filmda rol o‘ynadi.

    Keyt Uinslet

    Ba’zi aktrisalar yirik filmlarda suratga tushgandan keyin paydo bo‘ladigan imkoniyatlardan muvaffaqiyatsiz foydalanadi. Biroq Keyt Uinslet ular qatoriga kirmaydi. U “Titanik” filmi orqali butun dunyoga mashhur bo‘ldi va keyinchalik “Beg‘ubor aqlning abadiy nuri”, “Ta’tillar almashganda”, “O‘quvchi” va “O‘zgarishlar yo‘li” filmlarida rol o‘ynadi. Keyt hech qachon ishlashdan to‘xtamagan va ba’zida hatto seriallarga ham kirishgan, ulardan biri — “Isttaunlik Meyr” kultga aylangan. Uch yil o‘tgach, u “Rejim” mini-serialida rol o‘ynadi.

    15 mart, 09:55   Izoh (0)   6197
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#Keyt Uinslet#Margo Robbi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Keyt Uinsletning muvaffaqiyat tarixi: Doim to‘laligidan uyalgan qiz qanday qilib Gollivud yulduziga aylandi? (foto)

    08.10.2024, 09:50

    Olamshumul mashhurlikdan so‘ng g‘oyib bo‘lib, ulg‘aygandan keyingina ekranlarga qaytgan aktyor bolalar

    28 fevral, 14:56

    Gollivud aktyorlari va ularning dublyorlari (foto) 

    28 fevral, 19:10

    “O‘rgimchak odam” trilogiyasining aktyorlari 23 yildan so‘ng qanchalik o‘zgargan?

    1 mart, 12:55

    24 ta asosiy nominatsiya: “Oskar” kimga berilishini kim hal qiladi?

    3 mart, 15:35

    Mashhur rollaridan voz kechishga majbur bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    3 mart, 14:45

    2024-yilda eng ko‘p gonorar olgan Gollivud aktyorlari reytingi e’lon qilindi

    4 mart, 13:39

    Gollivudda suratga tushgan koreyalik aktyorlar

    4 mart, 17:35

    O‘z ismi bilan emas, taxallusi bilan mashhurlikka erishgan jahon yulduzlari

    5 mart, 20:30

    Edrian Broudining nutqi “Oskar” tarixidagi eng uzoq davom etgan nutq bo‘ldi

    6 mart, 10:39

    Instagram: Egizak nevarali bo‘ladigan Valijon Shamshiyev, yangi avtomobil xarid qilgan Feruza Normatova, imidjini o‘zgartirgan Alfiya kampir

    6 mart, 09:46

    Jang san’atini o‘zlashtirgan jahonga mashhur aktrisalar (foto)

    10 mart, 13:50

    Gollivudning mashhur “tansoqchisi” Kevin Kostner hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    12 mart, 11:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida

     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Eron yadroviy kelishuv imkoniyatidan foydalanmadi” — Tramp

    Dunyo | 13 iyun, 17:50

    Turk aktrisasi Fahriya Evjen yangi serial bilan ekranlarga qaytmoqda

    Layfstayl | 13 iyun, 17:36

    BYD Tesla’dan o‘zish uchun o‘zining eng arzon modelini taqdim etdi

    Dunyo | 13 iyun, 17:25

    “Viloyatdan kelgan taksichilar Toshkentda kirakashlik qila oladi” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 13 iyun, 17:09

    “Tuxum barak” geografik ko‘rsatkich sifatida patentlandi

    O‘zbekiston | 13 iyun, 16:51

    O‘zbekistonda kelasi hafta 44 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 13 iyun, 16:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.