O‘zbekistonda bir necha kompaniyalar o‘zining ishlab chiqarish salohiyati, eksport imkoniyatlari bilan yil sayin dunyoda o‘z nomi bilan dovrug‘ qozonib bormoqda. Bugun xalqaro bozorda “Made in Uzbekistan” degan yorliq yangilik bolmay qoldi.
Nufuzli kompaniyalarimiz allaqachon o‘z nomi, mahsulotlari bilan tanilib ulgurgan. Imzo Glass shunday kompaniyalar safiga kiradi. Yaqinda kompaniya Litva davlati orqali London shahriga 600 m2 ga yaqin toblangan oyna mahsulotlari eksport qildi. Kompaniya so‘nggi yillarda eksport salohiyatini yanada kengaytirib bormoqda.
Imzo Glass – Imzo fabrikasi tarkibidagi oynani qayta ishlash zavodi hisoblanadi. Kompaniya 20 160 m2 maydonda oyna kesish, oynani charxlash, toblash, qo‘sh oyna yig‘ish, oynaga keramik siyoh bilan ishlov berish, tripleks oyna yig‘ish ishlarini olib bormoqda.
Nima uchun aynan Imzo Glassni tanlashadi?
Xorijiy kompaniyalar hamda yirik qurilish loyihalari nima uchun aynan Imzo Glass kompaniyasi mahsulotlarini tanlashmoqda? Bugungi kunda mamlakatimizda bu sohada yetarlicha raqobat mavjud.
Ko‘plab ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari bilan yurtimiz bozorlarini egallashmoqda. Ammo ular orasida Imzo Glass o‘zining innovatsion yechimlari, doimo yangilikka intilishi hamda yuqori sifatli oyna mahsulotlarini qayta ishlovchi texnologiyalari bilan alohida ajralib turadi.
Imzo Glass’ning “Oyna kesish bo‘limi”da Lisec, Intermac “Oyna charxlash bo‘limi” Battero, Intermac, Lifeng, Neptun “Oynaga qo‘shimcha ishlov berish bo‘limi”da Vertmax, Master One “Toblash bo‘limi”da North glass “Qo‘sh oyna yig‘ish bo‘limi” Lisec, Best makina “Tripleks (Qo‘shoyna yig‘ish bo‘limi)”da Battero, Akarmak “Oynaga keramik siyoh bilan ishlov berish bo‘limi”da Deep tech kabi dunyoga mashhur va ilg‘or texnologiyalar bilan oynaga ishlov berilmoqda.
Imzo Glass — yirik eksportchiga aylanmoqda
2023-yildan Imzo Glass kompaniyasi chet mamlakatlarga o‘z mahsulotlarini eksport qilmoqda. Kompaniya Litva 1000 m2, Angliya 563 m2, Rossiya 1 500 m2, Qozog‘iston 20 000 m2, Qirg‘iziston 15 000 m2 hamda Tojikistonga 10 000 m2 oyna mahsulotlarini eksport qildi.
Hozirda korxona tomonidan 1-yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 500 000 kvadrat metrdan oshmoqda. Eksport hajmi esa yiliga 30 000 kvadrat metrni tashkil etmoqda. Yil sayin kompaniyaning milliy bozorda ulushi oshib bormoqda.
Kompaniya o‘n yillik shiddatli yo‘lni bosib o‘tdi. Hozirda mamlakatimizdagi yirik loyihalar Tashkent Citydagi Opera konsert teatri, Toshkent shahar hokimligi, Janubiy vokzal, “Ugam River”, Toshkent xalqaro aeroporti, Prezident maktablari, “Parkwood” TJM, “Livingood” majmuasi, “Newport” TJM, TBC bank binosi kabi inshootlar tashqi fasadini Imzo Glass kompaniyasi oynalari bezab turibdi.
Ushbu betakror binolar o‘z arxitekturasi va maʼmoriy yechimlari bilan shaharimiz ko‘rkiga ko‘rx baxsh etmoqda. Bu vaqt mobaynida uning yangi loyihalari, ishlab chiqarish liniyalari yanada kengaydi. Istiqbolda ulkan maqsadlar, ko‘zlangan vazifalar ko‘p. Bugun Imzo Glass haqli ravishda mamlakatimizning oynani qayta ishlovchi yirik kompaniyalardan biriga aylandi.
Bugun Imzo Glass haqli ravishda mamlakatimizning oynani qayta ishlovchi yirik kompaniyalardan biriga aylandi.
Murojaat uchun telefon:
Sayt: Imzo.uz
Instagram: @imzoglass
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)