Kapitalbank va O‘zbekiston Korporativ sport assotsiatsiyasi korporativ sportni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladi. Kapitalbank O‘zbekistonda bunday bitimni tuzgan birinchi kompaniya bo‘ldi. Memorandumning maqsadi xodimlarning salomatligini mustahkamlash, jamoa ruhini rivojlantirish va xodimlar motivatsiyasini oshirishga ko‘maklashadigan barqaror sport tashabbuslar tizimini yaratishdan iborat.
Kapitalbank bugungi kunda korporativ sport sohasida yetakchi o‘rinlarni egallab, O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi eng yirik kompaniyalari orasida peshqadam ekanligini tasdiqladi va uni rivojlantirishni dadil davom ettirmoqda. Dastur bir vaqtning o‘zida bir nechta sohani qamrab oladi - ommaviy yugurish musobaqalaridan tortib kibersportgacha bo‘lgan turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olib, butun mamlakat bo‘ylab yuzlab xodimlarni birlashtiradi.
"Biz korporativ sportni kadrlar siyosatining ajralmas qismi sifatida ko‘ramiz. Bu shunchaki rag‘batlantiruvchi faoliyat emas, balki xodimlarning salomatligi haqida tizimli g‘amxo‘rlik va sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirishdir," - deya ta’kidladi "Kapitalbank" ATB Boshqaruv raisi Kirill Mayevskiy.
Bugungi kunda bankning marafon bo‘yicha korporativ terma jamoasi O‘zbekistondagi eng yirik jamoa hisoblanadi - u 500 ga yaqin ishtirokchini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, ikki yildan buyon har chorakda Kapitalbank Cyber Games kibersport chempionatlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Shuningdek, barcha filiallar jamoalari ishtirokida korporativ futbol musobaqalari doimiy ravishda tashkil etilmoqda.
"Bizning sport loyihalariga yo‘naltirilgan investitsiyalarimiz - xodimlarimiz salomatligiga va bankning jamoaviy ruhini rivojlantirishga qo‘yilgan investitsiyadir. Biz har bir xodim o‘ziga yoqqan sport turini tanlashi uchun qulay sharoitlar yaratmoqdamiz," - deya ta’kidladi Kuzatuv kengashi raisi maslahatchisi Oksana Lyndina.
Korporativ sport assotsiatsiyasi bilan imzolangan taqvim rejasi doirasida shu yilning o‘zidayoq qator yangi tashabbuslarga start beriladi. Ular qatorida stol tennisi bo‘yicha chempionat, jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan sport sinovlari (GTO analogi), shuningdek, shaxmat musobaqalari ham o‘rin olgan.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)