• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12762.53
    • RUB162.66
    • EUR14978.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Filmda rol o‘ynashni xohlamagan, lekin majbur qilingan Gollivud aktyorlari

    Mazkur aktyorlar turli sabablarga ko‘ra ba’zi filmlarda majburan ishtirok etgan.

    Daniel Kreyg — “007: Spektr”

    Dastlab Daniel Kreyg “Royal kazinosi” filmida Jeyms Bond rolini ijro etishga rozi bo‘lishni istamagan. Biroq Daniel baribir Bondiana qismiga aylandi va uchta filmda suratga tushdi. Kreyg “007: Spektr” nomli to‘rtinchi qismda qatnashishni xohlamagan bo‘lsa-da, shartnoma majburiyatlari tufayli unda o‘ynashga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng Kreyg endi hech qachon Jeyms Bond rolini ijro etmasligini va bundan ko‘ra o‘zini o‘ldirishni afzal ko‘rishini aytdi. Daniel, shuningdek, agar yana Bond rolini o‘ynaydigan bo‘lsa, buni faqat pul uchun qilishini tan oldi. 6 yildan keyin esa Kreyg ijrosidagi Jeyms Bond qissasini to‘liq yakunlagan “O‘lish vaqti emas” filmi ekranlarga chiqdi.

    Vupi Goldberg — “Teodor Reks”

    90-yillar boshida Vupi Goldberg “Harakat qil, singlim” va “Ruh” kabi filmlarda rol o‘ynab, “Binafsharang gulzor” va “Sakrovchi Jek” filmlaridan keyin erishgan muvaffaqiyatini yanada mustahkamladi. Vupi nihoyatda mashhur aktrisaga aylandi, New Line Cinema studiyasi esa unga hali na syujeti, na rejissyori, na boshqa biror narsasi bo‘lgan filmda rol o‘ynashi uchun besh million dollar to‘lashga tayyor edi. Vupi taklifni qabul qildi, besh millionni oldi va bir muddat o‘tgach, qanday filmda suratga tushishi kerakligini bildi.

    Goldberg “Teodor Reks” ssenariysini o‘qigach, filmda qatnashishdan bosh tortdi va o‘sha besh millionni qaytarmoqchi bo‘ldi. Shu payt studiya shartnomani buzgani uchun unga qarshi yigirma million dollarlik da’vo qo‘zg‘atishga tayyorligini ma’lum qildi. Vupi bunday katta summani to‘lolmasdi. Shu bois u taklifni qabul qilishga majbur bo‘ladi va 90-yillarning eng yomon filmlaridan birida rol ijro etdi.

    Natali Portman — “Tor 2: zulmat saltanati”

    Natali Portman “Leon”, “Qora oqqush”, “Birodarlar” va “Vendetta” kabi mashhur filmlarda rol o‘ynagani sababli uning  “Tor” superqahramonlar filmida qatnashishga rozi bo‘lgani tomoshabinlarni hayratga soldi. Natali uchun bu yaxshi tajriba bo‘lgan bo‘lsa-da, uni takrorlashni unchalik istamasdi. Shu bois “Tor 2: zulmat saltanati” filmidagi rolini takrorlashga faqat filmni ayol rejissyor Petti Jenkins suratga olishini bilganidan keyingina rozi bo‘ldi. Biroq Natali shartnoma imzolaganidan so‘ng, Petti kutilmaganda ishdan bo‘shatildi va uning o‘rniga Alan Teylor tayinlandi.

    Portman darhol filmni tark etishga urindi, ammo avvalroq tuzilgan shartnoma tufayli qolishga majbur bo‘ldi. “Tor 2: zulmat saltanati” o‘sha paytda Marvel’ning eng omadsiz filmlaridan biriga aylandi, shuning uchun “Leon” yulduzi uchun bu filmda ishtirok etish puldan boshqa hech qanday ijobiy natija keltirmadi. To‘qqiz yil o‘tgach, Natali yana bir bor “Tor” filmida rol o‘ynadi, biroq bu safar uning roli ancha kengaytirildi — ilgari Jeyn Foster ikkinchi darajali qahramon va “bosh qahramonning sevgilisi” bo‘lgan bo‘lsa, “Tor: muhabbat va momaqaldiroq” filmida u o‘zi superqahramonga aylandi va qo‘liga bolg‘a oldi.

    Jennifer Garner — “Elektra”

    Jennifer Garner “Perl Harbor” filmi va “Josus” serialida rol o‘ynagan taniqli aktrisa edi. U “Qo‘rqmas” va “Elektra” filmlari uchun shartnoma imzolaydi. “Qo‘rqmas” 2003-yilda ekranlarga chiqdi, ammo kutilgan natijalarni bermadi: 78 million dollarlik byudjet bilan atigi 179 million dollar ishlab topdi. E’tiborli tomoni shundaki, bunday ko‘rsatkichlar studiyani umuman tashvishga solmadi. Aksincha, ular vaziyatdan foydalanib, Jennifer Garnerni “Josus” serialidan olib, “Elektra” filmida rol o‘ynashga majbur qilishdi. Aktrisaning bunga hech qanday istagi yo‘q edi, biroq u “yo‘q” deyolmasdi. Natijada film prokatda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va “Qo‘rqmas”ning davomi butunlay yo‘qqa chiqdi.

    Chenning Tatum — “Ilon hamlasi”

    Yosh va istiqbolli aktyorlar ko‘pincha studiyalar bilan bir nechta filmga shartnoma tuzishadi, ammo keyinchalik bundan afsuslanishadi, chunki bunday kelishuvlar ularning kinodagi tanlovini cheklaydi. “Murabbiy Karter” filmidan so‘ng Paramount studiyasi bilan uchta filmga shartnoma imzolagan Chenning Tatum ham shunday vaziyatga duch keldi. Biroq studiya u bilan faqat to‘rt yildan keyin “Ilon hamlasi” filmi ishlab chiqarilishni boshlaganda bog‘landi. O‘sha paytga kelib Chenning “Oldinga qadam”, “Qoidalarsiz jang” va “Jonni D.” filmlarida suratga tushishga ulgurgan, shuningdek, karyerasini davom ettirishga tayyor edi. Ammo eski shartnoma uning rejalarini buzdi. U tuzoqqa tushganini va hayotidan uch yilni oladigan uchta ishga bog‘lanishga majbur bo‘lganini tushundi. Ularning hech biri “Murabbiy Karter” darajasida bo‘lishi aniq emasdi.

    Bred Pitt — “Troya”

    Karyerasining cho‘qqisida Bred Pitt Warner Bros studiyasi bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, bir safar majburiyatlarini bajarmay, noiloj “Troya” filmining asosiy aktyorlar tarkibiga qo‘shilishga majbur bo‘ldi. Bu ish mashhur aktyorning saralangan filmografiyasiga kirsa-da, uning o‘zi bu filmni yoqtirmaydi. Uningcha, “Troya” tarixida hech qanday jumboq yoki qiziqarli syujet burilishlari yo‘q edi. Buning ustiga, doim kadr markazida bo‘lish unga zavq bermay qo‘ygandi. Shunga qaramay, Pitt “Troya”dan minnatdor ekanligini tan oladi.

    Emili Blant — “Gulliverning sayohatlari”

    Emili Blant “Qattiqqo‘l xonim” filmida o‘ynagach, uning karyerasi yuksalib, bir yilda uch-to‘rtta filmda suratga tusha boshladi. Muvaffaqiyat cho‘qqisida Emili “Gulliverning sayohatlari” loyihasiga rozilik berdi, ammo ko‘p o‘tmay bu qaroridan afsuslandi. Chunki tez orada unga “Temir odam 2” filmida Natasha Romanoff rolini o‘ynash taklif etildi. Shu ondayoq “Gulliverning sayohatlari” Blant uchun o‘zini ko‘rsatish imkoniyati emas, balki katta franshizaga yo‘l ochishga to‘siq bo‘lib qoldi. Emili “Gulliverning sayohatlari”dan voz kechishga tayyor edi, biroq buning iloji bo‘lmadi va Natasha roli Skarlett Yoxanssonga nasib etdi. Keyinchalik aktrisa Rob Letterman filmidagi ishtirokidan afsuslanganini bir necha bor ta’kidladi, ammo “Temir odam 2”da suratga tusha olmaganidan ko‘proq achinishini aytdi.

    18 mart, 09:46   Izoh (0)   6349
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#filmlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2024-yilda eng ko‘p daromad keltirgan filmlar top 15 taligi

    13 yanvar, 09:41

    64 yoshli aktyor Jan-Klod Van Damm o‘zining mashhur raqsini takrorladi (video)

    25 yanvar, 14:40

    Mashhurlik cho‘qqisiga yetganda kinoni tark etgan jahon yulduzlari 

    31 yanvar, 18:51

    Leonardo Di Kaprio haqida ko‘pchilik bilmaydigan 22 ta fakt: eng yuqori gonorari, siyosiy qarashlaridan tortib bolalikdagi qadrdon do‘stigacha

    5 fevral, 09:39

    O‘zbek dublyajining yangi istiqbollari

    6 fevral, 12:00

    Jeki Chan, Van Damm va boshqa jangari filmlar yulduzlarining qizlari qanday ko‘rinishda? (foto)

    13 fevral, 13:15

    Kianu Rivz Gollivuddagi eng mehribon va kamtar aktyor ekanini isbotlovchi holatlar

    15 fevral, 10:15

    “Tom va Jerri” 85 yoshda: bolaligimizni yodga soluvchi multfilm qanday yaratilgan?

    17 fevral, 09:36

    Atigi birgina roli bilan karyerasini saqlab qolgan Gollivud aktyorlari

    18 fevral, 12:37

    Ahmoqona, g‘alati va hayratlanarli sabablarga ko‘ra mashhur rollardan voz kechgan Gollivud aktyorlari

    19 fevral, 09:43

    Mashhur shpagat, Gollivudga yo‘l ochgan “Qonli Sport” filmi, uyqu doriga qaramlik — Van Damning hayot yo‘li

    25 fevral, 11:48

    Olamshumul mashhurlikdan so‘ng g‘oyib bo‘lib, ulg‘aygandan keyingina ekranlarga qaytgan aktyor bolalar

    28 fevral, 14:56

    Gollivud aktyorlari va ularning dublyorlari (foto) 

    28 fevral, 19:10

    “O‘rgimchak odam” trilogiyasining aktyorlari 23 yildan so‘ng qanchalik o‘zgargan?

    1 mart, 12:55

    24 ta asosiy nominatsiya: “Oskar” kimga berilishini kim hal qiladi?

    3 mart, 15:35

    Mashhur rollaridan voz kechishga majbur bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    3 mart, 14:45

    2024-yilda eng ko‘p gonorar olgan Gollivud aktyorlari reytingi e’lon qilindi

    4 mart, 13:39

    Gollivudda suratga tushgan koreyalik aktyorlar

    4 mart, 17:35

    O‘z ismi bilan emas, taxallusi bilan mashhurlikka erishgan jahon yulduzlari

    5 mart, 20:30

    Edrian Broudining nutqi “Oskar” tarixidagi eng uzoq davom etgan nutq bo‘ldi

    6 mart, 10:39

    Instagram: Egizak nevarali bo‘ladigan Valijon Shamshiyev, yangi avtomobil xarid qilgan Feruza Normatova, imidjini o‘zgartirgan Alfiya kampir

    6 mart, 09:46

    Jang san’atini o‘zlashtirgan jahonga mashhur aktrisalar (foto)

    10 mart, 13:50

    Gollivudning mashhur “tansoqchisi” Kevin Kostner hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    12 mart, 11:55

    Huquqshunos, avtopoygachi, hamshira: shou-biznesdan ketib, oddiy kasb egasiga aylangan Gollivud aktyorlari

    13 mart, 18:49

    Gollivud yulduzi Skarlett Yoxanson nima sababdan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligi haqida so‘zlab berdi

    13 mart, 16:10

    Taniqli Gollivud aktrisalari bolaligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? 

    15 mart, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada 332 ta inshootdan iborat qadimiy shahar topildi

    Dunyo | 24 iyul, 22:10

    Oleksandr Usikning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

    Sport | 24 iyul, 22:00

    AQSH Vengriyaga 350 yil avval o‘g‘irlangan qo‘lyozmani qaytarib berdi

    Dunyo | 24 iyul, 21:55

    Tabrizda 75 kunlik suv zaxirasi qolgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 24 iyul, 21:40

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    O‘zbekiston | 24 iyul, 21:25

    Qaysi hudud aholisi naqd puldan eng ko‘p foydalanayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 24 iyul, 21:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.