• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Atigi birgina roli bilan karyerasini saqlab qolgan Gollivud aktyorlari

    Mazkur aktyorlar o‘z davrida ko‘plab filmlarda rol o‘ynab, olamshumul mashhurlikka erishgan. Ammo turli sabablarga ko‘ra, karyerasini davom ettirmay, biirgina roli bilan tomoshabinlar yodida qolgan.

    Brendan Freyzer – “Kit”

    Brendan Freyzer 90-yillar oxiridagi eng mashhur yulduzlardan biri bo‘la turib, qanday qilib hamma narsani yo‘qotish mumkinligining yorqin misolidir. O‘sha paytlarda u “Mumiyo”, “Changalzorlik Jorj”, “O‘tmishdan portlash” va “Muzlatilgan kaliforniyalik” kabi filmlarda suratga tushgan, keyinchalik esa “Orzular asiri” va “Mumiya qaytadi” filmlaridagi rollari bilan o‘z muvaffaqiyatini yanada mustahkamlagan.

    Janr qoidalariga ko‘ra, Brendan yanada yuqoriroq martabalarga erishishi kerak edi, biroq 2003-yildan boshlab uning hayotida muammolar ketma-ket paydo bo‘la boshladi. Avvaliga u Gollivud xorijiy matbuot uyushmasi raisi Filip Berk bian janjallashib qoladi. Keyin xotini bilan ajrashib, yiliga 600 ming dollarlik aliment to‘lashga majbur bo‘ldi. Buning ustiga sog‘lig‘ida jiddiy muammolar paydo bo‘lib, uni tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirib yubordi. Brendan deyarli 15 yil davomida unutildi. Ammo keyinchalik “Kit” filmida Freyzer ajoyib dramatik rolni namoyish etdi. Freyzerning ijrosi uni Gollivudga qaytardi va u “Gulli oy qotillari”, “Bosim”, “Aka-ukalar”, “Tun pardalari ortida” va “Qurbonlik” filmlarida rol o‘ynadi. Taqqoslash uchun, 2014-yildan 2019-yilgacha u hech qanday filmda suratga tushmagan.

    Kianu Rivz – “Jon Uik”

    80-yillarda Kianu Rivzning “Bill va Tedning ajoyib sarguzashtlari” filmidagi roli komediyadagi iste’dodini ochib berdi va bir necha yil o‘tgach, “To‘lqinlarni bo‘ysundirib, “Drakula”, “Tezlik”, “Iblis advokati” va “Matritsa” filmlari bilan karyerasining cho‘qqisiga chiqdi.

    Rivz yulduzga aylandi, katta pul ishlab topdi va jangari aktyor sifatida samarali karyerasini davom ettirishi kerak edi, ammo u ishtirok etgan ko‘plab yangi filmlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Rivzga endi ishonch qolmagandi, shuning uchun u Jon Uikni yaratganida, o‘z pulini investitsiya qilishga va Chad Staxelski va Devid Litch yanada ko‘proq homiylar topishini kutishiga to‘g‘ri keldi.

    Kianu bu filmga ishonardi, shuning uchun sabr bilan kutdi va umid qildi. Bir yarim yil o‘tgach, “Jon Uik” filmi ekranlarga chiqdi va 20-30 million byudjet bilan deyarli 90 million dollar yig‘ib, kichik xitga aylandi. Uning sharofati bilan Rivz yana jangari filmlar yulduziga aylandi.

    Jon Travolta — “Jinoiy asar”

    Jon Travoltaning faoliyati hech qachon barqarorlik bilan mashhur bo‘lmagan. U yo cho‘qqida edi, yo oziga ham qanoat qilardi. Jon o‘zining birinchi cho‘qqisiga 70-80-yillarda “Tirik qolish” “Shanba oqshomi vasvasasi” va “Briolin” filmlarida suratga tushganida erishgan.

    Ammo 1989-yildan keyin u bir pog‘ona pastga tushdi. Besh yil ichida Travolta bir nechta filmlarida rol o‘ynadi. Bu uning darajasi emasdi va ko‘pchilik Travoltani unutib yuborgandi. Biroq u bu haqda tashvishlanmadi, chunki u kichik, kam byudjetli filmlarda rol o‘ynashni xohlardi. Shu maqsadda Vinsent Vega rolini o‘ynash uchun aktyor qidirayotgan Tarantino bilan bog‘landi. Shunisi e’tiborga loyiqki, “Jinoiy asar” uchun Jon “Forrest Gamp”dan voz kechdi va shu bilan Tom Xenksga Gollivudda muvaffaqiyat qozonishga imkon berdi.

    Vaynona Rayder — “Juda g‘alati ishlar”

    2002-2003-yillarda rejissyor Vudi Allen o‘zining “Melinda va Melinda” filmida bosh rollarga Vaynona Rayder va kichik Robert Daunini taklif qilmoqchi edi, ammo uddasidan chiqolmadi. Chunki aktyorlarni suratga olish davrida sug‘urta qiladigan kompaniyalar Vaynona va Robertni sug‘urta qilishdan bosh tortdi. Rayderning muammosi uning politsiya bilan murakkab munosabatlarida edi: 2001-yilda u kiyim-kechak do‘konidan besh ming dollardan ortiq tovar o‘g‘irlab, qamoqqa tushgandi.

     O‘sha paytda Vaynona “Bitljus”, “Drakula”, “Edvard qaychiqo‘l” va “Kichik ayollar” filmlari orqali tanilgan, ammo u bir necha ming dollar bilan boyib ketishga qaror qilib, hamma narsasini yo‘qotdi. Rayder roppa-rosa 5 yil ishsiz o‘tirishga majbur bo‘ldi. Aktrisa keyinchalik suratga tushishni davom ettirgan bo‘lsa-da, unga muvaffaqiyatli filmlarda bosh rollarni ishonishmadi. U 2016-yilda “Juda g‘alati ishlar” seriali chiqqanidan keyingina mashhurligini tiklay boshladi. Shundan so‘ng Vaynona bir nechta yaxshi filmlarda rol o‘ynadi va hatto 450 million daromad keltirgan “Bitljus Bitljus” filmidagi rolini takrorlashga taklif qilindi.

    Kichik Robert Dauni — “Temir odam”

    Kichik Robert Dauni voqeasi ko‘pchilikka tanish. Uning ham qonun bilan bog‘liq ba’zi muammolari bor edi, lekin undan ham jiddiyroq. Robert yoshligidagi hayratlanarli muvaffaqiyatidan so‘ng barchasini yo‘qotdi. 1996-yildan beri Robert bir necha bor hibsga olingan, turli shifoxonalarda davolangan.

    Syuzan Levin bilan turmush qurgandan so‘ng, kichik Dauni yomon odatlaridan butunlay voz kechdi va kichik qadamlar bilan Gollivudga qaytishni boshladi, ammo buni amalga oshirish oson bo‘lmadi. Ko‘plab prodyuserlar haligacha uni portlashini kutayotgan bomba sifatida ko‘rishadi, chunki Robert bir necha bor butun boshli suratga olish guruhlarini muvaffaqiyatsizlikka uchratgan. Kichik Dauniga faqat rejissyor Jon Favro ishondi, u hammani Robert ularga pand bermasligiga ishontirishga majbur bo‘ldi. U chindan ham pand bermadi. Bundan tashqari, kichik Dauni improvizatsiyalar bilan rolini yaxshiladi va tez orada Marvel yuziga aylandi.

    Marlon Brando — “Cho‘qintirgan ota”

    Faoliyatining boshida Malon Brando “Orzular tramvayi”, “Yovvoyi” va “Portda” kabi filmlarda muvaffaqiyat qozondi. Tez orada u sifat kafolatiga aylandi va deyarli har bir rejissyor u bilan ishlashni xohladi.

    Biroq 60-yillardan boshlab Brando filmografiyasida kassada muvaffaqiyatsizlikka uchragan va tanqidchilar tomonidan qoralangan filmlar ustunlik qila boshladi. Marlon sifat kafolati bo‘lishni to‘xtatdi va suratga olish ishlariga kechikib kelishi, rejissorlar bilan janjallashishi va umuman olganda, juda og‘ir va yoqimsiz odam bo‘lishi bilan o‘z ahvolini yanada og‘irlashtirdi.

    Lekin bir kuni rejissyor Frensis Ford Koppola Brandoni o‘zining “Cho‘qintirgan ota” filmida rol o‘ynashga ko‘ndirdi. O‘shanda hech kim Koppologa ishonmagan, shuning uchun film byudjeti atigi 6-7,2 million dollarni tashkil etgan. Ammo prodyuserlar Marlon Brandoga ham ishonishmadi, shuning uchun ular uzoq vaqt davomida uning nomzodini rad etishdi. Frensis hammani ko‘ndirish uchun Brandoning uyiga borib, havaskorlar kamerasiga don Korleone qiyofasida kichik bir sahna ko‘rinishini suratga olishni taklif qildi. Marlon rozi bo‘ldi va jag‘ini buldognikiga o‘xshatish uchun og‘ziga paxta tiqib, barcha prodyuserlarni jim bo‘lishga majbur qilgan ajoyib sahnani namoyish etdi.

    Keyingi bir necha yil ichida Brando “Bugungi apokalipsis”, “Parijdagi so‘nggi tango” va “Doktor Moro oroli” filmlarida rol o‘ynadi, ammo bularning barchasi faqat “Cho‘qintirgan ota” filmi tufayli, chunki Marlon rejissyor va prodyuserlarni g‘azablantirishda davom etdi, bu oxir-oqibat uni unutilishga olib keldi.

    Ke Xui Kuan — “Hamma joyda va bir vaqtda”

    Ke Xui Kuan “Indiana Jons va taqdir ibodatxonasi” filmida o‘ynaganida hali bola edi. Ke aktyorlik faoliyatini davom ettirishga harakat qildi, lekin tez orada Gollivudda osiyoliklar juda ko‘pligini va ular uchun rollar juda kamligini tushundi, shuning uchun u aktyorlikni chetga surib, boshqa yo‘nalishlarni o‘rganishni boshladi: bir muncha vaqt rejissyor yordamchisi va tryuk koordinatori bo‘lib ishladi.

    Yillar o‘tib, Kuan yana aktyor sifatida omadini sinab ko‘rdi va bu safar omadi keldi. Ke bosh rollardan birini o‘ynagan “Hamma joyda va bir vaqtda” filmi kichik byudjet bilan 107 million ishlab topdi va “Oskar”dan yettita haykalchani oldi. Ke bu bilan to‘xtab qolmadi — “Loki”, “Elektr shtati” va “Muhabbat - og‘riq” filmlarida rol o‘ynadi.

    18 fevral, 12:37   Izoh (0)   4656
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#aktyorlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Geymer bo‘lish shart emas: videoo‘yinlar asosida suratga olingan Gollivud filmlari

    16.12.2024, 19:25

    Aktyorlar rejissyor va prodyuserlar oldiga qo‘ygan kutilmagan noodatiy shartlar

    20.12.2024, 09:58

    “Uyda yolg‘iz” 35 yoshda: film aktyorlari hozir qanday ko‘rinishda va nima bilan band? (foto)

    31.12.2024, 09:34

    Jahon kinosining durdonasiga aylangan sevimli “Qor malikasi” multfilmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 20 ta fakt

    29.12.2024, 12:55

    “Kalmar o‘yini 2”: yangi mavsumda ishtirok etgan aktyorlar haqida nimalar ma’lum?

    6 yanvar, 16:21

    Gollivudning afsonaviy yulduzlari o‘rnini bosishi kutilayotgan yosh aktyorlar (foto) 

    11 yanvar, 11:25

    “Hozir yuragim bo‘m-bo‘sh”. Yulduz Rajabova Emre Kiviljim bilan munosabatlari va Gollivud filmidagi roli haqida so‘zlab berdi 

    21 yanvar, 14:48

    “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi mavsumida koreyalik xonandalar, reperlar, hatto K-pop aydollari ham rol o‘ynaganini bilarmidingiz?

    24 yanvar, 09:39

    “Gollivud Bred Pitt tomonda”: Anjelina Joli “Oskar”ga nomzodi qo‘yilmaganidan xafa bo‘ldi

    27 yanvar, 09:30

    Leonardo Di Kaprio, Tom Kruz va mashhur filmlarni suratga olish vaqtida jarohat olgan Gollivud aktyorlari

    28 yanvar, 17:42

    “Terminator”dan “Moana”gacha: Gollivud kinosanoatidagi eng shov-shuvli plagiatlar

    29 yanvar, 16:45

    Mashhur film yoki serialdagi roliga g‘ayrioddiy sabablarga ko‘ra rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    30 yanvar, 18:45

    Mashhurlik cho‘qqisiga yetganda kinoni tark etgan jahon yulduzlari 

    31 yanvar, 18:51

    Leonardo Di Kaprio haqida ko‘pchilik bilmaydigan 22 ta fakt: eng yuqori gonorari, siyosiy qarashlaridan tortib bolalikdagi qadrdon do‘stigacha

    5 fevral, 09:39

    O‘zbek dublyajining yangi istiqbollari

    6 fevral, 12:00

    Joan Roulingni otasi yoqtirmagan, Demi Mur g‘ilayligi uchun masxara qilingan: bolaligi o‘ta og‘ir o‘tgan jahon yulduzlari (foto)

    8 fevral, 13:55

    Bryus Uillisning ahvoli og‘irlashdi: aktyor tildan qolgan va oila a’zolarini taniy olmayapti

    8 fevral, 21:09

    Okean sohillarida joylashgan 10 ta jannatmonand plyaj (foto)

    13 fevral, 12:42

    Jeki Chan, Van Damm va boshqa jangari filmlar yulduzlarining qizlari qanday ko‘rinishda? (foto)

    13 fevral, 13:15

    Mashhur ota-onasining yordami bilan emas, o‘z iste’dodi bilan muvaffaqiyat qozongan yulduzlar (foto)

    17 fevral, 17:11

    Dismorfofobiya: tasavvuridagi jismoniy nuqsonlaridan aziyat chekadigan Gollivud yulduzlari

    17 fevral, 11:40

    Kianu Rivz Gollivuddagi eng mehribon va kamtar aktyor ekanini isbotlovchi holatlar

    15 fevral, 10:15

    “Tom va Jerri” 85 yoshda: bolaligimizni yodga soluvchi multfilm qanday yaratilgan?

    17 fevral, 09:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.