“Universalbank” ATB o‘zini o‘zi band qilgan O‘zbekiston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan “Mikrokredit 300” yangi kredit mahsulotini ishga tushirdi. Bank 300 mln so‘mgacha mablag‘ni maqsadsiz va 60 oygacha bo‘lgan muddatga olish imkoniyatini taklif qilmoqda.
Asosiy shartlar
- kredit miqdori: 300 mln so‘mgacha;
- muddat: 60 oygacha;
- imtiyozli davr: 1 oygacha;
- foiz stavkasi: yillik 30% (bank Boshqaruvi qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin)
- valyuta: so‘m;
- taqdim etish shakli: naqd pul yoki qarz oluvchining Universalbank’da ochilgan kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan
Qarz oluvchiga talablar
Mikrokreditni 18 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan va o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar olishlari mumkin.
Kerakli hujjatlar:
- pasport, ID karta yoki yashash guvohnomasi;
- o‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
- kafilning hujjatlari (pasport va oxirgi yil uchun ish haqi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma);
- garov hujjatlari (mavjud bo‘lganda).
Kredit taʼminoti
- 50 mln so‘mgacha — kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polisi yoki boshqa likvidli taʼminot;
- 50 mln so‘mdan ortiq — likvid mol-mulk garovi (shuningdek, kamida 125%);
- bank bilan bog‘liq shaxslar uchun — 130% miqdorida garov.
To‘lov va qo‘shimcha shartlar
Qaytarish shartnoma shartlari bo‘yicha annuitet yoki tabaqalashtirilgan usulda amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha talablar
- ijobiy kredit tarixi mavjudligi;
- qarz oluvchining o‘rtacha oylik sof daromadining 50 foizi mikrokredit bo‘yicha maksimal oylik to‘lovni va mavjud kreditlar/qarzlar bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovni qoplash uchun yetarli bo‘lishi kerak;
- kafilning daromadi ham bank tomonidan baholanadi;
- garovga beriladigan uy-joy ro‘yxatdan o‘tgan shaxslardan bo‘sh bo‘lishi kerak.
Universalbank’ning yangi mahsuloti o‘z faoliyatini rivojlantirish yoki maishiy masalalarni hal qilish uchun mablag‘ga muhtoj bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun qulay vosita bo‘lishi mumkin.
Kreditni Universalbank bo‘limlarida rasmiylashtirish mumkin.
Batafsil maʼlumotlarni eng yaqin bank bo‘limidan yoki quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin: 1355
Sayt: universalbank.uz
Facebook: @universalbank.uz
Instagram: @universalbank.uz
Telegram: @myuniversalbank
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)