• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Muhabbatning ko‘zi ko‘r: Gollivud yulduzlarining iztirobli sevgi hikoyalari

    Muhabbat fojialarga olib kelishi, inson taqdirini parokanda qilishi mumkin. Quyidagi muhabbat qissalari buning yorqin dalilidir.

    Jon Lennon va Yoko Ono

    Amerikalik xonanda va bastakor, The Beatles guruhining sobiq a’zosi Pol Makkartni bir kuni Jon Lennonni notanish yapon rassomi Yokoning avangard ko‘rgazmasiga jo‘natadi. Bunday san’atdan bexabar Lennon ko‘rgan hamma narsalarini bema’ni deb baholaydi. Bunday munosabat mag‘rur rassom ayolni qattiq g‘azablantirdi va... uni sevib qoladi. Ko‘p o‘tmay, Jon mashhur musiqachi va qo‘shiqchiga oshiq bo‘lib qolgan jo‘shqin va shiddatkor yapon ayolining ta’qiblariga duch keldi.

    Yoko soatlab Lennonning uyi oldida o‘tirar, uning chiqishini poylar, unga tinimsiz qo‘ng‘iroq qilardi. Musiqachiga do‘q-po‘pisa bilan xatlar yozar, uning oilasini har xil gaplar bilan tahqirlar edi. Bir kuni Jon to‘satdan o‘zi ham o‘jar yapon ayoliga befarq emasligini bilib qoladi. Lennon o‘zini Yoko bilan ruhan yaqin his etadi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning qiziqishlari bir xil va ikkalasining ham zamonaviy jamiyatga bo‘lgan qarashlari mos kelardi.

    Muhabbat Jon bilan Yokoni xuddi tom ma’noda boshqa shaxsga aylantiradi. Ular hamma vaqt birga bo‘lishar, bir-birlaridan bir daqiqa ham ajralishmasdi. Ehtimol, mashhur kvartetning tez orada tarqalib ketishiga Lennondagi jo‘shqin ehtiros sabab bo‘lgandir. Ammo Jon hech narsani eshitishni istamasdi, u muhabbatdan ko‘r bo‘lib qolgan va sevimli ayolning yonida bo‘lishdan zavqlanib yashardi, to muxlisining mash’um otishmasiga qadar.

    Viven Li va Lourens Olivie

    Britaniya teatr va kino aktyorlarining eng mashhur juftligi mamlakatning puritan qonunlarini buzib, jamoatchilik fikriga qarshi chiqadi. Ularning ikkalasi ham oilali edi, lekin bu hol Viven Li bilan Lourens Olivening sevishishlariga xalal bermaydi. Viven yolg‘on bilan yashamaslik uchun Times jurnaliga bergan ochiq intervyusida u shaxsiy munosabatlari haqida to‘g‘risini aytadi.

    Viven va Lourensning nikohi aktyor juftliklar orasida eng baxtlisi hisoblangan. Biroq tomoshabinlar yulduzlar oilasida aslida nima bo‘layotganini bilishmasdi. Viven erini hurmat qilardi va syomkalar sabab u bilan bo‘lolmasligi depressiya xurujlari bilan yakunlanardi. Turgan gapki, bu oilaviy hayotga og‘ir ta’sir qiladi.

    Bir kuni Lourens chidayolmaydi: 17 yillik birgalikdagi hayotdan so‘ng u Vivenni tashlab ketadi. Bu vaqtga kelib, aktrisa og‘ir kasalikka chalingan va sevgilisidan ayrilish fojiani yanada tezlashtirgan edi. Mashhur Skarlett 1967-yilning yozida o‘pka silidan vafot etadi. U umrining oxirigacha faqat bitta odamni — Lourens Olivyeni sevib o‘tadi.

    Kianu Rivz va Jennifer Saym

    Ular muhabbat va hamjihatlikda uzoq va baxtli yashashni orzu qilishardi. Lekin Kianu va Jenniferning boshiga og‘ir musibat tushadi: tug‘uruqdan bir hafta oldin hali ona qornidaligidayoq qizi vafot etadi. Albatta, buni boshdan kechirish nihoyatda og‘ir edi.

    Kianu bir amallab o‘zini qo‘lga oladi, ammo Jennifer azobda qoladi. Qizini yo‘qotish dardini bosish uchun u ichkilik va giyohvand moddalardan tasalli izlaydi. Hammasi fojiali yakunlanadi: bir yil o‘tgach, Jennifer avtohalokatda vafot etadi. Kianu sevgan ayolining xotirasini hanuzgacha qalbida saqlaydi, lekin bu haqda hech qayerda va hech kimga og‘iz ochmaydi.

    Elizabet Teylor va Richard Barton

    Elizabet va Richardning muhabbati Dostoyevskiyning “Aka-uka Karamazovlar” asarida tasvirlangan ehtiroslarga o‘xshardi. Aqldanozar darajadagi his-tuyg‘ular, kutilmagan xatti-harakatlar... Ular bir-birlariga oshiq-u beqaror bo‘lib, go‘yo oilaning mavjudligini, ularning xatti-harakatlarini yoqtirmaydigan Gollivud jamiyatining fikrini unutib qo‘yishgandi.

    Richard Barton Elizabet Teylor bilan uchrashishdan oldin aktrisa Sibil Uollesga uylangan va ikki farzandi bor edi. Elizabet esa qo‘shiqchi Eddi Fisher bilan turmush qurgandi. Hammasi Teylor Misr malikasi rolini o‘ynagan va Barton uning partnyori bo‘lgan “Kleopatra” filmini suratga olishdan boshlanadi. Taqdir taqozosi bilan unga Kleopatraga telbalarcha oshiq bo‘lgan va uning uchun o‘limga rozi bo‘lgan Mark Antoniy roli nasib etadi.

    Ular ataylab sevgi olovida yonayotgandek edilar: janjallar, ayriliqlar, mushtlashuvlar. Har bir janjaldan keyin Richard Barton yarashish belgisi sifatida Elizabetga brilliantlar sovg‘a qilardi. U bag‘rikeng, saxiy, shu bilan birga, nihoyatda qiziqqon va tajovuzkor erkak edi. Elizabet ham unga munosib edi. Bunday munosabatlar uzoq davom etishi mumkin emasdi...

    Ikki marta ayriliq va ikki qayta nikohdan so‘ng, ular oxir-oqibat bir umrga ajralishadi. Richard Bartonning o‘limi haqidagi xabar Elizabet uchun dahshatli zarba bo‘ladi. U birdan undan-da yaqinroq va sevikliroq erkak aslida hech qachon bo‘lmaganini tushundi.

    Jennifer Eniston va Bred Pitt

    Sevgilisi bilan yetti yil birgalikdagi hayotdan so‘ng Eniston oiladagi o‘z o‘rnini boshqa ayolga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi. Filmlarda ko‘rinadigan kuchli, jasur Bred esa Anjelina Jolining jozibasiga zarracha qarshilik ko‘rsatolmaydi. Aytishlaricha, u hatto Eniston pishirgan go‘shtdan voz kechib, vegetarian bo‘lib qolgan ekan.

    Jennifer bu zarbadan o‘zini o‘nglab olishga qanchalik urinmasin, uning xatti-harakatlarida faqat bitta odamni — Bred Pittni sevgan oldingi paytlardagi qayg‘u-hasrat sezilib turadi. Shu sababli bo‘lsa kerak, aktrisaning shaxsiy hayotida hamon omadi yurishmayapti: u hozircha ko‘nglidagi erkakni uchratgani yo‘q. Darvoqe, Bred ham Anjelina bilan oilaviy baxt topa olmadi: taqdir undan qasos olgandek, hozirda sobiq rafiqasi bilan sudlashib yuribdi.

    Mariyon Kotiyar va Jyulen Rassam

    Mariyon — jahon kinosining eng maftunkor aktrisalaridan biri, “Oskar” mukofoti sovrindori. Ziyoli, mehribon, aqlli qiz yuksak muhabbat haqida hikoya qiluvchi romanlarni ko‘p o‘qirdi, bu tuyg‘u uchun odamlar ba’zan o‘zlarini qurbon qilib, olijanob ishlar qilishadi. Ko‘p o‘tmay u o‘z shahzodasi Jyulen Rassam bilan uchrashadi. To‘g‘ri, Mariyonning tanishlari va do‘stlari uni bu muhabbat yaxshilik keltirmasligidan ogohlantirishgandi. Jyulen iste’dodli aktyor bo‘lsa-da, ruhiy xastalik va giyohvandlikka moyillikdan aziyat chekardi.

    Mariyon o‘zining fidokorona muhabbati bilan sevgilisini qutqarishga, unda hayotga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishga harakat qiladi. Ammo hammasi behuda ketadi. O‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan Jyulen bir kuni uning ko‘z o‘ngida o‘zini derazadan tashlaydi. U halok bo‘lmaydi, lekin bir umrga nogironlar aravachasiga mixlanib qoladi. Mariyon yana sevgilisiga mehribonlik bilan g‘amxo‘rlik qiladi, mo‘jiza yuz berishiga va hammasi yaxshi tomonga o‘zgarishiga umid qiladi va ishonadi. Biroq ikki yildan so‘ng Jyulen baribir joniga qasd qiladi...

    Uning o‘limi Mariyonni shunchalik larzaga soladiki, u uzoq vaqt davomida oilaviy baxtni ozgina bo‘lsa ham eslatuvchi vaziyatlardan qochib yurdi. Keyinchalik Kotiyar Giyom Kanyega turmushga chiqdi va hozirda ularning ikki farzandi bor.

    20 fevral, 09:43   Izoh (0)   11078
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#aktyorlar#muhabbat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Asteriks va Obeliks Sezarga qarshi” filmi aktyorlari 24 yilda qanchalik o‘zgargan?

    02.02.2023, 12:56

    Anjelina Joli, Meril Strip va farzandlari bilan bir filmda suratga tushgan boshqa mashhurlar (foto)

    30.06.2023, 21:26

    Turli davrlarda turlicha suratga olingan filmlar. Ularning ba’zilari tomoshabinlar mehriga, ayrimlari esa tanqidiga sazovor bo‘lgan

    10.07.2023, 09:50

    “Bollivud Gollivud bilan uchrashganda”. Siz sevib tomosha qilgan Gollivud filmlarining hindcha talqini (foto)

    09.08.2023, 15:47

    Misli ko‘rilmagan boylik: Dunyoning eng badavlat aktyorlari 20 taligi (foto)

    13.09.2023, 14:50

    Og‘ir kasallik ustidan qozonilgan g‘alaba va pulsizlik ortidan kelgan shon-shuhrat. Gollivud yulduzi Emiliya Klark 37 yoshda 

    23.10.2023, 14:48

    Penelopa Kruz — 50 yoshda. Ispaniyalik kamsuqum oilaning farzandi qanday qilib Gollivud yulduziga aylandi? (foto)

    07.05.2024, 13:50

    Forbes reytingi: 2023-yilda Gollivudning eng ko‘p gonorar olgan top-10 aktyorlari (foto)

    20.05.2024, 10:50

    Dunyoning eng boy 10 aktyori: Gollivud yulduzlari qancha gonorar oladi? 

    06.07.2024, 17:31

    Ekranda sevishganlar rolini qoyilmaqom tarzda o‘ynagan bo‘lsa-da, real hayotda bir-biridan nafratlangan juftliklar

    08.08.2024, 13:40

    Gollivudning afsonaviy yulduzlari o‘rnini bosishi kutilayotgan yosh aktyorlar (foto) 

    11 yanvar, 11:25

    “Hozir yuragim bo‘m-bo‘sh”. Yulduz Rajabova Emre Kiviljim bilan munosabatlari va Gollivud filmidagi roli haqida so‘zlab berdi 

    21 yanvar, 14:48

    “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi mavsumida koreyalik xonandalar, reperlar, hatto K-pop aydollari ham rol o‘ynaganini bilarmidingiz?

    24 yanvar, 09:39

    Leonardo Di Kaprio, Tom Kruz va mashhur filmlarni suratga olish vaqtida jarohat olgan Gollivud aktyorlari

    28 yanvar, 17:42

    Mashhur film yoki serialdagi roliga g‘ayrioddiy sabablarga ko‘ra rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    30 yanvar, 18:45

    Mashhurlik cho‘qqisiga yetganda kinoni tark etgan jahon yulduzlari 

    31 yanvar, 18:51

    O‘zbek dublyajining yangi istiqbollari

    6 fevral, 12:00

    Joan Roulingni otasi yoqtirmagan, Demi Mur g‘ilayligi uchun masxara qilingan: bolaligi o‘ta og‘ir o‘tgan jahon yulduzlari (foto)

    8 fevral, 13:55

    Bryus Uillisning ahvoli og‘irlashdi: aktyor tildan qolgan va oila a’zolarini taniy olmayapti

    8 fevral, 21:09

    Okean sohillarida joylashgan 10 ta jannatmonand plyaj (foto)

    13 fevral, 12:42

    Jeki Chan, Van Damm va boshqa jangari filmlar yulduzlarining qizlari qanday ko‘rinishda? (foto)

    13 fevral, 13:15

    Mashhur ota-onasining yordami bilan emas, o‘z iste’dodi bilan muvaffaqiyat qozongan yulduzlar (foto)

    17 fevral, 17:11

    Dismorfofobiya: tasavvuridagi jismoniy nuqsonlaridan aziyat chekadigan Gollivud yulduzlari

    17 fevral, 11:40

    Kianu Rivz Gollivuddagi eng mehribon va kamtar aktyor ekanini isbotlovchi holatlar

    15 fevral, 10:15

    “Tom va Jerri” 85 yoshda: bolaligimizni yodga soluvchi multfilm qanday yaratilgan?

    17 fevral, 09:36

    Bolalarning so‘nggi tilagini amalga oshirgan, uysizlarga yordam bergan va boshqa insoniylik fazilatlari bilan tanilgan Gollivud aktyorlari

    18 fevral, 15:02

    Atigi birgina roli bilan karyerasini saqlab qolgan Gollivud aktyorlari

    18 fevral, 12:37

    Ahmoqona, g‘alati va hayratlanarli sabablarga ko‘ra mashhur rollardan voz kechgan Gollivud aktyorlari

    19 fevral, 09:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.