Taʼm aldamaydi. O‘zbekistondagi Pepsi Taste Challenge 2025 natijalari shuni ko‘rsatdiki: ishtirokchilarning aksariyati — 59,28 foizi — sirli degustatsiyada etilgan ikkita ichimlik orasidan Pepsi taʼmini afzal ko‘rdi. Raqobatchi 40,72 foiz ovoz oldi.
Bu yil mashhur jahon loyihasi O‘zbekistonda oltinchi marta o‘tkazilib, mamlakatning 10 ta markaziy shahrini qamrab oldi va 19 mingga yaqin respondentni jamladi. Tadbirning tashkiliy qismi o‘zgarishsiz qoldi - halol, ochiq va qiziqarli: ikkita bir xil shaffof stakan, yorliqsiz ichimliklar va g‘olibni faqat ta’m aniqlaydi.
Bu qanday bo‘ldi?
2025-yil iyul oyida promoterlar ishtirokchilarni respublikaning eng gavjum joylarida kutib olishdi: Toshkentda — Magic City va Dream Park bog‘larida, Samarqandda — markaziy bog‘da, Buxoroda — shaharning eng yirik savdo markazlaridan birida, Namanganda — Bobur nomidagi bog‘da, Farg‘onada — markaziy bog‘da va hokazo. Har bir ishtirokchiga bir stakan Pepsi va boshqa gazli ichimlikdan tatib ko‘rish taklif etildi. Tanlov so‘rovnomada qayd etildi va natijalar darhol umumiy statistikani to‘ldirdi.
Nima uchun bu muhim?
Pepsi Taste Challenge — bu shunchaki marketing aksiyasi emas, balki odatiy qarashlarni o‘zgartiradigan to‘laqonli taʼm tajribasi. Aksiya o‘tkazilgan yillar davomida butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan O‘zbekistonda ham minglab ishtirokchilar o‘z tanlovlaridan bir necha bor hayratga tushishdi. Tajriba shuni yaqqol ko‘rsatadiki, taʼm afzalliklari nafaqat ichimlikning sezgi aʼzolari bilan aniqlanadigan xususiyatlari, balki isteʼmolchi o‘rganib qolgan brend kuchi bilan ham shakllanadi.
Aynan shuning uchun “ko‘zi bog‘langan” format qimmatlidir — xolislikka chorlaydi va faqat o‘z his-tuyg‘ularingizga tayanib, mahsulotni qayta tatib ko‘rish imkoniyatini beradi. Bu yoz natijalari shuni tasdiqlaydiki, halol degustatsiya odatlarni o‘zgartirishga qodir, har bir ishtirokchining tanlovi esa brendlarni idrok etishning yangi manzarasini shakllantiruvchi katta statistikaning bir qismiga aylanadi.
O‘zbekistondagi Pepsi Taste Challenge 2025 natijalari:
- Jami respondentlar: ~19 000
- Pepsi tanlaganlar: 11 092 (59,28%) Samarqandda 61,38% va Buxoro kabi ayrim hududlarda esa va 62,72% ishtirokchi Pepsi tanlagan.
- Raqobatchini tanlaganlar: 40,72%
Pepsi Taste Challenge brend yetakchiligini yana bir bor tasdiqladi va halol tajriba hamda ochiq raqoba tauditoriya ishonchi va mehrini qozonishning eng yaxshi usuli ekanligini ko‘rsatdi.
Tadqiqotning xolisligi va to‘g‘riligini "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi vakillari nazorat qilib bordilar. Promo-kampaniya yakunlangandan so‘ng, natijalar ushbu tashkilotning tahliliy hisoboti orqali tasdiqlanadi.
#Pepsi #PepsiTasteChallenge2025 #Pepsi2025 #PepsiMusik
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)