AQSH Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar jarayonidan tinchlik yo‘lida oldinga siljish bo‘lmasa chiqishi mumkin. Bu haqda AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus ma’lum qildi.

“Hozirgi bosqichda ikki tomon ham ushbu mojaroni tugatish bo‘yicha aniq takliflar taqdim etishi lozim. Bundan keyingi harakatlarimiz hozirda prezidentning qo‘lidagi qarordir. Agar ilgari siljish bo‘lmasa, biz bu jarayondagi vositachilik rolimizdan voz kechamiz”, dedi Bryus.
Biroq u AQSH prezidenti Donald Tramp va davlat kotibi Marko Rubio mojaroni hal qilish uchun qanday muddatlar belgilashi mumkinligini aniqlashtirmagan. Shuningdek, Bryus taqdim etilishi kerak bo‘lgan takliflar to‘liq va barqaror o‘t ochishni to‘xtatish hamda mojaroni tugatish bilan bog‘liq bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan.
Ilgari Oq uyda Trampning Ukraina va Rossiyadan mojaroni hal qilishda oldinga siljish yo‘qligi sababli ko‘ngli qolayotgani aytilgandi. U yerda yana Kiyev va Moskva “inqirozdan chiqish” uchun muzokaralarni boshlashi kerakligi ta’kidlangan.
Bundan oldin Tramp Ukraina inqirozini hal qilish uchun o‘zi uchun so‘nggi muddatni belgilaganini aytgandi. “Mening o‘z muddatim bor”, degan u. Ammo aynan qaysi muddatlar haqida gap ketayotganini aniqlashtirmagan. Shu bilan birga, o‘tgan hafta AQSH prezidenti Ukrainadagi kelishuv bo‘yicha muzokaralar ilgarilab borayotganini ta’kidlagan edi.
O‘z navbatida, Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolts The National Interest jurnali uchun yozgan maqolasida Moskva va Kiyev imkon qadar tezroq Ukraina masalasini hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishishi lozimligini ta’kidlagan.
Izoh (0)