AQSH prezidenti Donald Tramp Atlantic jurnali bilan suhbatda Ukraina juda tez orada “mag‘lub bo‘lishiga” ishonch bildirdi va o‘zi bu mamlakatni qutqarishga urinayotganini ta’kidladi.

“Men bu mamlakatni qutqarmoqchiman. Menimcha, bu mamlakat tez orada mag‘lub bo‘ladi... Keling, haqiqatga yuzma-yuz bo‘laylik”, dedi Amerika rahbari o‘z intervyusida.
Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddatida Kiyevga tankka qarshi Javelin boshqariladigan raketalarini “berganini” eslatdi. Shuningdek, u Ukraina hozirgi mojaroda yana ko‘proq hududlarni yo‘qotishi mumkinligiga bildirdi.
“Albatta, qurol bo‘lishi shart emas. Qurolning turlari ko‘p. O‘qli qurol bo‘lishi shart emas. Bu sanksiya quroli bo‘lishi mumkin. Bu bank tizimi quroli bo‘lishi mumkin. Bu boshqa ko‘plab qurollar bo‘lishi mumkin”, dedi Oq uy rahbari.
Shuningdek, Tramp Ukrainadagi mojaro hozircha amerikaliklar hayotiga tahdid solmayotganini, biroq uchinchi jahon urushiga aylanib ketishi mumkinligini aytgan.
Tramp Ukraina mojarosining kuchayishidan bir necha bor ogohlantirgan. Fevral oyida u o‘zidan oldingi Jo Bayden ma’muriyati yana bir yil hokimiyatda qolganida, dunyo “uchinchi jahon urushiga kirib qolishi, endi esa bunday bo‘lmasligini” aytgan edi. Bundan tashqari, mart oyida Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Tramp uning “uchinchi jahon urushi bilan o‘ynashayotganini” ta’kidladi.
Tinchlik sulhi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan uch kunlik vaqtinchalik sulh e’lon qildi. Unga ko‘ra, 7-maydan 8-mayga o‘tar kechasi soat 00:00 dan 10-maydan 11-mayga o‘tar kechasi soat 00:00 gacha Rossiya tomonidan barcha jangovar harakatlar to‘xtatilishi ko‘zda tutilgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning may oyidagi uch kunlik sulh taklifini rad etdi.
25-aprel kuni Vladimir Putin AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashdi. Unda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlash imkoniyati muhokama qilindi. Bu Uitkoffning so‘nggi uch oy ichida Rossiyaga to‘rtinchi tashrifi va AQSH prezidentining maxsus vakili va Putin o‘rtasidagi uchinchi uchrashuv hisoblanadi.
11-aprel kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Uitkoff va Putin Ukrainadagi mojaroni hal qilish masalalarini muhokama qilgan edi. O‘shanda Rossiya prezidenti AQSHdan doimiy tinchlikni ta’minlashni so‘ragandi.
Izoh (0)