Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH bilan Ukraina bo‘yicha “kelishuv”ga tayyor ekanliklarini e’lon qildi. Ammo “ushbu kelishuvning qayta ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan ba’zi elementlari” bor. Bu haqda CBS xabar berdi.

Lavrov AQSH prezidenti kelishuvning aniq tafsilotlarini oshkor qilmagani, shuning uchun u ham bu haqda gapirmasligini aytdi.
AQSH prezidenti biz to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganimizga ishonmoqda. Prezidentning bayonotida kelishuv haqida so‘z boradi va biz kelishuvga erishishga tayyormiz, ammo hali ham takomillashtirilishi kerak bo‘lgan bir nechta ma’lum elementlar mavjud. Biz aynan shu bilan bandmiz, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.
U Rossiya “Ukrainadagi vaziyat” bo‘yicha Amerika tomoni bilan aloqalarni davom ettirayotganini qayd etdi.
Biz haqiqatda to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganimizni ko‘rsatadigan bir nechta belgi bor — eng avvalo, prezident Tramp bu vaziyatning asl sabablarini bartaraf etish zarurligini tan olgan sayyoradagi yagona yetakchi bo‘lishi mumkin. U Ukrainani NATOga tortishga urinish katta xato bo‘lganini aytdi. Bu Bayden ma’muriyatining xatosi edi va u bu xatoni tuzatmoqchi, deya xulosa qildi Lavrov.
AQSH prezidenti fikricha, Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishish masalasida muayyan siljish bor. Biroq “Ukraina tinchlik evaziga hududining bir qismini berishga majbur bo‘ladimi?” degan savolga Tramp quyidagicha javob berdi:
Xo‘sh, bu qaysi hudud ekani bilan bog‘liq... Biz Ukraina bilan imkonimiz boricha ishlaymiz... Ammo ular allaqachon ko‘plab hududlarini yo‘qotgan, degan u.
Trampning aytishicha, Rossiya armiyasining “Ukrainaning butun hududini bosib olmagani”ni Rossiyaning yon berishi sifatida baholash mumkin.
♦ Ukrainaning urushni tugatish shartlari
♦ Rossiya shartlari
Izoh (0)