2025-yil 21-25-aprel kunlari Huawei kompaniyasi AKT sohasi mutaxassislariga mo‘ljallangan Digital Week 2025 haftaligini o‘tkazdi. 400 dan ortiq ishtirokchilar kompaniyaning innovatsion markaziga tashrif buyurib, iqtisodiyot va sanoatning turli sohalarini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or texnologik yechimlar bilan tanishdilar.
Ko‘rgazma zaliga tashrif davomida tadbir ishtirokchilari AKT sanoati va sun’iy intellektni qo‘llash tendensiyalari, shuningdek, joriy yilning mart oyida Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon Mobil Kongressi (MWC2025) doirasida kompaniya tomonidan birinchi marta taqdim etilgan mahsulot yechimlari bilan tanishdilar.
Tadbirning dastlabki ishtirokchilaridan biri O‘zbekiston aloqa operatorlari mutaxassislari bo‘lib, ular bilan hamkorlikda Huawei 25 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat AKT infratuzilmasini rivojlantirib kelmoqda. Kompaniya vakillari 5G va Sun’iy Intellekt davrida mobil va statsionar aloqani rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlari va innovatsion yechimlari bilan o‘rtoqlashdilar. Mehmonlar uchun maxsus qurilgan konferensiya zalida aloqa operatorlari biznesining transformatsiyasi - abonentlarga an’anaviy aloqa xizmatlarini ko‘rsatishdan 5G, sun’iy intellekt va bulutli xizmatlarning rivojlanish davrida ularning foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun raqamli mahsulotlarni yaratishgacha bo‘lgan mavzuda muhokamalar ham tashkil etildi.
Davlat tashkilotlari va korporativ segment vakillari uchun iqtisodiyotning turli tarmoqlari va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini raqamli transformatsiya qilishning yaqqol global misollari taqdim etildi. Masalan, shahar harakatini intellektual boshqarishdan tortib, aeroportlar infratuzilmasini modernizatsiya qilishgacha bo‘lgan transport sohasi, tog‘-kon sanoati, bank sektori, sog‘liqni saqlash va ta’lim, chakana savdo kabi yo‘nalishlarni raqamli transformatsiya qilish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi.
Hozirgi vaqtda raqamli transformatsiyani ishonchli bulutli infratuzilmasiz, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash tizimlarisiz amalga oshirib bo‘lmasligini hisobga olgan holda, Digital Week ishtirokchilariga turli quvvatdagi ma’lumotlar markazlarini ishga tushirish bo‘yicha ilg‘or yechimlar namoyish etildi.
Shuningdek, kompaniya vakillari raqamli energetika va muqobil energiya texnologiyalarini rivojlantirish mavzusiga alohida e’tibor qaratib, energiya tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqishga doimiy sarmoya kiritilishini ta’kidladilar.
O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari uchun alohida press-tur tashkil etildi. Tashrif davomida muxbirlar raqamli rivojlanishni jadallashtirishga, jumladan, media sohasini raqamlashtirishga qanday texnologiyalar hissa qo‘shishini bilib oldilar. Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi AKT infratuzilmasi bo‘yicha mutaxassisi Reshat Boltayev "OAV uchun raqamli yechimlar" mavzusida taqdimot o‘tkazib, media sanoatini rivojlantirishdagi texnologik tendensiyalarni, jumladan, yuqori aniqlikdagi (4K) kontentni translyatsiya qilish, bulutli xizmatlar, kengaytirilgan reallik, virtual boshlovchilardan foydalanish, tahlil va ma’lumotlarni qayta ishlashda sun’iy intellektni qo‘llash, 3D kontent yaratish kabi ilg‘or yechimlar yechimlar haqida ma’lumotlar bilan ulashdi.
Mutaxassis Huawei MetaStudio‘ning bulutli texnologiyalarga asoslangan yechimi haqida gapirib berdi, u nafaqat auditoriya qamrovini oshirishga, balki joriy etilayotgan innovatsion yechimlarni monetizatsiya qilishga qodir bo‘lgan qiziqarli kontentni tayyorlash uchun vizual va ovozli modellashtirish, video yaratish, uni tahrirlash, renderlash va striming elementlariga ega media studiyadan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 25 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelmoqda. Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi shourumi 2016-yilda mijozlar va hamkorlarga ilg‘or texnologiyalar va yechimlarni taqdim etish, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari va maktab o‘quvchilari uchun ta’lim turlarini o‘tkazish maqsadida integratsiyalashgan innovatsion markaz sifatida ochilgan.
2024-yilda kompaniyaning Toshkentdagi ofisida Huawei Experience Store ochildi, bu shourum konsepsiyasining davomi bo‘lib, foydalanuvchilarga Huawei kompaniyasining aqlli qurilmalar sohasidagi so‘nggi ishlanmalaridan xabardor bo‘lish imkonini berdi. 2025-yil 1-aprel kuni Toshkent va Samarqand shaharlarida Mobiuz mobil aloqa operatorining xizmat ko‘rsatish markazlarida yana ikkita Huawei brend zonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)