Senat O‘zbekistonda elektron sigaretalar butunlay taqiqlanishini ma‘qullashi, Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yilishi, Namanganda bola telefon sabab o‘z onasi va buvisini kaltaklashi – “Daryo” nashri 30-aprelda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lining muhim obyektlari qurilishi boshlandi
Loyiha doirasida har birining uzunligi 10 kilometrdan ortiq bo‘lgan 3 ta tunnel qurish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda 2030-yilgacha kamida 58 ta maktab quriladi
Yangidan quriladigan maktablar uchun infratuzilmaga ega yer uchastkalari ajratiladi.
Shavkat Mirziyoyev Imom Moturidiyga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi
Unda 20 dan ortiq davlatdan 70 dan ziyod muftiylar, islomshunos olimlar, davlat va jamoat arboblari, moturidiyshunos tadqiqotchilar, tarixshunos mutaxassislar va diniy-ma’rifiy soha vakillari qatnashmoqda.
Senat O‘zbekistonda elektron sigaretalar butunlay taqiqlanishini ma’qulladi
Ayrim hollarda fuqarolar javobgarlikdan ozod qilinadi.
O‘zbekistonda yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtiriladi
Yangi tartibga ko‘ra fuqarolar pensiya tayinlanishi uchun murojaat qilishi talab etilmaydi.
O‘zbekistonda turagentlik faoliyati uchun litsenziya bekor qilinadi
Uning o‘rniga turagentlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish tartibi joriy etiladi.
Rossiyada o‘zbek migrantlari huquqlariga rioya etilishi nazorati kuchaytiriladi
Ikki davlat migratsiya sohasida qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishdi.
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti uch oyda 25 mlrd dollardan oshdi
I chorakda iqtisodiy o‘sish 6,8 foizni tashkil etdi.
Shamsiddin Tojiyev Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi
Senat qarori bilan Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi.
Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
Uning o‘rnida mehmonxona quriladi.
Toshkentda L7 urib yuborgan Cobalt ariqqa tushib ketdi (video)
Hodisa tafsiloti yuzasidan ma’lumot berildi.
To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi
Ilhomboy Xudoybergenov mehnat faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida faoliyat olib borgan.
O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel xavfi eʼlon qilindi
Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor.
Farg‘onaga Xitoydan 24 ta yangi avtobus olib kelindi
Viloyat transport yo‘nalishida Xitoy bilan 19 mln dollarlik loyiha memorandumini imzolagan.
Abdulla Aripov Urumchida Xitoy rasmiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ikki davlat iqtisodiy forumi o‘tkazilib, unda 250 dan ortiq o‘zbekistonlik tadbirkorlar qatnashdi.
Namanganda bola telefon sabab o‘z onasi va buvisini kaltakladi (video)
Ona va voyaga yetmagan shaxs bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
O‘zbekistonda ta’lim sifatini tashqi baholash bilan shug‘ullanuvchi tuzilma tashkil etiladi
Shavkat Mirziyoyev nodavlat ta’lim xizmatlari tizimini takomillashtirish, oliy va kasbiy ta’limda sifatni oshirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi.
Andijonda intim foto va videolarni tarqatmaslik uchun 14 ming dollar talab qilgan ayol ushlandi (video)
Hozirda holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Xorazmda Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi
Prezident universitetni tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan uch oyda 2 trln so‘mdan ortiq majburiy to‘lovlar undirish bo‘yicha buyruq chiqarildi
Sud buyruqlaridan 186 ming 151 tasi kredit, 62 375 tasi soliq qarzini undirish bilan bog‘liq ishlarni tashkil qiladi.
O‘zbekiston yana bir davlat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan davlatlar soni 160 taga yetdi.
Izoh (0)