Uzbekistan Airways guruhiga kiruvchi Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga bor-yo‘g‘i 2 soatda yetib olish imkonini beradi. Parvozlar 1-iyuldan amalga oshiriladi. Aviachiptalar sotuvda.
Issiqko‘l Qirg‘izistondagi eng yaxshi kurortlardan biri hisoblanadi. Bu hudud o‘zining zilol suvi, yumshoq iqlimi, faol va sog‘lom dam olish uchun ko‘plab imkoniyatlari bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Bu yerda cho‘milish mavsumi iyundan sentyabrgacha davom etadi, suv va havoning o‘ziga xos tarkibi esa dam olishni nafaqat yoqimli, balki sog‘liq uchun ham foydali bo‘lishini ta’minlaydi. Kurort zonasining ajoyib manzaralari yildan-yilga ko‘proq sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda.
Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga avtobusda 13 soat emas, atigi 2 soatda yetib olish imkonini beradi. Parvozlar 1-iyuldan boshlab har kuni go‘zal Tomchi qishlog‘ida joylashgan Issiqko‘l xalqaro aeroportiga amalga oshiriladi. Aviachiptalar narxi:
- Toshkent — Issiqko‘l: 1 342 000 so‘mdan;
- Toshkent — Issiqko‘l - Toshkent: 2 684 000 so‘mdan boshlanadi.
Haftaning istalgan kunida Silk Avia qanotlarida mashhur dam olish maskaniga sayohat qiling! Aviachiptalarni silk-avia.com saytida, Silk Avia ilovasi orqali, O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qiling.
Silk Avia bilan O‘zbekistonning yangi ufqlarini kashf eting.
- Sayt: silk-avia.com
- Facebook: fb.com/silkavia.live
- Instagram: @silkavia.live
- Telegram: t.me/silkavia_live
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)