AQSH prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning ayrim harakatlari uni Ukraina tarafini ochiqcha qo‘llab-quvvatlashga undashi mumkinligini aytdi. Bu haqda u The Atlantic nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Tramp mazkur intervyuda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonida bo‘lishi “majburiy emas”ligini qayd etdi.
Men Zelenskiy bilan muammolarga duch kelganman. Bu yerda, shu kresloda o‘tirgan paytida siz ham bunga guvoh bo‘lgansiz — u aytayotgan gapimni tushunmagan edi, deya Tramp fevral oyida Oq uydagi shov-shuvli uchrashuvni esladi.
AQSH prezidenti agar Putin 24-aprel kuni Kiyevga qilingan zarbadan so‘ng aytilgan “to‘xtang” degan chaqiriqni inobatga olmasa, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishini aytdi. U Kreml harbiy harakatlarini davom ettirsa, AQSH Ukrainaga yordam berishini ma’lum qildi.
Tramp yana bir bor Ukraina urushini to‘xtatmoqchi ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, agar u urush boshlangan vaqtda prezident bo‘lganida, bu urush umuman boshlanmagan bo‘lardi. U yaqin hafta Ukrainadagi urush tugashi masalasida juda muhim bo‘lishini qayd etdi.
Rossiya harbiylarining Ukrainaga dahshatli zarbalariga qaramay, Tramp hamon Putinning tinchlikka intilishiga ishonadi. U Kreml rahbari butun Ukrainani egallab olishni xohlagani, ammo aynan Amerika yetakchisi tufayli bunday bo‘lmasligini aytdi
O‘ylaymanki, u, aytaylik, meni hurmat qiladi va men tufayli u butun Ukrainani egallab olmasligiga ishonaman. Aslida u butun Ukrainani egallashni istagan, dedi Tramp.
Bundan tashqari, AQSH rahbari ikkinchi muddatida o‘zini avvalgi muddatdagidan yaxshiroq his qilayotganini aytdi.
Birinchi prezidentlik muddatidan menda ikkita vazifa bor edi — mamlakatni boshqarish va omon qolish, Endi esa mamlakat va dunyoni boshqarish, deya xulosa qildi siyosatchi.
♦ Ukrainaning urushni tugatish shartlari
♦ Rossiya shartlari
Izoh (0)