Bosh miya sohasidagi operatsiyalar qiyinchiliklarga to‘la, yuqori darajadagi mahorat, aniqlik va tajribani talab qiladi. Biroq, yosh bemorlarda bu jarayon yanada murakkablashadi, chunki bolaning hayoti qimmatliroq vabu yanada sinchkovlikni talab qiladi. Acıbadem shifoxonalari tarmog‘i dunyodagi eng taniqli neyrojarrohlik bo‘linmalarining bir qismi hisoblanadi. Bu yerda butun dunyo bo‘ylab bolalar va oilalarga umidbaxsh etadigan keng tajriba, sayqallangan mahorat va innovatsion davolash usullariga ega mutaxassislar jamoasiish olib boradi.
Bolaga saraton tashxisi qo‘yilganda, hamma narsa: bolaning his-tuyg‘ulari, oilaviy ustuvorliklar, vaqtning kechishi va kelajak rejalar o‘zgaradi. Bolalik davridagi saraton kasalligining barcha turlari ota-onalarni qo‘rqitadi, ammo bosh miya o‘simtasi ularni eng ko‘p qo‘rquvga solishi mumkin, chunki bosh suyagi yopiq tuzilma bo‘lib, miya hali hanuz insonning eng sirli va noma‘lum organi hisoblanadi. Bundan tashqari, bolalik davrida inson miyasi hayotning boshqa davrlariga qaraganda faolroq rivojlanadi va bu bolalar hayotida kelgusidagi ta’lim olish, sog‘liq va muvaffaqiyat uchun zamin yaratadi. Agar u yerda o‘simta bo‘lsa, u sog‘lom o‘sish va rivojlanish jarayonini buzishi mumkin. Shuning uchun bolaning miyasi ichidagi o‘simtani yuqori malaka va ehtiyotkorlik bilan davolash muhimdir.
Biroq, bolalar neyrojarrohligi - noyob mutaxassislikdir, chunki butun dunyo bo‘ylab cheklangan sonli neyrojarrohlar faoliyati faqat bolalarni davolashga qaratilgan. Professor Memet Ozek boshchiligidagi Acıbadem shifoxonalari tarmog‘ining bolala rneyrojarrohlari jamoasining faoliyati faqat bolalarni tashxislash va davolashga qaratilgan. Aynan shuning uchun Acıbadem brendi bemorlarning bolalar neyrojarrohligiga bo‘lgan katta global talabiga javobberadi.
Bolalarda bosh miya o‘simtalarini davolash
O‘simtani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash ko‘pincha xavfli o‘simtalarning ko‘p turlarini bartaraf etishning eng samarali usuli hisoblanadi. Agar bosh miyadan o‘simtani olib tashlash mumkin bo‘lsa, operatsiya xavfsiz bajarilgan taqdirda davolanish uchun eng yaxshi imkoniyatni beradi. O‘simta rezeksiyasining muvaffaqiyati bolaning to‘liq tiklanishi va hayotining davom etishi ehtimoliga sezilarlita’sir ko‘rsatadi, shu bilan bir vaqtda keyingi davolanish samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, ba’zi hollarda davolash rejalari nur terapiyasi, radiojarrohlik va kimyoterapiyani o‘z ichiga olishi mumkin.
Bemorning muvaffaqiyat hikoyasi: bosh miyadagi ulkan o‘simtaga qarshi kurash
Haqiqiy bemorning hikoyasi shunga o‘xshash vaziyatlarga duch kelgan ota-onalarga davolanishni puxta rejalashtirish natijalarni qanchalik yaxshilashini ko‘rsatib berishi mumkin.
10 yoshli kamerunlik qizaloq Destiniga bosh miya o‘simtasi tashxisi qo‘yilgan. Bu uning ona shahrida sodir bo‘ldi. Uning chap qo‘li va oyog‘i zaiflashib qolgan edi, qizcha qattiq bosh og‘rig‘i va yuzning yengil falajidan aziyat chekardi. MRT uning miyasida taxminan 9 sm o‘lchamdagi o‘simta borligini aniqladi. Destinining onasi, boshqa har qanday ota-ona singari, sevimli qizi uchun dunyodagi mavjud eng yaxshi davo muolajasini topmoqchi edi. Turli xil variantlarni izlash va baholashdan so‘ng u Turkiyadagi Acıbadem shifoxonalari tarmog‘ig amurojaat qildi.
Aynan o‘sha yerda u bolalardagi bosh miya o‘simtasi bilan ishlaydigan mutaxassislar guruhini uchratdi. Acıbadem shifoxonasining bolalar neyrojarrohligi bo‘linmasi o‘zining ekspertlar jamoasi tajribasidan, ularning ajoyib tayyorgarligidan va zamonaviy texnologiyalaridan foydalanadi. Shunday qilib, qaror qabul qilindi. Ona va qiz Kamerundan Turkiyaga yo‘l olis bo‘lishini va uydan 4500 kilometr masofa uzoqlashishni talab qilishini, ammo o‘simtani yengish imkoniyati bunga arzishini bilgan holda, Acıbadem tibbiyot markaziga borishni rejalashtirdilar.
Destini professor Memet Ozek tomonidan keng qamrovli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tez orada u va uning jamoasi besh soatlik operatsiyani o‘tkazdilar, bu esa Destinidagi o‘simtalarni muvaffaqiyatli olib tashlashga olib keldi.
"Biz o‘simtani yo‘q qildik, operatsiya yaxshi o‘tdi va natijada Destini operatsiyadan keyingi ikkinchi kuniyoq kasalxonadagi xonasi bo‘ylab yura boshladi. Biroq, operatsiyadan keyin kelgusida kasallikning qaytalanish xavfini tushunib, shifokorlar buning oldini olish uchun jarrohlik sohasida radioterapiya muolajasini buyurdilar", - dedi professor Ozek.
Destini Istanbulda atigi bir necha hafta qoldi, hamda o‘z vataniga sog‘lom jajji qizaloq bo‘lib qaytdi. U o‘zini juda yaxshi his qildi va uning barcha alomatlari yo‘qoldi. Kasalxonadan uyiga ruxsat berilgach, u professor Memet Ozekga quyidagi mazmundagi xatni qoldirdi.
"Mening ismim Destini Cheska va men bu xatni kasallik paytida menga g‘amxo‘rlik qilgan barcha shifokorlar va ayniqsa hayotimni saqlab qolgan professor Memet Ozekga o‘z minnatdorchiligimni ifodalash uchun yozyapman. Men umrimning oxirigacha hech biringizni unutmayman. Kamerunda sizdan uzoqda bo‘lsam ham, men doim siz haqingizda o‘ylayman. Mening yuragim doimo siz bilanbo‘ladi.
Barchangizga tashakkur."
Acıbadem bolalar saraton kasalligini davolashda birinchilardan bo‘lgan bolalar onkologlari, jarrohlar va radio onkologlarni birlashtiradi. Har yili butun dunyo bo‘ylab yuzlab oilalar o‘z farzandlariga davo izlab Acıbadem shifoxonalariga murojaat qilishadi. Agar ko‘proq ma‘lumot olmoqchi bo‘lsangiz, Acıbadem shifoxonalari tarmog‘ining axborot ofislariga murojaat qilishni tavsiya etamiz.
Turkiyadagi Acıbadem shifoxonalarida davolanishga oid o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollar yuzasidan Acıbademʼning Toshkent, Samarqand va Buxorodagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin:
Toshkentdagi vakolatxonamizning manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyukipak yo‘li mavzesi, 19-uy.
Telefon: +998 95 144 54 45
Samarqanddagi vakolatxonamizning manzili: Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek 140.
Telefon: +998 66 234 41 71
Buxorodagi vakolatxonamizning manzili: Akademik I. Muminov ko‘chasi, 7.
Telefon: +998 55 311 54 44
Rasmiy sayt orqali barcha kerakli maʼlumotlarg aega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru
Shuningdek, qo‘shimcha maʼlumotlarni olishuchun, hamda tajribali va yuqori malakali shifokorlarning qabuliga yozilish uchun Acıbadem rasmiy Facebook va Instagram sahifalariga aʼzo bo‘lishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)