O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “SSKA” klubi vingeri Abbosbek Fayzullayev o‘zbek futboli haqida fikr bildirdi.

Fayzullayev O‘zbekistonda hozir eng kuchli futbolchilardan tashkil topgan avlod borligini aytdi.
“Bu tarkibni Rossiyaning hozirgi tarkibi bilan taqqoslasash mumkinmi? Rossiyada ham kuchli tarkib bor. Jamoangizning uncha kuchli bo‘lmagan raqibga qarshi o‘yinini ko‘rgandim, Golovin va boshqa yulduz o‘yinchilar bor. Agar Rossiya xalqaro arenaga qaytsa, jamoa yana kurashga qo‘shiladi”, – deydi Abbosbek Fayzullayev.
Vingerdan agar O‘zbekiston – Rossiya terma jamoalari o‘zaro o‘yin o‘tkazsa, qaysi jamoaning g‘alaba qozonish imkoniyati ko‘proq bo‘lishi haqida so‘raldi.
“Men har doim o‘z vatanimni tanlayman. O‘zbekiston milliy jamoasi Rossiyani mag‘lub etgan bo‘lardi, deb hisoblayman”, deya javob bergan Fayzullayev.
Abbosbek Fayzullayev, avvalroq, klub bilan shartnomasini uzaytirish borasida fikr bildirgandi.
Izoh (0)