O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yili boshida oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu 10 yil avvalgi ko‘rsatkichga qaraganda qariyb 18 barobarga ko‘p.
Yillar kesimida respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi xorijlik talabalar soni quyidagicha bo‘lgan:
O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yili boshida 18-23 yoshdagilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichi 47,7 foizni tashkil qilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova 2024-yilda respublikada oliy ta’lim muassasalari soni 211 tani tashkil etganini ma’lum qilgandi. Ularning 112 tasi davlat, 30 tasi xorijiy va 69 ta nodavlat oliy ta’lim muassasalari hisoblanadi. O‘shanda 2024/2025-o‘quv yilida jami 1 million 167 ming nafardan ortiq talaba tahsil olishi kutilayotganini aytgandi.
Izoh (0)