YPX xodimi Husnora Shodiyeva bilan bog‘liq holatga aniqlik kiritishi, Toshkentda Hyundai bilan to‘qnashgan motosikl haydovchisi halok bo‘lishi, Xorazmda o‘quvchi qizlarning sochidan tortib janjallashgan direktor jazolanishi – “Daryo” nashri 29-aprelda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Toshkentda YPX inspektorini Tracker urib yubordi (video)
Xodim chorrahani tartibga solayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasidagi yashirin tunnellardan telefon va zargarlik buyumlari olib o‘tganlarga jazo tayinlandi
Tovar-moddiy boyliklar davlat foydasiga musodara qilindi.
“Haqoratli gap ishlatmadim” — YPX xodimi Husnora Shodiyeva bilan bog‘liq holatga aniqlik kiritdi
Poytaxt YHXB o‘sha kungi holat aks etgan videoni ham e’lon qildi.
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi
Nizomiy nomidagi TDPUning 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi.
O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi oshdi. Qaysi sohalarda oylik yuqori?
Eng ko‘p ish haqi Toshkent shahrida to‘lanmoqda.
Fitch Ratings Toshkentga BB- xalqaro kredit reytingini berdi va uni moliyaviy “zaif” shahar sifatida baholadi
Toshkent shahri hokimiyati bayonotiga ko‘ra, ushbu reyting “poytaxtning xalqaro maydondagi mavqeyini sezilarli darajada mustahkamlaydi va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi”.
Prokuratura, ichki ishlar va soliq rahbarlari sektor ishidan ozod qilinadi — prezident farmoni
Sektorlar ishiga bosh vazir o‘rinbosarlari va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari mas’ul bo‘ladi.
O‘zbekistonda parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar yer solig‘idan ozod etilishi kutilmoqda
Bu ko‘zda tutilgan qonun Senatda ma’qullandi.
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi
Ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi.
Toshkentda Hyundai bilan to‘qnashgan motosikl haydovchisi halok bo‘ldi (video)
Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xorazmda o‘quvchi qizlarning sochidan tortib janjallashgan direktor jazolandi
Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgandi.
Mukofot 525 mln so‘m: O‘zbekistonda “Yil o‘qituvchisi” tanlovini tashkil etish tartibi belgilandi
“Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovi g‘oliblariga ham shuncha miqdorda pul mukofoti beriladi.
O‘zbekistonda bir oyda bolalarga nisbatan qancha shahvoniy shilqimlik qilingani ochiqlandi
Aybdor deb topilganlardan 12 nafariga nisbatan 3 dan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Senat inqiroz yoqasidagi banklarni tiklash va tugatishga oid qonunni maʼqulladi
Yettita bank bankrotlikka yaqinlashsa, moliyaviy imkoniyatlarini tiklashga ko‘maklashiladi.
Yana Buxoroda: 20 yoshli talaba yigit o‘z joniga qasd qildi
U so‘nggi kunlarda Instagram’iga o‘z joniga qasd qilish mazmunidagi lavhalarni joylagan.
Nyu York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha maxsus charter reysi tashkil etiladi
Reys AQSH hududida qonuniy asoslarsiz bo‘lib turgan va deportatsiya qilinadigan xorijliklar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston fuqarolari uchun.
Kambag‘al oiladan chiqqan aʼlochi talaba-qizlarga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdorida maxsus stipendiya to‘lanadi
Prezidentga kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.
Shavkat Mirziyoyev xalqaro sport tashkilotlari rahbarlarini qabul qildi
O‘zbekistonda yirik xalqaro musobaqalar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Prezident masʼullarga byurokratiyani keskin kamaytirib, kadastr xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi
Shavkat Mirziyoyev yer hisobini yuritish va kadastr xizmatini rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Izoh (0)