Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Xonanda Shirin Zoitova qizi Yasmin tomonidan qilingan pardozni kuzatuvchilariga namoyish etdi.

Hind kinosi yulduzi Kajol muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Xonanda Izzat Shukurov otasi Tojivoy Shukurovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Ayni paytda turmush o‘rtog‘i bilan Tailandda bo‘lib turgan bloger Xonzoda kuzatuvchilariga ko‘ngilsiz holat haqida so‘zlab berdi. Ma’lum bo‘lishicha, bloger hordiq chiqarish chog‘ida yangi telefonini o‘g‘irlatib qo‘ygan.

Xonanda Hamdam Sobirov Navoiy shahrida bo‘ldi hamda onasining qabrini ziyorat qildi.
Aktrisa Dilnoza Kubayeva Milliy teatrning liboslar bo‘limi rahbarini kuzatuvchilariga tanishtirdi.

“Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvidagi Maraymamat obrazi bilan tanilgan aktyor Rahmonali Suropov ilk marta nevarali bo‘ldi.
Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Jahongir Otajonov yangi avtomobil xarid qilgani haqida so‘zlab berdi.
Izoh (0)