2025-yil 23-aprel kuni Shanxay avtosalonining ochilishida "Kelajak bo‘ylab navigatsiya" shiori ostida Chery rivojlanish strategiyasi, yangi brendlar, mahsulotlar va tashabbuslarni taqdim etdi.
Asosiy maqsad – ikki yilda 1 million dona avtomobillarning sotuvini amalga oshirish hisoblanadi. Yuqori raqobatga qaramay, kompaniya "Xavfsizlik va oilaga yo‘naltirilganlik" qadriyatlariga sodiq qoladi va gibrid texnologiyalarni rivojlantirib, dunyodagi eng yaxshi top-10 talik avtomobil ishlab chiqaruvchisi qatoriga kirishga intiladi. Global R&D tizimi va mahalliy ishlab chiqarish tarmog‘iga asoslanib, Chery turli bozorlar ehtiyojlariga moslashtirilgan yechimlarni taklif qilish orqali "qayerda zarur bo‘lsak, u yerda namoyon bo‘lamiz " ("in somewhere, for somewhere") tamoyilini amalga oshirmoqda.
Tadbirda dilerlar, ommaviy axborot vositalari va soha yetakchilari yig‘ilib, brend rivojlanishidagi yangi bosqichi – texnologik yutuqlardan tortib modellar qatorini kengaytirish va global ekpansiyagacha guvoh bo‘lishdi.
Oilaga qaratilgan e’tibor: kundalik hayot uchun yangi avlod gibridlari
Chery xavfsizlik, qulaylik va intellektual texnologiyalarga urg‘u berish orqali oilaviy brend sifatida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda. Avtosalonda zamonaviy oilalar uchun kenglik, texnologiya va ishonchlilikni taklif etuvchi Tiggo 7, Tiggo 8 va flagmanli Tiggo 9 avtomobillari namoyish etilmoqda.
Chery Super Hybrid (CSH) gibrid platformasi FIK 44,5 foiz bo‘lgan 5-avlod dvigatelini va FIK 98,5 foiz bo‘lgan DHT gibrid transmissiyasini taklif qilmoqda, bu esa uni 1400 km dan ortiq harakatlanish zaxirasini ta’minlaydi. Mazkur imkoniyat "xavotirsiz olis masofa" ("worry-free range") davrini ochadi. Guardian Battery Safety Protection tizimi ekstremal sharoitlarda ham barqaror ishlashni kafolatlaydi.
"Endless Horizon Worry-Free Voyage" marafoni davomida Tiggo 9 CSH va Arrizo 8 CSH 4,2 l/100 km sarf bilan 1400 km dan ortiq masofani bosib o‘tdi. Safety Challenge va Chegarasiz hayot kabi bir qator tadbirlar "Oilaga yo‘naltirilgan" brend falsafasi va CSH ning texnologik ustunligini namoyish etadi.
Global miqyosda ishtirok: muvaffaqiyat kaliti sifatida lokalizatsiya
Chery jahon sotuvi 640 000 dona avtomobillargacha o‘sishi, Tiggo 7 ning SUV segmentida yetakchiligi va Kantar brendining ketma-ket ikkinchi yil tan olinishini qayd etmoqda. Yevropa bozoriga kirib borish, shu jumladan Ispaniyada ishlab chiqarishni amalga oshirish brendning global mavqeini kuchaytirdi.
Kompaniya mahalliylashtirilgan ishlab chiqarish va hamkorlikni faol rivojlantirmoqda: butun dunyo bo‘ylab 8 ta R&D-markazlari, 10 ta ishlab chiqarish bazalari va butlovchi qismlarning yetkazib beruvchilari. Bu sinergiya, sifat va har bir bozor ehtiyojlariga "qayerda zarur bo‘lsak, u yerda namoyon bo‘lamiz" ("in somewhere, for somewhere") yondashuvini amalda qo‘llagan holda moslashuvchanlikni ta’minlaydi.
Yangi mahsulotlar: gibridlardan tortib HIMLA pikaplarigacha
Chery ushbu turkuimni rivojlantirib elektrlashtirish va intellektual texnologiyalarga e’tibor qaratmoqda. Himolay tog‘laridan ilhomlangan HIMLA pikaplarining yangi seriyasi ham oilaviy, ham professional foydalanish uchun mo‘ljallangan. Mazkur turkim benzinli, dizelli va yangi energiya variantlarini o‘z ichiga oladi. HIMLA o‘tuvchanlik qobiliyat, intellektual texnologiyalar va ekologik jihatdan yangi standartlarni belgilaydi.
Intellektuallashtirish: robotlar va sun’iy intellekt – amalda
Ko‘rgazmaning texnologik hududida Chery AiMOGA robotlari va robot-kuchuklarni namoyish etdi, ular kundalik vaziyatlarga – elektromobillarni quvvatlantirishdan tortib raqsli fleshmoblarigacha kiritilgan. Ushbu namoyishlar sun’iy intellekt va robototexnikaning kelajakdagi mobillik ekotizimlaridagi salohiyatini ko‘rsatib, Chery kompaniyasining intellektuallashtirish strategiyasini belgiladi.
Uch tamoyil – oilaga yondashuv, lokalizatsiya va innovatsiyalar asosida Chery yangi global o‘ziga xoslikni shakllantiradi. Yangi mahsulotlar va texnologik e’tibor bilan kompaniya "Xitoy flagmani" maqomidan elektrlashtirish va sun’iy intellekt davrida jahon texnologik yetakchisi roliga ishonch bilan qadam tashlamoqda.
O‘zbekistondagi Chery avtomobil brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Chery avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55
Website: https://cheryauto.uz
Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/
Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot
Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan
YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)