Toshkent shahrida xalqaro miqyosdagi yirik investitsiyaviy loyiha — Wyndham Garden Charvak kurort-kompleksining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha O‘zbekistonda turizm salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy infratuzilma va xalqaro standartlarga javob beradigan dam olish maskanlarini yaratishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri sifatida eʼtirof etilmoqda.
Wyndham Garden Charvak xalqaro Wyndham Garden brendi ostida amalga oshirilayotgan ilk tog‘-kurort loyihasi hisoblanadi. Loyiha “Dune Group Development” developerlik kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Kompleks 100 gektar maydonda qurilmoqda va to‘liq ishga tushirilishi 2028-yilga rejalashtirilgan.
Taqdimot davomida loyiha konsepsiyasi, amalga oshirilgan ishlar, joriy bosqichdagi qurilish holati va kelgusidagi istiqbollar, 3D vizualizatsiyalar hamda maxsus videoroliklar orqali Wyndham Garden Charvak‘ning yuksak salohiyati ko‘rsatib berildi. Shuningdek, loyiha mutaxassislari tomonidan kurortning texnik xususiyatlari va biznes modeli haqida batafsil maʼlumot berildi.
Loyihaning umumiy maqsadi nafaqat dam olish imkoniyatlarini yaratish, balki global miqyosdagi hayot tarzi, yuqori darajadagi servis va sarmoyaviy muhitni ham taʼminlashdir.
Yil davomida faoliyat yuritadigan kurort-infratuzilma
Loyiha doirasida yuqori darajadagi dam olish va ko‘ngilochar infratuzilma yaratilishi nazarda tutilgan. Xususan:
- 8 qavatli, 100 xonali besh yulduzli mehmonxona;
- turli konsepsiyadagi villalar;
- sport va bolalar maydonlari;
- restoranlar, launj hududlar;
- SPA markaz va konferens-zallar;
- va eng asosiysi — mintaqadagi eng yirik akvapark.
5,5 gektar maydonni egallaydigan akvapark bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan 30 dan ortiq suv attraksionlari, to‘lqinli basseyn va keng dam olish hududlarini o‘z ichiga oladi. Bu suv maskani nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda eng yiriklardan biriga aylanishi kutilmoqda.
- “Loyihaga umumiy qiymati 95 million AQSH dollarlik investitsiya jalb etilgan. Biz nafaqat qurilayotgan infratuzilma sifatini, balki butun xizmat tizimini xalqaro mezonlarga muvofiqlashtirish maqsadida Turkiyalik ishbilarmonlar bilan ham yaqin hamkorlikda ishlayapmiz. Bu biz uchun juda muhim strategik qadam,” — deya qo‘shimcha qildi Wyndham Garden Charvak hamtaʼsischisi va bosh direktori Atham Mirzaahmedov.
Loyiha nafaqat turizm sohasi, balki xususiy investitsiya uchun ham katta imkoniyat yaratadi. Sotuvga chiqarilayotgan villalar mehmonxona fondi tarkibida faoliyat yuritadi. Boshqaruv, xizmat ko‘rsatish va bron qilish jarayonlari to‘liq Wyndham standarti asosida amalga oshiriladi. Bu esa investorlarga uzoq muddatli va barqaror daromad keltirishini taʼminlaydi.
- “Wyndham Garden Charvak O‘zbekistonning yetakchi kurortiga aylanib, xalqaro sayyohlarni jalb qilishi va mahalliy jamoalar uchun barqaror infratuzilma yaratishi mo‘ljallangan,” deb taʼkidlaydi Markaziy Osiyo, MDH va Isroilda Wyndham Hotels & Resorts rivojlanishi bo‘yicha bosh direktori Sergey Yegorov.
Arxitektura yechimlari mahalliy relyef va tabiiy muhitni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Villalar ko‘p darajali shaklda, tosh va tabiiy materiallar asosida, yevropacha uslubda qurilmoqda. Ayrim binolar o‘z uslubi bilan Gretsiyaning Santorini orolidagi qoya uylarini eslatadi.
Xalqaro nazorat va sifat kafolati
Wyndham Garden Charvak loyihasi Wyndham xalqaro brendining to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorati ostida qurilmoqda. Brendning jahon miqyosidagi mutaxassislari har bir bosqichda loyiha materiallari va yechimlarini tasdiqlab, qurilish jarayonini muntazam monitoring qilib bormoqda. Kurort butunlay ishga tushishidan oldin to‘liq brend auditidan o‘tadi va xalqaro standartlarga to‘la javob berishi tekshiriladi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ham faol qo‘llab-quvvatlanmoqda. Davlat tomonidan berilgan soliq imtiyozlari va boshqa qulayliklar iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Bu esa investorlar uchun qulay muhit yaratishi bilan birga, milliy turizm salohiyatini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Wyndham Garden Charvak nafaqat tog‘ bag‘ridagi dam olish uchun yangi maskan, balki xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardosh loyiha sifatida ham yuksak baholanmoqda. Bo‘lib o‘tgan taqdimot mazkur loyihaning ahamiyati va ulkan salohiyatini yana bir bor tasdiqladi.
Instagram sahifasi: @wyndhamgardencharvak
Sayt: wyndhamgardencharvak.uz
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)