Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent – Novosibirsk yo‘nalishi bo‘yicha yangi xalqaro reyslarning ochilishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. O‘zbekiston poytaxti va Rossiyaning aholisi soni bo‘yicha uchinchi yirik shahri bo‘lgan Novosibirsk o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar 2025-yil 28-apreldan boshlab amalga oshiriladi.
Novosibirsk — Sibir mintaqasining yirik iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazlaridan biri bo‘lib, shu bilan birga, muhim transport tugunidir. Ushbu yo‘nalishning ochilishi O‘zbekiston va Rossiyaning sharqiy hududi o‘rtasidagi sayohatlarni yanada qulay va ochiq qiladi.
Reyslar jadvali (mahalliy vaqt bilan):
- Toshkent → Novosibirsk (reys S6261): uchish — 12:20, yetib borish — 17:15
- Novosibirsk → Toshkent (reys S6262): uchish — 18:15, yetib borish — 19:20
Parvozlar zamonaviy Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi, bu esa yo‘lovchilar uchun xavfsizlik va qulaylikni kafolatlaydi.
"Rossiyaga yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish — Toshkentni yirik xalqaro aviatsiya markaziga aylantirish strategiyamizning muhim bosqichidir. Biz yo‘lovchilarga qulay reyslar va qulay ulanishlarni taklif etishga intilamiz", — dedi Centrum Air aviakompaniyasi asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov.
Aviabiletlarni quyidagi rasmiy sayt orqali bron qilish mumkin:
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)