• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Uch yillik urushga nazar. Voqealar endi qanday rivojlanadi?

    Bundan roppa-rosa 3 yil oldin Rossiya qurolli kuchlari Ukraina hududiga bostirib kirdi. Jahon xaritasida yangi urush o‘chog‘i paydo bo‘ldi. Har qanday urushda bo‘lgani kabi, jangovar harakatlarni boshlagan siyosatchilar-u oligarxlar, vazirlar-u provokatorlar emas, balki oddiy askarlar hamda tinch aholi qirila boshladi. Turli maʼlumotlarga ko‘ra, shu vaqtga qadar har ikki tomondan halok bo‘lgan va yaralanganlar soni 1 milliondan 2 million nafargacha baholanmoqda. Bu raqam soat sayin ortib boryapti. Taskin beradigan birgina tarafi — biroz g‘alati ko‘rinishda bo‘lsa-da, muzokaralar jarayoni boshlandi.

    G‘alatiligi shundaki, Myunxen konferensiyasida AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens kutilmagan bayonot berdi:

    “Yevropa masalasida meni eng ko‘p xavotirga solayotgan omil — Rossiya ham, Xitoy ham, boshqa bironta tashqi kuch ham emas. Meni ichki tahdidlar xavotirga solmoqda. Yevropa AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan eng fundamental qadriyatlardan yuz o‘giryapti. Agar siz saylovchilaringizdan qo‘rqib qochar ekansiz, Amerika siz uchun hech narsa qilib berolmaydi. Yaqin yillarda qandaydir arzigulik natijalarga erishishingiz uchun demokratik mandatlarni qo‘lga kiritishingiz zarur”.
    Jey Di Vens AQSH vitse-prezidenti
    Foto: Google Images

    Bunday kutilmagan ritorika AQSH endi Yevropaning harbiy va siyosiy hamkori emas degan fikrlarni-da keltirib chiqardi. Yana bir g‘alati tarafi — AQSH va Rossiya rasmiylari 18-fevral kuni Saudiya poytaxtida uchrashib, o‘zaro savdoni boshlab yuborishdi. Muzokaralarga na Yevropa, na Ukraina vakillari taklif etildi.

    Daryo nashri shu yillar davomida frontdagi holat, voqealar rivoji, urushning O‘zbekistonga taʼsiri, dunyo hamjamiyatining munosabati haqida ekspertlar fikriga tayangan holda xolis axborot berib borishga harakat qildi. Ushbu maqolada mojaroning boshlanish nuqtasidan to hozirgi kungacha bo‘lgan vaziyatga yana bir karra, turli nuqtayi nazarlardan nigoh tashlaymiz. Bu tarixiy haqiqatni to‘g‘ri anglash va to‘g‘ri xulosalar chiqarishga yordam beradi, degan umiddamiz.

    Urush o‘chog‘i nima sababdan alangalanib ketdi?

    Anvar Yo‘ldoshev — tarix fanlari doktori, professor:

    Anvar Yo‘ldoshev, tarix fanlari doktori, professor
    Foto: “Daryo”

    — Rossiya buning uchta sababini keltiradi: denatsifikatsiya, demilitarizatsiya va Ukrainaning NATOga qo‘shilmasligi. Ukrainaning ham o‘z pozitsiyasi bor: Rossiya 2014-yilda Qrimni anneksiya qildi, vaholanki, Qrim bizga tegishli, biz o‘z hududimiz yaxlitligini taʼminlashimiz kerak. Ko‘rinib turibdiki, urushning boshlanishiga nisbatan taraflarning o‘z qarashlari mavjud. Sabablar haqida gapirganda, Ukraina va Rossiyaning pozitsiyalarini alohida-alohida tahlil qilishimiz kerak.

    Abduvali Soyibnazarov — siyosatshunos, xalqaro jurnalist:

    Abduvali Soyibnazarov, siyosatshunos, xalqaro jurnalist
    Foto: “Daryo”

    — Albatta, urushning boshlanishining o‘ziga xos sabablar bor. Birinchi navbatda, bu Rossiyaning xavfsizligi bilan bog‘liq. Putin urushning oldini olish uchun AQSH va NATO poytaxtlariga noma bilan chiqdi va bu nomada qizil chiziqlarni belgilab berdi. Bu chiziqlar NATOni Rossiya chegaralari tomon kengayishdan to‘xtatishi kerak edi. Shuningdek, Ukraina va Gruziya kabi mamlakatlar NATOga aʼzo bo‘lmasligi va bu yozma ravishda kafolatlanishi lozimligi aytildi. Ammo G‘arb Rossiya bilan muzokaralar va muloqot olib borishdan bosh tortdi. Keyinchalik maʼlum bo‘ldiki, Fransiya va Germaniya, umuman, G‘arb mamlakatlari Ukrainani Rossiya bilan bo‘lajak urushga tayyorlash uchun Minsk guruhidan foydalangan. Ikkinchi tomondan, yana bir narsani ko‘zdan qochirmaslik kerak. Rossiya sobiq Sovet Ittifoqi hududida taʼsir doirasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida Ukrainada harbiy harakatlarni boshladi. Bugungi kunda to‘rtta oblast va Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinganligining o‘ziyoq Rossiya sobiq Ittifoq hududida hamda Markaziy va Sharqiy Yevropada ham o‘zining taʼsir doirasini kengaytirishga intilganini ko‘rsatadi.

    Shuhrat Rasul — siyosatshunos, xalqaro tahlilchi:

    Shuhrat Rasul, siyosatshunos, xalqaro tahlilchi
    Foto: “Daryo”

    — Urush boshlanishining asosiy sababi — uch yil oldingi Rossiya matbuoti, Rossiya rasmiylarining gaplarini eslaydigan bo‘lsak — o‘zini sobiq Ittifoqning vorisi deb hisoblaydigan Rossiya tomonidan SSSRning “sovuq urush” da G‘arbga yengilganini reviziya qilish, taftish o‘tkazish va SSSRning geosiyosiy yo‘qotishlarini qayta tiklash. Xalqaro munosabatlarda 1945-yilda qabul qilingan Yalta va Potsdam konferensiyasi rezolyutsiyalariga qaytish. Boshqacha qilib aytganda, tarix g‘ildiragini orqaga aylantirishni maqsad qilgani tufayli urush boshlangan.

    Urushning O‘zbekistondagi aks-sadosi

    Rossiya-Ukraina mojarosi boshlangandan beri dunyo ahli go‘yo ikkiga ajraldi. Ikki slavyan mamlakatning o‘zaro kelishmovchiligi biz — o‘zbekistonliklarga shu qadar kuchli taʼsir o‘tkazdiki, hatto oilaviy qo‘ydi-chiqdilarga sabab bo‘ldi, 30-40-yillik do‘stlarning orasiga sovuqchilik soldi. Nega? Gap bu o‘rinda Putinning haq yo nohaqligi, G‘arbning ikkiyuzlamachiligi yoki uchyuzlamachiligida emas. Gap bizning fikrlash tarzimizda. “Rossiya bizni boqyapti, shular bo‘lmasa ochdan o‘lamiz”, degan qullarcha dunyoqarashning ongimizga singib ketganida. Urush ana shu dunyoqarashni ochib yubordi. Biz millatimiz uchun o‘ta ahamiyatli bo‘lgan ushbu og‘riqli mavzuda ham muntazam ravishda oydinlar bilan suhbatlarni hukmingizga havola qilib bordik.

    Olim Toshboyev — yozuvchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist:

    — Yashirishning hojati yo‘q, shovinistik propagandaga moyil, moyday yoqadigan, “qaniydi shu gaplar tezroq amalga oshsa, yana qayta bosib olsa, rasman o‘ziniki deb eʼlon qilsa qaniydi” deydiganlar son mingta. Bizning eng katta fojiamiz shunda. Lekin milliy g‘urur-chi? Tarixning achchiq sabog‘i-chi? Shu yurt uchun, millatning istiqboli uchun jonini bergan ota-bobolarning qabri ustiga oyoq qo‘yish bilan barobar bu. 150-160-yil oldingi tarixni unutib, “qaniydi Kremlga hamd-u sano aytib tursak, og‘amizning xizmatini qilib tursak”, deydigan qatlam paydo bo‘ldi.

    Qahramon Rajabov — tarix fanlari doktori, professor:

    — Men o‘zim mana shu uch yildan buyon do‘stlarimni yo‘qotdim, ko‘pgina sinfdoshlarim bilan shu mavzuda deyarli gaplashmayman. Vaholanki, ular oddiy odamlar, siyosatchilar emas... Manqurt degan ibora bejiz aytilmaydi. Bu so‘z nafaqat Chingiz Aytmatov, balki Alisher Navoiy asarlarida ham uchraydi. Xotirasidan, tarixidan, tilidan judo qilinib, bosqinchiga xizmat qiladigan odamni manqurt deydilar. Sovet davlati tugaganiga 33-yil o‘tgan bo‘lsa-da, o‘sha g‘oyalar oddiy xalq ongida hali ham mavjud. Bosqinchiga nisbatan hurmat saqlagan odamlarning hech qachon kosasi oqarmaydi.

    Urush boshlangandan keyin uni to‘xtatish bo‘yicha shunchalik ko‘p tashabbuslar bildirildi, shunchalik ko‘p rasmiy va amaliy tashriflar amalga oshirildiki, go‘yo hamma tinchlik tarafdoridek. Murosa yo‘lidagi saʼy-harakatlarning eng ahamiyatlilari sifatida Minsk kelishuvlari va Istanbul muzokaralarini eslash mumkin.

    Abduvali Soyibnazarov:

    — Harbiy harakatlar boshlangunga qadar G‘arb tomonidan hech qanday diplomatik saʼy-harakatlar bo‘lmadi, chunki ular Rossiya urush boshlashiga ishonmas edi. Rossiya 1990-yillardagi Bolqon voqealaridan boshlab NATOning kengayishiga qarshi hech qanday chora-tadbirlardan foydalana olmagan, faqat ortga chekinib kelayotgan edi-da. Lekin urush boshlangach, Fransiya va Germaniya rahbarlarining Moskvaga tez-tez tashrif buyurganiga guvoh bo‘ldik. Muzokaralar samara bermadi, keskinlik kuchaydi. G‘arb Rossiyani izolyatsiyalashga harakat qildi. Urush boshlangan kunlarda Belarus vositachiligida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, lekin xavfsizlik kafolatlarini so‘ragan Ukraina tomoni turli bahonalar o‘ylab topdi va muzokaralar Istanbulga ko‘chirildi.

    Anvar Yo‘ldoshev:

    — Minsk kelishuvi umuman foyda bermadi. Rossiya esa hamma muzokaralarda Minsk kelishuvini vosita qildi. 2022-yil 23-fevralda Belarusda harbiy harakatlarni to‘xtatish masalasi ko‘rildi. Oradan bir oy o‘tib, mart oyida Erdo‘g‘onning tashabbusi bilan Istanbul uchrashuvi o‘tkazildi. Lekin bu saʼy-harakatlar ham foyda keltirgani yo‘q.

    Shuhrat Rasul:

    — Kelishuvlarning bekor bo‘lishida Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonsonning roli bor, albatta. Bugun bu fakt sifatida eʼtirof etilmoqda. Jonson Kiyevga kelib, prezident Zelenskiy bilan suhbat o‘tkazgach, Ukraina rahbari Istanbul kelishuvlarini to‘xtatgan edi. Shu bilan birga, Rossiya tomoni ham mana shu uch yil davomida ko‘p marotaba sulh tashabbuslari bilan chiqdi. Ayrim G‘arb nashrlari bu tashabbuslar sonini yetmishdan ortiq deb baholagan. Ammo bu takliflar har safar Ukraina tomonidan javobsiz qoldirildi.

    Abduvali Soyibnazarov:

    — Istanbulda muloqotlar bo‘lib o‘tayotgan chog‘da Rossiya qurolli kuchlari Kiyev ostonasiga kelib qolgan edi. 25 kilometrlik rus og‘ir harbiy texnikalar karvoni Kiyevga kirishga tayyor turgan paytda muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Mana shu yerda Rossiya “ayig‘i”ni G‘arb “tulki”lari aldashga muvaffaq bo‘ldi. Yaʼni, G‘arb Rossiyaga: “Qo‘shinlaringizni olib chiqing, Ukraina sizning shartlaringizga ko‘nadi“, denatsifikatsiya va demilitarizatsiya o‘tkaziladi, dedi. Bundan tashqari, Ukrainaning NATOga qabul qilinmasligi haqida turli vaʼdalar berildi va oqibatda, Rossiya o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketdi. Ammo keyinchalik buni Rossiyaning mag‘lubiyati sifatida baholadilar, chunki Rossiya harbiy ustunlikni yo‘qotgan edi. Ukraina qo‘shinlari esa fursatdan foydalanib, frontda katta o‘zgarishlar qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda ellikdan ortiq mamlakatning moliyaviy va harbiy yordamini unutmaslik kerak. Albatta, goh pinhona, goh oshkora tarzda muzokaralar boshlash yuzasidan takliflar va tashabbuslar ilgari surildi. Ammo, Ukraina prezidenti Buchadagi voqealarni bahona qilib, V.Putin bilan hech qanday muzokaralar olib bormaslikni Oliy Radada qonun yo‘l bilan cheklab qo‘ydi.

    Tramp urushni to‘xtatadimi?

    Ha, o‘sha paytdagi muzokaralar hech qanday natija bermadi. Oqibatda, ikki birodar xalq o‘rtasidagi urush haligacha davom etyapti. Yana qancha davom etishi nomaʼlum edi, yaxshiyamki bu orada Amerikada navbatdagi prezident saylovlari muddati kelib qoldi. O‘sha paytdagi nomzod — Donald Tramp “24 soatda urushni to‘xtataman” degan daʼvo bilan chiqdi. Tan olish kerak, aynan man shu bayonot uning saylovlarda g‘alaba qozonishiga kuchli taʼsir o‘tkazdi. Xo‘sh, natija-chi? Hozir o‘sha gapni birov eslayaptimi? Yo‘q, albatta. Chunki eslasak-eslamasak, Trampdan boshqa tomonlarni muzokara stoliga o‘tqaza oladigan kuch yo‘qligini hamma tushunib turibdi.

    Abduvali Soyibnazarov:

    — Donald Tramp hokimiyat tepasiga kelgach, har ikki tomonda urushni tugatish istagi kuchaydi. Lekin tomonlarning pozitsiyasini bir-biriga yaqinlashtirish juda murakkab bo‘lyapti. Donald Trampning o‘zi “Vaziyat men o‘ylaganchalik emas, urushni 24 soat ichida tugatib bo‘lmas ekan“, deya tan oldi. Chunki Rossiya va Ukrainaning pozitsiyasida bir-biriga umuman yaqin kelmaydigan jihatlar bor. Masalan, Ukrainadagi ayrim kuchlar 1991-yilgacha bo‘lgan chegaralarga qaytish talabini qo‘ymoqda. Elitasi orasida esa “Mayli, Qrimga ko‘z yumishimiz mumkin, lekin qolgan to‘rtta viloyat Ukrainaga qaytishi kerak”, degan fikrlar bor. Rossiya bunga ko‘nadimi? Yo‘q, albatta.

    Anvar Yo‘ldoshev:

    — Donald Tramp vaʼda qilgan “24 soat” allaqachon o‘tib ketdi. Mana endi yordamchilari 100 kun, 180 kun haqida gapirmoqda. O‘sha paytning o‘zida Trampning komandasida uchta loyiha bo‘ldi urush bo‘yicha. So‘nggi paytlarda Tramp tomonidan bildirilayotgan takliflar, talablar Ukrainaga to‘g‘ri kelmayapti. Mojaro zonasiga NATO qo‘shinlarini olib kirish esa Rossiyaga maʼqul emas.

    Abduvali Soyibnazarov:

    — Endi Rossiya ortga qayta olmaydi, chunki bu Konstitutsiya o‘zgartirilishini taqozo etadi va Rossiyaning zaifligi belgisi sifatida ko‘riladi. Oqibatda, Tatariston, Checheniston, Dog‘iston, Ingushetiya va boshqa respublikalarda xalq isyonlariga yoki suverenitetlar paradi boshlanishga olib kelishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan, Rossiya o‘z talablaridan aslo voz kecholmaydi.

    Siyosiy o‘yinlar o‘z yo‘liga albatta, biroq hamma narsa frontdagi real holatga borib taqaladi. Urishayotgan tomonlar dushmanning qaysi talablariga yon bosishi-yu, o‘zi qanday talablarni ilgari surishi ham, vatanparvarlik tuyg‘usi-yu, katta og‘alarning munosabati ham front chizig‘idagi vaziyat bilan o‘lchanadi.

    Anvar Yo‘ldoshev:

    — Urush boshlangan dastlabki vaqtda Rossiya Ukrainaning kattagina qismini egallab oldi. Bir vaqtning o‘zida shimoliy, shimoli-g‘arbiy, janubi-g‘arbiy va janubiy yo‘nalishlarda harbiy harakatlar olib borildi. Keyinchalik, Yevropa Ittifoqi, AQSH va Ukraina o‘rtasida hamkorlik kuchaydi, vatanparvarlik ruhi odamlarni birlashtirdi va ular Rossiya hujumiga qarshi kurashga o‘tdi. Rossiya hozir egallab turgan hududlarni juda katta yo‘qotishlar evaziga qo‘lga kiritdi. Urushning bir kuni har ikki davlat uchun bir milliard dollar atrofida ziyon keltirmoqda.

    Shuhrat Rasul:

    — Rossiya 70-yil yil mobaynida, yaʼni Sovet davridan beri yig‘ilgan harbiy potensialni yo‘qotdi. Jami 25 000 ta harbiy avtomobil, 20 000 dan ortiq bronetexnika, 10 000 dan ko‘proq tanklar va 1 000 dan ziyod havo hujumidan himoya tizimlari yo‘q qilingan. Rossiya yaqin va o‘rta kelajakda bu potensialni qayta tiklab ololmaydi. Chunki mamlakat bugungi kunda bor-yo‘g‘i bitta tank zavodiga ega. U yerda bir yilda 250 ta tank ishlab chiqariladi. Yo‘qotilgan o‘n mingta tankni qayta tiklash uchun jami bir necha o‘n yil vaqt kerak bo‘ladi. Yakson qilingan BTR va BMPlarning o‘rnini qoplash masalasida ham shu fikrni aytish mumkin. va bmplarni qayta tiklash uchun har yili uch yuz to‘rt yuzta zirhli mashina ishlab chiqarilishi Eng muhimi, yuz milliardlab dollar mablag‘ talab etiladi.

    Anvar Yo‘ldoshev:

    — Janglarda nobud bo‘lganlar-chi? Bu borada tomonlarning raqamlari umuman bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. G‘arb razvedkasi berayotgan maʼlumotlarga qaraganda, Rossiyaning umumiy yo‘qotishlari 500 ming atrofida baholanmoqda, shundan ehtimol, uchdan biri halok bo‘lganlar. Ukrainaning yo‘qotishlari 100 ming kamroq bo‘lishi mumkin.

    Darvoqe, Kursk haqida. Rus harbiy salohiyatini chuqur shubha ostiga qo‘ygan, Koreya omilini keltirib chiqargan va Ukraina uchun bo‘lajak muzokaralarda yaxshigina savdo vositasiga aylanishi taxmin qilingan Kursk.

    Anvar Yo‘ldoshev:

    — Shimoliy Koreya och davlat, unga pul kerak. Shu bilan birga, askarlari yetarli darajada. Ular oldin ham Rossiyaga turli xil qurol-yarog‘ va o‘q-dori berib turgandi. Putinning tashrifidan so‘ng askar jo‘natish masalasi ham kelishildi. O‘tgan yili birinchi partiya — 12 000 odam Kursk viloyatidagi janglarda qatnashdi.

    Shuhrat Rasul:

    — Ukraina armiyasi Kurskka bostirib kirganda ko‘pchilik bu avantyura dedi. Go‘yoki Ukraina qopqonga tushdi va Rossiya armiyasi tez orada bu qo‘shinni qurshovga oladi. Bunday gap-so‘zlar 2-3 oy davom etdi. Rus generallari masalani bir haftada hal qilishga vaʼda bergan edi. Lekin amalda Kursk Rossiyaning yarasiga aylandi. Chunki 6-avgustdan beri bu yerda 1 200 ta zirhli mashina yo‘q bo‘lgan va 37 000 rus askari o‘lgan. Shulardan taxminan 3 000 nafari Shimoliy Koreya askarlari.

    O‘zbekiston xalqi bu fojiaga jimgina qarab turmadi. 2022-yil aprelining ilk kunlarida Ukraina g‘arbidagi Karpatorti viloyatiga 30 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami yuborildi. Yuklarni qabul qilib olgan hudud rahbari Viktor Mikita ular darhol qaynoq nuqtalarga yetkazilishini aytgan edi. Bundan keyin ham bir necha marotaba ana shunday insonparvarlik yordami — jami 200 tonnadan ortiq oziq-ovqat va tibbiy jihozlar yetkazib berildi. Shuningdek, 2023-yilning avgustida bir guruh Ukrainalik bolalar O‘zbekistonda dam olish va sog‘lig‘ini tiklash uchun olib kelindi.

    Endi nima bo‘ladi?

    Yana Myunxen konferensiyasiga qaytsak. Yaxshimi-yomonmi, muzokaralar sari ilk qadamlardan biri ayni shu anjumanda qo‘yildi. Yuqorida aytganimizdek, AQSH vitse-prezidenti Yevropani demokratik qadriyatlardan chekinishda ayblagan bo‘lsa, Tramp Zelenskiyni “saylovsiz diktator” deb atadi.

    Donald Tramp Vladimir Zelenskiyni diktator deb atadi
    Foto: Google Images

    Donald Tramp:

    “O‘rtamiyona komediyachi Vladimir Zelenskiy Qo‘shma Shtatlarni g‘alaba qozonib bo‘lmaydigan va hech qachon boshlanmasligi kerak bo‘lgan urush uchun 350 mlrd dollar sarflashga ishontirdi. Ukraina urush boshlamasligi, balki darhol Rossiya bilan shartnoma tuzishi kerak edi. Zelenskiy aynan shu sababga ko‘ra muzokaralarda ishtirok etmayapti, muzokaralar uchun unda roppa-rosa uch yil bor edi. Ukrainada anchadan beri saylovlar bo‘lmadi, Zelenskiyning reytingi 4 foizgacha tushib ketgan. Qo‘shma Shtatlar urush uchun Yevropaga qaraganda 200 milliard dollar ko‘proq sarflagan, Yevropaning pullari kafolatlangan, Amerika esa o‘z pullari evaziga hech narsa olmagan. Ustiga-ustak, Zelenskiy pullarning yarmi yo‘qolganini tan oldi. Saylovsiz diktator Zelenskiy tezroq harakat qilgani maʼqul, aks holda, mamlakatidan ajraladi”.

    Nega AQSH Zelenskiydan yuz o‘girib, Rossiya tarafini olyapti? Endi buyog‘i nima bo‘ladi? Bu savollarning javobi hammamizni qiziqtiradi. Ekspertlarning prognozlariga quloq tutsak, quyidagicha ssenariy ehtimoldan holi emas: Rossiya hozircha to‘liq egallab ololmagan Ukrainaning 4 ta oblastini o‘ziniki deb eʼlon qilib qo‘ygan va buni Konstitutsiyaga kiritishga ham ulgurgan. Endi ortga yo‘l yo‘q, ulardan voz kecholmaydi. Shu bilan birga, urushning tezroq tugashini istaydi. Ukraina uch yil davomida munosib qarshilik ko‘rsatib keldi, hali ham mudofaa salohiyatiga ega, ammo u ham urushga chek qo‘yilishini xohlaydi. Mana shunday vaziyatda sahnaga tadbirkor Tramp chiqib keldi. U qaysi tarafdan ko‘proq manfaat topsa, o‘shanga yon bosishi mumkin. Hozircha Zelenskiy Ukraina foydali qazilmalarining 50 foizini AQSHga topshirish taklifini rad etdi. Bunga javoban Trampdan “diktator” degan nom oldi.

    Xo‘sh, Rossiya-chi? Tramp Rossiyani tekinga qo‘llaydimi? Yo‘q, albatta. Zelenskiy sabog‘idan to‘g‘ri xulosa chiqargan rus propagandachilari AQSHga Rossiyaning foydali qazilmalarini va Arktikadagi konlarni boshqaruvga topshirishni taklif eta boshlashdi. Bunday fikrlarni ular o‘z tashabbusi bilan emas, yuqori kabinetlardagi kuratorlari topshirig‘iga binoan bildirayotganiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Ajab emas, Tramp bunday shohona hadyalar evaziga muzokaralarni ruslar foydasiga hal qilib bersa. Ko‘rinib turibdiki, Kanada va Grenlandiyani qo‘lga kiritishni ko‘zlagan bugungi Qo‘shma shtatlar Ukrainaga qo‘shib Rossiyani ham yamlab yuborgudek ishtahaga ega. Faqat bu ikkisini yana bir oz holdan toydirish kerak. Urush-urushdan charchagan ikkita quyon esa oxir-oqibat bo‘ridan yarashtirib qo‘yishni so‘rayotganga o‘xshaydi.

    Olimjon Safoyev tayyorladi.

    25 fevral, 17:20   Izoh (0)   5359
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Rossiya#Ukraina

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.