Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari do‘st ham, dushman ham emas, garchi yaqinda ikki mamlakat dushman bo‘lib qolgandek tuyulgan bo‘lsa-da. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev “Bilim.Birinchilar” federal ma’rifiy marafonidagi “Bizning xavfli dunyomiz: kim aybdor va nima qilish kerak?” mavzusidagi ma’ruzasida aytib o‘tdi.

Medvedevning aytishicha, Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari hamkorlik qilishi shart, aks holda dunyo beqaror bo‘lib qoladi.
“Rossiya Federatsiyasi va Qo‘shma Shtatlar kabi ikkita eng yirik yadroviy davlat hamkorlikka mahkum, aks holda dunyo o‘zini mutlaqo beqaror his qiladi”, dedi u ma’ruzasida.
Xavfsizlik kengashi raisining ta’kidlashicha, AQSH prezidenti Donald Tramp yorqin va g‘ayrioddiy xarakter xususiyatlariga ega shaxs. Bundan tashqari, uning ma’muriyatida professional va xarizmatik siyosatchilar bor. Uning fikricha, bularning barchasi Rossiya va AQSH o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini yaratadi.
“Bu muzokaralar jarayonining imkoniyatiga nisbatan tortinchoq va ehtiyotkorona umidlar uyg‘otadi. Yevropa yetakchilari esa qo‘rqoq va irodasiz qo‘g‘irchoqlardir”, deya ta’kidladi Dmitriy Medvedev.
Shu bilan birga, Medvedev Rossiya va AQSH dushman emasligini alohida qayd etgan.
“Biz do‘st ham emasmiz, umid qilamanki, to‘liq ma’noda dushman ham emasmiz. Garchi yaqindagina shunday tuyulgan bo‘lsa-da, chunki Qo‘shma Shtatlarga qarshi gibrid urushda ishtirok etish, aslida, bizni dushmanga aylantirgan edi”, deya izoh berdi Xavfsizlik kengashi raisi.
Trampning AQSH prezidenti saylovidagi g‘alabasidan so‘ng tomonlar turli darajadagi muzokaralarning bir necha bosqichini o‘tkazdi. Xususan, RF prezidenti Vladimir Putin Tramp bilan ikki marta telefon orqali suhbatlashdi. Bundan tashqari, muzokarachilar guruhlari ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish, jumladan, diplomatlar faoliyatini, shuningdek, Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish masalalarini muhokama qildi.
12-aprel kuni Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya va AQSH ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish salohiyatiga ega ekanini ta’kidladi. Vazirning aytishicha, hozirda AQShning avvalgi prezidenti Jo Bayden davrida Rossiya Federatsiyasini Vashington uchun “tahdid” sifatida ko‘rsatgan “oddiy”, ammo zarur muloqot boshlangan.
Keyinroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va AQSH prezidentlarini muloqotdan voz kechish bema’nilik ekani haqidagi tushuncha birlashtirishini aytdi. Bundan tashqari, Peskov Putin va Trampning bo‘lajak shaxsiy uchrashuvi samarali bo‘lishi kerakligini va hozirda tayyorgarlik ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)